SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 823
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN TA’LIM JARAYONINI
TASHKILLASHTIRISHDA FOYDALANISH
Adiba Shamshidin qizi Isoqova
Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti talabasi
missadiba010120@gmail.com
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada Respublikamizda ta’lim jarayonini tashkil etishda innovatsiyalar,
axborot texnologiyalarini va ilg‘or innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llashning
maqsadi, mazmuni va мohiyati, ta’lim sifatidagi o`rni ochib berilgan.
Kalit so'zlar:
axborot texnologiyalari, innovatsion texnologiyalar, ta’lim sifati,
internet, multimedia, interaktiv metodlar.
USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE ORGANIZATION OF
THE EDUCATIONAL PROCESS
Adiba Shamshidin kizi Isokova
Student of Termez State University, Faculty of Information Technology
missadiba010120@gmail.com
ABSTRACT
This article describes the purpose, content and essence of the use of innovations,
information technology and advanced innovative pedagogical technologies in the
organization of the educational process in the Republic, the role of quality in education.
Keywords:
information technology, innovative technologies, quality of education,
internet, multimedia, interactive methods.
Hozirgi kunda talim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot
texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga
kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha ananaviy
ta’limda o’quvchirni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy
texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil
o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga
o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi hamda shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,
yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga
aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv
metodlar o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini taminlaydi.
|