Tashkillashtirishda foydalanish




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana21.05.2024
Hajmi0,58 Mb.
#247747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axborot-texnologiyalaridan-ta-lim-jarayonini-tashkillashtirishda-foydalanish

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 826
darajalarini oshirish, ta’lim tizimini texnik jihatdan ta’minlash, internetdan foydalanish 
imkoniyatlarini to’la yaratib berish orqaligina samarali natijaga erishish mumkin. 
Ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri o’quv 
jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni, shu jumladan 
multimediyali o’quv kurslarini qo’llash, o’qituvchi va o’quvchining interfaol o’zaro 
aloqalarini ta’minlash, multimediali o’quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda 
yuqori malakali kadrlarni jalb etishdan iborat bo’ladi. Multimedia axborotlarni har xil 
ko’rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini yaratish, uni ko’rish va eshitish 
organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish imkoniyatlarini yaratadi. 
Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar 
matn ko’rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko’rinishida ifodalanilishi 
o’quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo’lishga 
o’rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali 
amalga oshiriladi. Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalari nazariy, amaliy, 
ko’rgazmali, ma’lumotli, trenajyorli va nazorat qismlarini birlashtirish yo’li bilan 
o’quvchilarga ijobiy va samarali ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari 
ta’lim tizimida multimediali o’quv kurslaridan foydalanish nazariy materiallarning 
namoyishlarini sifatli video yozuvlari, virtual laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, turli 
jarayonlarning imitasion animasiyali modellarini yaratish imkonini beradi, bu uchun 
o’quvchilarning o’quv sinflari, kompyuter sinflari, o’qitishning texnik vositalari 
xonasida, uslubiy xonalarda, kutubxonalarda amaliy shug’ullanishlarini tashkillashtirish 
lozim bo’ladi. Ta’lim tizimida foydalaniladigan barcha multimediali o’quv kurslari 
amaliy tadbiqdan va tajribadan o’tgan bo’lishi bilan birga, o’ziga xos pedagogik-
psixologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak. Multimediali o’quv kurslarining 
pedagogik-psixologik xususiyatlari bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun 
foydalaniladigan o’quv materiallarining tasvirlanish hamda ifodalanish formasiga va 
ko’rinishiga bog’liq bo’ladi. Ular faqatgina misol va masalalar yechish, amaliy va 
laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, balki butun o’quv 
jarayonida o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilishi 
lozim. Ta’lim tizimida yaratilayotgan multimedia o’quv kurslarining asosiy 
xususiyatlaridan biri, shu mavzuni o’rganishning ma’lum bir nozik jihatlari bilan 
aniqlanadi, ular esa o’z navbatida katta sondagi ko’rgazmali materiallarni talab qiladi, 
chunki ularning ishtirokisiz jonli dunyoning turli tumanligini, uni qurishni zarurligini
biologik, ximik va fizika jarayonlarning hosil bo’lish mexanizmini va rivojlanishini 
to’liq namoyish qilib bo’lmaydi. 
Ta’lim tizimi uchun multimediali o’quv kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy 
didaktik masalalaridan biri – o’qitishni modellashtirish va tasavvurlash obyektlariga 
ta’sir qilishning umumiy metodlari muhim o’rinlardan birini egallaydi. Multimedia 
o’quv kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal kompyuter va Internet tarmog’i 



Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish