|
Tashkillashtirishda foydalanishBog'liq axborot-texnologiyalaridan-ta-lim-jarayonini-tashkillashtirishda-foydalanishSCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 825
borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy nazariy asoslari, har bir pedagogik
texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi.
Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy
mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. «Pedagogik
texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik jarayon» tushunchalari
yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan
ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy
tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq
belgilangan maqsadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani
o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining
xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil
qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak. Pedagogik texnologiya atamasiga har
bir didakt olim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu
tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng
maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’limning biror o‘quv fanini to‘liq ravishda yoki
uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o‘tsa qanday samara berishini, yoki AKTni
qo‘llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish
jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko‘p
jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu esa ta’lim tizimida,
xususan o’quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish, o’quv-uslubiy ta’minotni
rivojlantirish, ayniqsa o’quv mashg’ulotlarini o’tish va o’zlashtirish samaradorligini
oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda.
Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda o’qituvchi va talabalarga
davlat tilida kerakli o’quv adabiyotlarini yetkazish alohida ahamiyatga ega. Uslubiy
ko’rsatma umumta’lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan o’qituvchilar uchun
mo’ljallangan bo’lib, unda ta’lim tizimida, xususan o’quv jarayonlarini tashkil etish va
amalga oshirish, o’quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa o’quv mashg’ulotlarini
o’tish va o’zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va
mohiyat shakllanishi bilimlarini o’z ichiga olgan. Ta’lim sohasidagi barcha
islohatlarning asosiy maqsadi ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonlarni
tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi pedagogik va
axborot texnologiyalari asosida har tomonlama zamon talabiga mos ravishda amalga
oshirishdan iboratdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim - tarbiya tizimida
kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali
foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o’quvchilarga turli
fanlardan bilim beruvchi pedagog kadrlarni axborot texnologiyalarining zamonaviy
vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng avvalo bu sohadagi bilim va malaka
|
| |