• 1.1. Maxsus fanlarning o’ziga xos xususiyatlari. Maxsus fanlarning mazmun va mohiyatiga ko’ra turlari. Bakalavr kadrlar tayyorlash tizimida maxsus fanlarning o’rni.
  • Mavzu maxsus fanlarning o’ziga xos xususiyatlari tayanch so’z va iboralar




    Download 41,79 Kb.
    bet1/4
    Sana29.11.2023
    Hajmi41,79 Kb.
    #107719
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-ma\'ruza


    MAVZU 1. MAXSUS FANLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
    Tayanch so’z va iboralar
    Pedagogik texnologiya, maxsus fan, ilgʼor texnologiyalar, ta'lim sohasidagi muammolar, o`qitish mеtodikasi, politexnik tamoyil, mеtod va usullar, o`qitishning tashkiliy ko`rinishlari.
    1.1. Maxsus fanlarning o’ziga xos xususiyatlari. Maxsus fanlarning mazmun va mohiyatiga ko’ra turlari. Bakalavr kadrlar tayyorlash tizimida maxsus fanlarning o’rni.
    Zamonaviy ijtimoiy – iqtisodiy sharoitda malakali kadrlarni tayyorlashni mukammallashtirishning muhim shart-sharoiti zamonaviy fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlariga asoslangan taʼlim tizimini tashkil qilishdan iboratdir.
    Hozirgi davrda taʼlim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri oʼqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va yutuqlardan keng foydalanish, ularni taʼlim tizimida joriy qilib borish hamda rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini mamlakatimiz taʼlim tizimiga tadbiq qilish muhim hisoblanadi.
    Taʼlim muassasalarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini koʼp jihatdan maxsus fanlarni samarali oʼqitishni belgilaydi. Maxsus fanlarni oʼrganishda koʼproq amaliylik yuqori boʼlganligi, ishlab chiqarishga yaqinroq hisoblanganligi umumtaʼlim fanlaridan farqli ekanligini koʼrsatadi. Ishlab chiqarish amaliyotlari maxsus fanlar bilan oʼzaro bogʼliq holda olib boriladi. Maxsus fanlardan oʼqitish uslublarini tanlash va oʼquv maqsadlarini belgilash ham oʼziga xoslikni talab etadi. Maxsus fanlarning yetakchi komponenti boʼlib «Faoliyat usullari» hisoblanadi. Shuning uchun ham maxsus fanlardan oʼquv adabiyotlarini yaratish va shu bilan bogʼliq boʼlgan taʼlim mazmunini belgilashda, oʼquv jarayonini tashkil etishda, oʼqitishning samarali usullarini tanlashda chuqur didaktik tahlil oʼtkazish lozim.
    Mutaxassislik fanlari ishlab chiqarishning aniq sohalari boʼyicha, ularda aniq mutaxassislik xususiyatlarini aks ettiruvchi bevosita chuqur, puxta bilimlar beruvchi, tegishli koʼnikma va malakalar hosil qiluvchi jarayonlarni qamrab oladi.
    Bunday fanlar jumlasiga xalq xoʼjaligining turli sohalari: qishloq xoʼjaligi tarmoqlari, sanoat ishlab chiqarish korxonalari, mashinasozlik, transport, aloqa, xalq hunarmandchilik tarmoqlari, madaniyat va sanʼatning yoʼnalishlari va boshqa sohalar boʼyicha faoliyat turlarining oʼziga xos xususiyatlarini bevosita namoyon etadigan fanlar, ularning qismlari kiradi.
    Ilgʼor texnologiyalar, yangi texnikalar va fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, xalq xoʼjaligi baʼzi tarmoqlarining rivojlanishigagina emas, balki barcha sohalarning (qurilish, mashinasozlik, qishloq xoʼjaligi, sanoat, aloqa, xizmat koʼrsatish va boshqa) taraqqiyotiga va boshqarish, tashkil etish, iqtisodiyotga ham sezilarli taʼsir koʼrsatadi.
    Shuning uchun ham texnika va texnologiyalarning oʼzgarib va yangilanib borishi har bir mutaxassisning keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega boʼlishini, hamda bir necha xil yumushlarni bajara olishini talab etadi.
    Maxsus fanlar mazmuni muayyan yoʼnalish yoki ixtisoslikning tavsifiga mos tushishi, yaʼni taʼlim oluvchining egallaydigan kasbi boʼyicha bajariladigan faoliyat usullarini oʼzida qamrab olishi kerak. Taʼlim oluvchilarda kasbiy – politexnik va kasbiy - texnikaviy tushunchalarni shakllantirish uchun mutaxassislik fanining mazmunini belgilashda politexnik tamoyilga rioya qilish lozim. Kasbiy politexnik tushunchalarga quyidagilar kiradi: maʼlum bir ishlab chiqarish sohasi boʼyicha jihozlar va uskunalar tuzilishlari, ishlashi va ularni loyihalash asoslari, ishlab chiqarish texnologiyalari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, kasbiy faoliyatni tashkil etishning ilmiy asoslari, soha boʼyicha mehnat faoliyatining iqtisodiy omillari va h.k. Agar taʼlim oluvchi maxsus fan boʼyicha koʼp turdagi mashina va jihozlar turlari, ularni hisoblash, loyihalash, taʼmirlash asoslari yoki texnologik jarayonlarni oʼrganishlari kerak boʼlsa, u holda oʼquv materialida soha boʼyicha namunaviy mashinalar va jihozlarning tuzilishlari, ishlash tartibi yoki mavjud texnologik jarayonlar bajarilishining printsipial sxemalari berilishi kerak va taʼlim oluvchilar shular asosida zamonaviy mashinalar konstruktsiyalarini hamda texnologik jarayonlarning xususiyatlarini ocha olishlari kerak.
    Kasbiy – texnikaviy tushunchalarga esa, aniq bir ishlab chiqarish sohasi boʼyicha texnikalar yoki texnologik jarayonlar, muayyan yoʼnalish boʼyicha boʼlajak mutaxassisning mehnat faoliyati, hamda kasbiy koʼnikma va malakalar asosini tashkil etuvchi bilimlar kiradi.

    Download 41,79 Kb.
      1   2   3   4




    Download 41,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu maxsus fanlarning o’ziga xos xususiyatlari tayanch so’z va iboralar

    Download 41,79 Kb.