Maxsus fanlar mazmun va mohiyatiga koʼra quyidagi guruhlarga ajratiladi




Download 41,79 Kb.
bet2/4
Sana29.11.2023
Hajmi41,79 Kb.
#107719
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza
organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni
Maxsus fanlar mazmun va mohiyatiga koʼra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Oʼquv materialida texnikaga bogʼliq masalalar yoritilgan maxsus fanlar. Bularga mahsulot ishlab chiqarish va mehnat jarayonida ishlatiladigan mashinalar va uskunalarning tuzilishi, ishlash printsipi, taʼmirlanishi hamda ishlatish qoidalari, ularning konstruktsiyalarini takomillashtirish, hisoblash, loyihalash, avtomatlashtirish; mehnat vositalari, moslamalar, asboblar va ular qismlarining tuzilishi; mehnat obʼektlari hisoblangan mashina va uskunalarni oʼrnatish, yigʼish, taʼmirlash, sozlash metodlari va usullari; mexanizm va detallarni qayta tiklash hamda taʼmirlashning zamonaviy usullari, avtomatik tizimlar va eksperimental qurilmalar tuzilishlari va ishlash tartiblari yoritilgan oʼquv materiallari kiradi.
2. Oʼquv materiallarida mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga bogʼliq masalalar yoritilgan maxsus fanlari. Bularga alohida mutaxassislikning butunligini tavsiflaydigan texnologik va mehnat jarayonlari, texnologik jarayonlarni loyixalash va kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash, yangi texnologiyalarni joriy qilish va ishlab chiqish, ularni amalga oshirish, nazorat qilish va boshqarish tavsiflari; ilmiy tadqiqot ishlari va tajribalar olib borish, xavfsizlik qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi hamda mehnat qonunchiligi asoslari kiradi.
3. Oʼquv materialida xom ashyo materiallariga bogʼliq masalalarni yorituvchi maxsus fanlari. Bularga ishlab chiqarishda qoʼllaniladigan turli materiallar va xom ashyolarning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari, mexanik – texnologik xossalari eksperimental aniqlash va tayyorlanish texnologiyasini yorituvchi oʼquv materiallari kiradi. Shuningdek, xom ashyo materiallariga ishlov berishdagi jarayonlar, hisoblashlar va eksperimental izlanishlarga yoʼnaltirgan oʼquv materiallarni oʼz ichiga oladi.
4. Ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va iqtisodiyoti toʼgʼrisida oʼquv materiallarini oʼzida qamrab olgan maxsus fanlari. Ushbu guruhga barcha mutaxassislik boʼyicha malakali kadrlarni tayyorlashda oʼrganiladigan (ishlab chiqarish, mehnatni tashkil etish va iqtisodiyot asoslari) oʼquv materiallari, xoʼjalik va ishlab chiqarishni tashkil etish, yuritish, boshqarish, axborot texnologiyalari, ilgʼor uslublarni qoʼllash va boshqalarni kiritish mumkin.
Maxsus fanlarni oʼqitish oʼzining koʼpgina belgilari, yaʼni mazmuni, maqsad va vazifalari, metodlari, vositalari, tashkil etilishi, oʼtkazilish joyi, jihozlanishi, shakllari, tuzilishi, ajratiladigan vaqti bilan ham umumtaʼlim va umumkasbiy fanlardan keskin farq qiladi.
Maxsus fanlarni oʼrganishda chizmalar, jadvallar, hisoblashlar va oʼlchashlarni oʼtkazish kabi alohida koʼnikmalarni shakllantiruvchi laboratoriya – amaliy mashgʼulotlarni, texnika va texnologiyani bevosita yoki bilvosita tasavvur etishga yordamlashadigan ishlab chiqarish mashgʼulotlarini ham tashkil etishga toʼgʼri keladi. Keyingi hol esa, taʼlim oluvchilardan maxsus yoʼnaltirilgan ixtisosligi boʼyicha koʼnikma va malakalarning maʼlum darajada shakllanganligini talab etadi.
Shuning uchun maxsus fanlari oʼquv – uslubiy taʼminotini ishlab chiqish, oʼquv jarayonini tashkil etishda, taʼlimda oʼqitishning samarali usullarini tanlashda, taʼlim mazmunini belgilashda oʼziga xos yondashuvni talab etadi.

Download 41,79 Kb.
1   2   3   4




Download 41,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maxsus fanlar mazmun va mohiyatiga koʼra quyidagi guruhlarga ajratiladi

Download 41,79 Kb.