Tashkillashtirishda foydalanish




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana21.05.2024
Hajmi0,58 Mb.
#247747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axborot-texnologiyalaridan-ta-lim-jarayonini-tashkillashtirishda-foydalanish

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 827
keng imkoniyatlarni ochib beradi. Multimediali o’quv kurslarini butun dunyo 
kompyuter tarmog’iga joylashtirilishi, ulardan o’quv jarayoni foydalanishda to’g’ridan-
to’g’ri murojoat qilish, o’quvchilarga axborotlarni topish, izlash va o’rganish faoliyatini 
shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Xulosa qilib aytganda, 
multimedia o’quv kurslarini yaratishda eng avvalo turli dasturiy vositalar bilan 
yaratiladigan interfaol komponentalarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. 
Barkamol avlodni shakllantirishda masofaviy o’qitish texnologiyalari asosida 
masofaviy ta’limni tashkil etish, ushbu vazifalarni amaliyotga tatbiq etilishining ijobiy 
natijasi sifatida e’tirof etish o’rinlidir. Internet texnologiyalar asosidagi masofaviy 
ta’lim, bu ta’limning zamonaviy universal shakli bo’lib, u o’quvchilarning individual 
so’rovlariga, shaxsiy ehtiyojlariga va ularning qiziqishlariga mo’ljallangan. O’quv 
jarayonida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimini tashkil etishni 
an’anaviy o’qitish tizimi bilan uyg’unlashgan holda samarali amalga oshirilishi 
quyidagi bir nechta omillarga bog’liq bo’ladi: 

ta’lim muassasalarida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari 
bazasining mavjudligi va yetarliligi; 

Internet tarmog’ida ishlashning uzluksizligi; 

masofadan bilim olayotgan o’quvchilarning bilim olish ishtiyoqi, qiziqishi va 
o’zlashtirish darajasining yuqoriligi; 

masofadan o’qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali mutaxassis va 
o’qituvchilarning jalb etilishi; 

masofadan o’qitish tizimining kerakli va sifatli o’quv materiallari, elektron 
darsliklar va o’quv kurslari bilan ta’minlanganligi va ularning yetarliligi; 

masofadan o’qitish tizimida barcha mashg’ulotlarni tizimli tarzda olib borilishi. 
O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish vositalariga 
an’anaviy o’qitish vositalardan tashqari quyidagilar ham kiradi: 

elektron o’quv nashrlar; 

kompyuter o’qitish tizimlari; 

audio-vidio o’quv materiallari; 

turli adabiyot va axborotlar manbalari tomonidan tavsiya etilgan o’quv- nazorat 
testlari; 

kutubxona ma’lumotlar ba’zasi bilan aloqa; 

virtual materiallar va laboratoriyalar; 

o’quvchilar bilimlarini baholash mezonlari va materiallari. 
Ta’lim tizimida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitishning 
samaradorligini oshirish ko’p jihatdan yaratilayotgan va qo’llanilayotgan pedagogik 
dasturiy vositalar – o’quv dastur, elektron o’quv qo’llanma, avtomatlashtirilgan o’qitish 
kurslari va hokozalarning maqsadi, tarkibiy qismi, mazmuni va o’qitish sifatiga bog’liq 
bo’ladi. O’quvchilar mustaqil bilim olishida, o’tilgan mavzularni takrorlashda, hamda 



Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish