MAVZU: Menejmentni tashkil qilishning Italiya tajribasi
Reja
1. Italiya iqtisodiyoti.
2. Sanoat.
3. Qishloq xo’jaligi.
4. Turizm.
5. Xo’jalik boshqaruvidagi islohotlar.
6. Davlat mablag’larini sog’lomlashtirish.
7. Sog’liq, sog’liqni saqlash, nafaqa pensiya ta’minoti.
8. Mehnat bozori.
9. Yer islohoti.
10. Shimol va Janub o’rtasidagi iqtisodiy keskinliklar.
Italiya iqtisodiyoti
Italiya Respublikasi Yevropaning janubida, Apennin yarimorolida, Sitsiliya,
Sardiniya va kichik orollar qo‘ynida joylashgan. Hududi – 301 ming kv. km. Aholi
soni 58 mln. dan ortiqni tashkil etadi, ularning 98 foizi esa italyanlardir. Poytaxti –
Rim. Asosiy dini katolik.
Davlat tuzumi-parlament. Davlat boshlig‘i-prezident. Qonun chiqaruvchi
hokimiyat senat va palata deputatlaridan iborat parlamentdir.
Italiya NATO bloki a’zosi. U G‘arbiy Yevropa integratsiyasining faol a’zosi.
Aynan 1957 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tuzish haqida bitim
imzolangan. U agrar – industriya sohada keng taraqqiy etgan davlat. Dunyo yalpi
ichki mahsuloti (YAIM) da uning ulushi uch foizga teng. Aholi jon boshiga YAIM
qariyb 20 minng dolarga to‘g‘ri keladi. Mamlakat mahsuloti hajmini dunyo sanoati
mollari bilan solishtirganda 3,2 foizni (dunyoda 6-o‘rin) tashkil etadi. Har xil
ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib qaraganda, quyidagi manzara hosil bo‘ladi: sanoat va
qurilish-35 %, turli xizmatlar – 6%, qishloq xo‘jaligi -4%.
Qishloq xo‘jalik tarmog‘ida qariyib 18 mln. aholi band bo‘lib, o‘rtacha
fermerlar maydoni Yevropa Ittifokining boshqa mamlakatlaridagidan ancha kam
ya’ni 7 gektar. Italiya yer osti boyliklariga unchalik boy davlat emas. Bu yerda
asosan kam miqdorda ko‘mir, neft, rux, qo‘rg‘oshin, oltingugurt, simob, boksid va
marmar qazib olinadi.
Italiya iqtisodiyotining o‘ziga xos tomoni aksariyat mulkning yirik
monopolistlar ixtiyorida ekanidir. Masalan, uchta yirik xususiy monopolist firma-
«Montedison», «FIAT», «Pirelli» davlat iqtisodiy tuzilmasining asosini tashkil
etadi. Mamlakatdagi IRI, ENI, EFIM, ENEL singari iqtisodiy tashkilotlar
Italiyadagi ana shu-«FIAT», «Falk», «Montedison», «Zanussi», «Sina-Vikoza»,
«Olivetti» kabi salohiyatli firmalar iqtisodiyotning ichki va tashqi aloqalardagi
kapital muammolarini nazorat qiladi.
Sanoat
Italiya iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlovchi soha. U mamlakat yalpi
ichki mahsulotida 35 foizdan ziyod ulushga ega. Mamlakat ishchilarining teng
yarmi shu sohada faoliyat yuritadi. Italiya sanoati tizimining muhim ko‘rinishi
sanoatdagi mavjud barcha yo‘nalishlardagi zahiralarni katta miqdorda ishlab
chiqarish va kam miqdorda foydali qazilmalarni qazishda aks etadi. Hozirda neft,
neftkimyo, kimyo, metallurgiya, elektroenergetika, avtomobil, mashinasozlikning
bir necha sohalari, stanoksozlik, tabiiy va sintetik tola mahsulotlarini qayta ishlash
bo‘yicha Italiya sanoati yuqori suratda taraqqiy etmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha Italiya dunyoda yetakchi
mamlakatlar sirasiga kiradi. Ya’ni bu borada u AQSH va Yaponiyadan keyingi 3
o‘rinni egallaydi.
Qishloq xo‘jaligi
Mamlakatning bu sohasi uchun ahamiyatli tomoni, faoliyat yuritishdagi
kapitalistik tuzimiga xos eskicha usulining davom etib kelayotganidir. Davlatning
janub va shimoli bu sohada asosiy kuch sanaladi. Qishloq xo‘jaligi xom
ashyosining ko‘p qismi mamlakatning o‘zida qayta ishlanadi. Urug‘chilik rivoji
esa alohida e’tiborga ega. G‘alla, makka, lavlagi, shuningdek, meva va uzum
yetishtirishda yuqori madaniyatga erishilgan. Qishloq xo‘jaligini yangi
texnologiyalar bilan ta’minlash va unumdorlikga erishish bo‘yicha Italiya Yevropa
Ittifoqi mamlakatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Ish yuritish fermer xo‘jaliklari
shaklida tashkil etilgan.
Italiya iqtisodiyoti mamlakatdagi mavjud kichik va o‘rta biznes taraqqiyoti
bilan harakterlanadi. Bu xalq iste’moli mollari, yengil sanoat va ko‘pchilik
kabilarida bozor konyunkturasiga tez moslashadigan soha har bir kichik
tadbirkorlik firmasida o‘rtacha 100 kishi ishlaydi va ular bir yoki ikki xil mahsulot
tayyorlashadi. Ixtisoslashgan kichik korxonalar «monopolistik birlashma»ga
uyushgan. Bu uyushma-konglomerat o‘z zimmasiga ijtimoiy ta’lim va xalq
iste’moli mahsulotlarini to‘liq yetkazishdek ma’suliyatni o‘z zimmasiga olgan.
Turizm
Italiya turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha jug‘rofiy-iqtisodiy imkoniyatga
ega. Har yili bu yerga 30 miliondan ortiq sayyoh tashrif buyiradi.
Xo‘jalik boshqaruvidagi islohat
Mamlakatda bu borada kechgan islohatlarning asosiy yo‘nalishi korporativ
boshqaruvni yo‘lga qo‘yishda o‘z aksini topgan. Italiyada yirik kapital aholi
qo‘lida ekani bilan harakterlanadi. Shu bois mamlakat bu mablag‘larni moliyaviy
xolding kompaniyalari orqali nazorat tizimini yo‘lga qo‘ygan.
EI mamlakatlari ichida Italiya bozori boshqaruvchilik vazifasini o‘taydi.
Istiqbolsiz va byudjetidan qarzi yuqori bo‘lgan davlat tasarrufidagi mulklarni
xususiylashtirish o‘z samaralarini bermoqda. Hozirda bu jarayon natijasida 30 ta
davlat sektori korxonalari, jumladan «Telekom» (1,5 mln. aksiyadorga ega),
energetika guruhlari sug‘urta kompaniyalari xususiy maqomga ega bo‘ldi.
Endilikda temir yo‘l tarmog‘ida ham korporativ bashqaruvni yo‘lga qo‘yish
islohatlari bormoqda.
Davlat mablag‘larini sog‘lomlashtirish
Qayta qurish har qanday mamlakatda xo‘jalik boshqaruvini yangilash bilan
birga ma’muriy boshqaruvda ham islohatlar jarayoni kechishini talab etadi. Bu esa
Italiya byudjet federalizmi modelini muvaffaqiyatli amalga oshirilishida va bu
orqali hududiy va mahalliy hokimiyat boshqaruviga ham talay huquqlarni berdi.
Bu huquqlar mamlakatda ham iqtisodiy, ham ma’muriy boshqaruv borasida
Italiyani YEI davlatlari orasida mavqeini oshirmoqda. Bu islohatlar samarasi
ularoq mamlakat iqtisodiyoti Yevropa valyuta tizimiga a’zo davlatlar orasida
byudjet to‘lovlari tanqisligi 7% dan 3% ga tushdi.
Soliq, sog‘liqni saqlash, nafaqa pensiya ta’minoti
Italiya iqtisodiyotida soliq, sog‘liqni saqlash, nafaqa pensiya ta’minoti
tizimlarida kechgan islohatlar o‘z samarasini bermoqda. Mamlakatda kechayotgan
soliq borasidagi o‘zgarishlar natijasida soliq to‘lovlari soddalashtirildi, investitsiya
faoliyati kengayishiga zamin yaratdi. Soliqlar hajmi 53,2% dan 37% ga tushirildi.
Aksiya, qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari uchun soliq uchdan ikki qismga
pasaytirildi. Tadbirkorlarning sog‘liqni saqlash jamg‘armasiga to‘lanadigan
badallari olib tashlandi.
Maastrixt bitimiga ko‘ra Italiya hokimiyat sarf-harajatlari uchun yalpi
daromaddan 1,4 % gacha badal to‘lovlari to‘lanishini joriy etgandi. U bozordagi
mavqeini oshirdi. Inflyatsiya darajasi yillik 1,5 % ga kamaydi. Hozirgi kunda
mamlakatni birgina muammo o‘ylantirmoqda: ichki iqtisodiyotda pul-moliya
ko‘rsatkichlari dinamikasini barqaror holda ushlab turaoladimi?
Mehnat bozori
Mamlakat janubida ishga yaroqli aholining 18 % i ishsizlik darajasida turibdi,
bu esa iqtisodiy balansga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shu nuqtai nazardan
hokimiyat mehnat bozorini tashkil etishga oid qonunchilikda ko‘zda tutilgan
jihatlarga alohida e’tibor qaratdi. Yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kichik va o‘rta
biznes korxonalari tashkil etishga keng imkoniyatlar yaratdi. Mehnat bozori
islohati 1992 yilda boshlandi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida
ishsizlikka birmuncha barham berildi. Hatto chetda ishlash migratsiya va tashqi
savdoda keng faoliyat yuritishga zamin yaratildi. Bunday sharoitlar uchun 1996
yilda boshqa davlatlar bilan kontraktlar tuzildi. Ish bilan ta’minlangan tadbirkorlik
firmalar uch yillik ish haki solig‘idan ozod qilindi.
Yer islohoti
Yer islohatini amalga oshirish bilan bog‘liq sa’y-harakatlar mamlakatda yer
zahiralaridan keng ko‘lamda foydalanish imkonini berdi. Bu quyidagi yo‘nalishda
o‘z aksini topgan: birinchidan, yer 30 yil muddatga yillik 3,5 % lik to‘lov bilan
ijaraga berilgan. Ikkinchidan, yirik mulkdorlarga foydalanish imkoni bo‘lmagan
ortiqcha yerlar berilib, kompensatsiya imkoniyati bilan 25 yil muddatga
mo‘ljallangan 5 foizlik qimmatli qog‘ozlar joriy etilgan. Bundan ko‘zlangan
maqsad unumsiz yerlarni manfaatdorlik evaziga madaniylashtirishdir. Islohatlar
samarasi o‘laroq kooperativlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta
ishlashda imtiyozlar va qo‘shimcha pul, texnik jihatlar bilan ta’minlandilar.
Shimol va Janub o‘rtasidagi iqtisodiy keskinliklar
Hozirda ham mavjud bo‘lgan «Shimol-Janub» muammosi aslida XIX asrning
ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Chunki Italiya 1361 yilgacha bitta knyazlikdan
tarkib topgan, mamlakatning shimol va markazi kapitalistik, janubi esa feodalizm
tuzumi ostida edi. 1860 yilda shimoliy Italiya qiroli Pemont qo‘lga kiritgan
Garibaldi inqilobidan keyin Burbonov dinastiyasi, janubdagi Sitsiliya qirolligi va
Neopol hamda Palermoni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Mana, 100 yildan oshiq vaqt
o‘tibdiki, «Shimol-Janub» muammosi hokimiyat uchun aktual masala bo‘lib
turibdi. Hozirda shimolda iqtisodiyotning barcha sohasida rivojlanish bo‘lgani,
aksincha janubda bu borada yetarlicha muammo mavjudligi sabablari ko‘p. Bu o‘z
navbatida Italiya siyosiy hayotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
XX asr o‘rtalarida bir oz muddat Shimol va Janub o‘rtasida birlashuv barham
berilgandi. O‘shanda mahsulot ishlab chiqarishda, masalan ip-gazlama mollari
tayyorlashda ikki tomon natijalarida qariyib tafovut sezilmagan. (G‘arb-Shimolda-
yillik 16 mln. metr, janubda -13 mln. metr) o‘shanda janubiy Italiya sanoatining
ayrim turlari ishlab chiqarish bo‘yicha shimolni ortda qoldirishni ham uddalagan.
Biz yuqorida hozirda shimol va janub borasidagi taraqqiyotning ikki xilligida
bir necha sabablar borligini aytgandik. Bular quyidagilarda o‘z aksini topgan:
1. XX asr boshlarida kechgan kapitalizmga o‘tish jarayoni qishloq xo‘jaligi
sohasida feodal tuzumiga singib ketgan janubliklar hayotida ziddiyatlarni keltirib
chiqardi. Ya’ni, yirik yer egalari-feodolizm tasarruflaridagi yerlarni bo‘linib
ketishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik qildilar va o‘z maqsadlariga erishdilar. Bu
paytga kelib shimolda kapitalistik jamiyatga o‘tish tez sur’atlar bilan amalga oshdi.
2. Yangicha tuzumni o‘zlashtirgan shimoliy Italiyada korxonalar soni ortgani
sayin ishchi kuchiga, xomashyoga talab ko‘paya bordi. Natijada janub xomashyo
yetishtirib beradigan va o‘zaro mehnatni tashkil etadigan hududga aylandi. O‘tgan
asrning 50-yillariga kelib, shimoliy Italiyada yuksalish janubliklardan bir necha
hissa ortib ketdi.
3. Ikkinchi jahon urushi Janub iqtisodiyotini yanada orqaga surdi. Italiya
urushda ko‘p narsa yo‘qotdi. Milliy boyliklarning aksariyati yo‘q qilindi-aholi va
jamoat inshootlari, ko‘priklar, portlar buzilib ketdi. Dengiz floti umuman inkirozga
yuz tutdi. Yuzaga kelgan iqtisodiy bo‘hronga barham berish, iqtisodiyotni oyoqqa
turg‘izish uchun asosiy kuch qishloq xo‘jaligi istiqbolli bo‘lib qoldi. Oqibatda
janub yerlarida ko‘p hosil olinib, uni shimolda qayta ishlab, foyda olish, qurilish va
bunyodkorlik ishlariga sarf etildi. Bu esa janubiy Italiyaning ijtimoiy-iqtisodiy
turmushiga salbiy ta’sirini o‘tkazdi.
4. Ikki tomon iqtisodiyotidagi tafovutlardan yana biri-janubning shimolga
qaraganda past darajada rivojlanganligidir. Bu yer port, temir yo‘l, boshqa
telekommunikatsiya tizimlari shimoldan farqli ravishda kam imkoniyatga ega.
Yerlari ham unumsiz, quruq yer. Bu yerda ortiqcha mehnat va ko‘p harajat evaziga
hosil olinadi.
5. Aholining joylashishi va zichligi, shuningdek, janubda aholi soni ortishi
shimolga qaraganda yillik 1,5 foiz yuqoriligi ham sabablardan biri hisoblanadi.
Shunday qilib «Shimol-Janub» muammosi yechimiga urushdan keyin, 1950-
1960 yillarda faol kirishildi. Bu harakat «Vanino rejasi» deb ataldi va u quyidagi
yo‘nalishda muammoni hal etishga kirishdi:
janub rayonlariga qo‘shimcha kuvvatlar kiritishdi, shaxsiy kapitallarni hudud
rivojlanishiga jalb etildi;
davlat korxonalari daromad mablag‘lari mavjud sohalar taraqqiyotiga jalb
etildi va shu maqsadda «Janub kassasi» tashkil topdi. Shimoldagi kichik
korxonalar bu kassani mablag‘ bilan ta’minlovchilari bo‘ldi.
Ammo «Vanino rejasi» Italiya iqtisodiyotini o‘sishi va janubning
rivojlanishini ta’minlay oladi. Qaytanga bu urinish YEI davlatlari ichida
mamlakatni ancha obrusizlantiradi va hududiy nomutanosiblikni yuzaga keltirdi.
Masalan, 1980 yilda Janubning yalpi daromadi Shimolniki bilan solishtirganda 59
% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990 yilda bu ko‘rsatkich 50 % ga tushib qoldi.
Shimolda ishsizlik 1990 yillarda 10 % bo‘lgan bo‘lsa, Janubda 18 % ga yetdi.
Iqtisodchilar ta’biricha, davlat Yevropa integratsiyalashuvi sari yurib, bu ikki
iqtisodiy hududning munosabatlarini cheklasa Shimoliy Italiya Yevropa bozorida
o‘z mavqeiga ega bo‘ladi, ammo Janubiy Italiyada iqtisodiy tanglik yuzaga keladi.
Shimol va Janub o‘rtasidagi iqtisodiy keskinlik keltirib chiqarayotgan
munosabatlarni yaxshilash uchun qator muammolar ko‘ndalang turibdi. Aniqrog‘i,
1. Aloqalar mustahkamlashishi uchun Janubda keskin taraqqiyot yuzaga
keltirilishi kerak. Hech bo‘lmaganda davlat boshqaruvi bu yerda yirik korxonalar
barpo etilishini talab qilishi va o‘z nazoratiga olishi lozim.
2. Janubdagi ishsizlik va migratsiya muammosi hukumat bu muammolar
bo‘yicha qat’iy dasturga ega emas. Shu bois Janublik oilalar hatto oilaviy bo‘lib
chetda ishlayapti. Hali bu muammo Italiya hukumati uchun yetarli tashvish
tug‘diradi.
3. Janubda kichik korxonalar kamligi muammosi. Shimolning yirik
kompaniyalari har kanday YEI ga a’zo davlatlar firmalari bilan hamkorlikka
kirisha oladi va ular bilan raqobatlasha oladi. Janub korxonalari esa bu korxonalar
bilan tenglasha olmaydi. «Vanino rejasi» ga ko‘ra tashkil etilgan davlat korxonalari
hatto ichki bozorga ham to‘la kirib borolmagan. Shuningdek, Italiya va xorijning
aksariyat kompaniyalari bu hududga kapital va investitsiyalarini infratuzilma
haminqadar, ishonchli hamkorlar kam, jinoiy vaziyat qaror topgan qo‘poruvchilik
harakati mavjudligi bois Janubga xorij kapitali kirmaydi, G‘arbiy Yevropa, AQSH
va boshqa davlatlardan keladigan sayyohlaridan tushadigan mablag‘lari esa ko‘p
hollarda mafiya qo‘liga o‘tadi.
4. Janubiy Italiya qishloq xo‘jaligi muammosi. Yuqorida ta’kidlaganidek,
janub yerlarida ish haligacha eski feodallik tuzumi usulida yuritiladi. Bu esa
sohada yetarli natija bermayotir. Xususiy boylar ko‘paymokda. Italiya 1970 yilda
qishloq xo‘jaligida chuqur islohatlar boshlagan, ya’ni yerlarni yirik kooperativlar
ixtiyoriga bo‘lgandi. Bu islohat juda sekin davom etmoqda.
5. Mafiya va uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi kurashish muammosi. Mana,
mamlakat qirq yildan buyon Janubda qo‘nim topgan Sitsiliya mafiyasiga qarshi
kurashadi. Ammo natijasi guyoki qumga sepilgan suvdek. Bu uyushgan jinoyat
guruhi harakati Janub iqtisodiyotining taraqqiy etmayotgani ta’sirini ko‘rsatmokda.
Umuman, Italiya uchun muammo bo‘lgan «Shimol-Janub» Yevropa Ittifoqi
mamlakatlari iqtisodiyotiga ham yetarli tashvish keltirmokda. Shu bois YEI ga
a’zo davlatlar bu hududdagi tanglikni bartaraf etish uchun industriya, kapital
mablag‘lar, ilmiy-texnik resurslar kiritishga shay.
Italiyaning jo‘g‘rofiy joylashishi yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy va
Markaziy Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqallar qilishga qulay. Uning
taraqqiyoti bevosita tashqi aloqallarni yaxshilash bilan bog‘liq. Ammo, bu yerda
tabiiy resurslarning yetishmasligi bu muddaoning keng ko‘lamda joriy etilishiga
imkon bermaydi. Eksportsiz esa iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishib
bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatda so‘nggi o‘n yillikda eksport o‘sishi
quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
1992 yil sentyabrda milliy valyuta – liraning qadrsizlanishi kuzatildi.
Oqibatda xorijda Italiya mahsuloti narxi keskin pasaydi, raqobatbardoshligi
kamaydi (Italiya banki bo‘yicha baho-18 % ni tashkil etdi). Ammo bu savdo
balansini yaxshilashga zamin yaratdi. Mahsulot arzonligi bois eksport va xizmat
ko‘rsatish ko‘rsatkichlari 10 % gacha o‘sdi, import esa 1,3 % ga kamaydi;
Butunjahon savdo tashkiloti (BJST) doirasida mamlakat 1994 yil bahorida
poshlina uchun bojlarni pasaytirdi. Natijada yalpi ichki mahsulot (YAIM)
tayyorlashda so‘nggi sakkiz yil ichida 2 % lik o‘sish kuzatildi;
1993 yilda transmilliy korporatsiya (TMK)lar bu yerdan barcha sohalardagi
mahsulotlarni erkin sotib olishlari uchun eshiklar ochib qo‘yildi. Haridorlarni
ko‘proq farmatsevtika, kosmetika va zamonaviy texnologiyalar sanoati qiziqtirdi.
Natijada eksport ulushida AQSH, Shvesariya, Angliya, Fransiya va nemis
firmalarining o‘rni salmoqli tus oldi.
Eksport salohiyatida kredit va sug‘urta tizimida joriy etilgan imtiyozlar
alohida mazmun kasb etdi. Bu sohalarni soddalashtirish va amaliyotga doimiy
tadbiq etib borish maqsadida 1978 yilda tashkil etilgan kreditlarni sug‘urtalash
milliy institutida ixtisoslashgan eksport kreditlarini sug‘urtalash (CAZE) bo‘limi
ochildi. Bu bo‘lim faoliyatini davlat moliya vazirligi o‘z nazoratiga oldi. Uning
asosiy funksiyasi uzoq, o‘rta va qisqa muddatli eksport kreditlarinini sug‘artalash,
eksport mukofatlarini taqsimlashdan iborat bo‘ldi. CAZE hozirda ham 150 ta
mamlakatning eksport kreditlarini sug‘urtalagan.
Ayni kunda bu bo‘lim Italiyadan olib ketilayotgan zamonaviy texnologiyalar,
litsenziya va patentlar, shuningdek, investitsiya va xomashyolarni harid
qilinishidagi mablag‘larni ham sug‘urta qilmoqda. Bu ilgaridek, uchinchi
davlatning vositachilik faoliyatiga chek qo‘ydi, endilikda bu bo‘lim nufuzi ham
oshgan.
Italiya tajribasida eksport krediti ikki xil firmalar va banklar krediti
yo‘nalishlariga ega. Firma kreditlari xorijlik ishbilarmonlar uchun vositachilik
harajatlarini yo‘q qilgan holda taqdim etilgan kreditning 75-80 foizini davlat
kafolati bo‘yicha saqlashni, bank krediti esa tuzilgan shartnoma bo‘yicha 80-85
foizigacha davlat kafolatini berishni o‘z zimmasiga olgan:
eksportni rag‘batlantirish uchun eksport qiluvchilar to‘lovlaridan ozod qilindi;
muddatda ko‘rsatganidan ertaroq import qilishgan va mahsulotni qayta ishlab
eksportga chiqargan mijozlar bojxona poshlinalarini to‘lamaydigan bo‘lishdi;
davlat byudjetiga qaytarilmagan katta hajmdagi mablag‘ mamlakat sanoat
korxonalarini modernizatsiya qilish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish
va raqobatbardosh tovarlar salmog‘ini oshirishga yo‘naltirildi.
Shunday qilib, Italiya siyosati milliy eksportni rag‘batlantirish orqali
mamlakatning asosiy hududlarida tom ma’nodagi iqtisodiy siyosatni vujudga
keltirdi.
Foydalanilgan adbiyotlar ro’yhati:
1. Zaynutdinov Sh. N. va boshqalar. Menejment asoslari. Т., Moliya, 2001.
2. Sharifxo’jayev M, Abdullayev Yo. Menejment. Т.: O’qituvchi. 2002.
3. Kattakishiyev B, Mamayusupov I. Strategik menejment.-T.:”Fan va
texnologiya”, 2008.
4. Qosimov G’.M. Menejment.-T.:”O’zbekiston”, 2002.
5. Rasulov M. R. Bozor iqtisodiyoti asoslari.-T.:”O’zbekiston”, 1999.
6. G’ulomov S.S. Menejment asoslari –T.:”Sharq”, 2002.
7. Sharifxo`jayev M, Abdullayev Y. Menejment. – T.: “O’qituvchi”, 2002.
8. Zaynutdinov SH.N. va boshqalar. Menejment asoslari.-T.:”Moliya”, 2001.
Foydalanilgan internet saytlari:
1.
www.uz.wikipedia.org
2.
www.alldata.uz
3.
www.hozir.org
4.
www.fayllar.org
5.
www.library.ziyonet.uz
6. www.ecsoman.edu.ru - Rossiya Federatsiya oliy o’quv yurtlarida o’qitilayotgan
fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy komplekslar;
7. http://sunny.ccas.ru/library.html – Jahon kutubxonalari serveri;
8. www.cfin.ru - jamoaviy (korporativ) menejment;
9. www.salesmanagment.ru – sotuvni boshqarish;
10. www.gaap.ru - Хalqaro standartlar.
http://hozir.org
|