• Matnni yuqori darajada (professional) formatlash
  • Hujjat bo‘laklarini qidirish va almashtirish




    Download 235,1 Kb.
    bet4/5
    Sana15.12.2023
    Hajmi235,1 Kb.
    #119425
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-Laboratoriya

    Hujjat bo‘laklarini qidirish va almashtirish

    Matn bo’yicha biror -bir so’zni yoki bo’lakni tez qidirish va almashtirish uchun avtomatik qidirish va almashtirish funksiyasidan foydalanish qulay. Buni bajarish


    uchun, “Главная” bandining “Редактирование” guruhiga o’ting va “Найти” tugmasini bosing. “Найти и заменить” oynasi ochiladi. “Найти” maydonida kerakli bo’lakni ko’rsating. Birinchi talabni bajarish uchun “Найти далее” tugmasini bosing. Agar topilgan bo’lak sizga to’g’ri kelmasa, shu tugmani bosib, qidirishni davom ettiring. “Выделение при чтении” tugmasi hamma qidirilayotgan so’z yoki bo’lakni ajratish uchun xizmat qiladi.
    Siz qo’shimcha qidirish parametrlarini berishingiz ham mumkin. Buning uchun, “Больше” tugmasini bosing. Agar qidirish vaqtida harflar registri hisobga olingan bo’lsa, bayroqchani ’’Учитывать регистр” ga o’rnating.
    Maxsus belgilar va oraliqlarni e’tiborga olmaslik, mos ravishda “Не учитывать знаки препинания” va “Не учитывать пробелыЧш^ bayroqcha o’rnatib, amalga oshiriladi. “Cпециальный” tugmasi qidirilayotgan qatorga abzats belgisini, tabulyasiya, ihtiyoriy belgini, sonlarni va shunga o’xshashlarni qo’yish uchun mo’ljallangan. Joriy bo’lakka formatni berish uchun bir xil nomli tugmacha xizmat qiladi.
    Topilgan bo’lakni boshqasi bilan almashtirish uchun “Заменить” bandiga o’ting, “Заменить” maydonida yangi bo’lakni yoki so’zni kiritib, “Найти далее” tugmasini bosing. Dastur kerakli bo’lakni topgandan keyin “Заменить” tugmasini bosing. Stillardan foydalanib, formatlash parametrlari yig’indisini hamma hujjatga yoki uning bo’lagiga (abzatsga, sahifaga) qo’llashingiz mumkin. Rasmiylashtirishning ixtiyoriy elementlari uchun shaxsiy stilni tanlash mumkin.
    Word 2007da bir qancha stillar ro’yxati bor.Ularni ko’rib chiqamiz.


    Matnni yuqori darajada (professional) formatlash


    Ustunlar (kolonkalar).
    Ko’p hollarda matnlarni bir necha ustunlarga bo’lishga to‘g‘ri keladi. Masalan, gazeta va jurnallar sahifalari shunday rasmiylashtiriladi. Ko’pincha, bunday yondashuv joyni tejash maqsadida qo’llaniladi.
    Bundan tashqari, ustunlar katta hajmdagi axborotlarni ishlab chiqishni osonlashtiradi. Matnni shunday tarzda joylashtirish uchun “Разметка страницы” bandining “Колонка” tugmasini bosing. Hosil bo’lgan menyuda ustunlar soni va ularni sahifadagi joylashishini tanlang.
    Agar taklif qilingan variantlarning hech biri sizni qoniqtirmasa, “Другие колонки” bandini tanlang. Natijada, ustun parametrlarini sozlash oynasi ochiladi. Bu yerda talab qilinayotgan ustunlar sonini, ularning kengligini va ular orasidagi masofani berishingiz mumkin. “Разделитель’^ bayroqchani o’rnatish ustunlar orasiga vertikal chiziqni qo’shishga olib keladi. “Применить ” ro’yxatidan ustun shaklida taqdim etilishi kerak bo’lgan soha, matnni tanlash mumkin: “Ко всему документу”, “K выделеному тексту” yoki “ K выделенным разделам”.

    Kolontitullar va sahifalarni raqamlash
    Kolontitullar- bu sahifaning bir qator tepasida va oxirgi qator pastida joylashgan soha. Bu yerda asosan sahifa raqami, boblar nomi va h.k. ko’rsatiladi. Kolontitullar qo’yilgan matn, hujjatning har bir sahifasiga joylashtiriladi. Kolontitullar bilan ishlash uchun va sahifalarni raqamlash ishlarini bajarish uchun “Вставка” bandidagi “Колонтитула” guruhi mo’ljallangan.
    Yuqori kolontitulni sozlash uchun “Верхний колонтитул ”, pastki kolontitulni sozlash uchun esa “ Нижний колонтитул” tugmalari mo’ljallangan.
    Har bir tugma hujjatga tez qo’shish mumkin bo’lgan, tayyor formatlangan kolontitullar galereyasini ochib beradi. Kolontitul qo’yilgandan keyin, uni dastur talabiga ko’ra tez tahrir qilish mumkin. Bunda, tasmada “ Работа с колoнтитулами” kontekst asbob tasvirlanadi. Agar galereyaga shahsiy kolontitulni qo’shishni istasangiz “Верхний колонтитул” tugmasini bosing, “Сохранить выделенный фрагмент в коллекцию верхних колонтитулов” bandini tanlab, uni yaratish, tahrir qilish, ajratish va saqlash kerak. Shuningdek, yana pastki kolontitul ham qo’yish mumkin.
    Kolontitul parametrlarini sozlash
    Kolontitulning ba’zi parametrlarini “Paбота с колoнтитулами” bandining kontekst jihozidagi “Конструктор” bandidagi “Параметры” guruhi yordamida sozlash mumkin.
    Masalan, agar sizga hujjatning asosiy matn tasviri halaqit bersa, u holda “Показать текст документа”dagi bayroqchani olib tashlang. “Разные колонтитулы для четных и нечетных страниц’^ bayroqcha o’rnatilsa, unda dastur toq va juft sahifalarga har xil kolontitul yaratish imkonini beradi. “Вставки” bandining “Работа с колонтитулами” kontekst jihozining kolontitulga standart elementlarni qo’yish imkonini beradi. Masalan, “Дата и время” tugmasi yordamida joriy sana va vaqtni qo’yish mumkin. Bu yerda standart bloklarni va Clip Art obyektlarini qurish tugmalari bor. Word 2007 matn muharriri har xil bo’limlarga alohida kolontitullarni sozlash imkonini beradi. Ammo kolontitullar qayerda joylashganidan qat’i nazar, ular bir-biri bilan bog’langan. Boshqa bo’limlar kolontitulni o’zgartirish uchun, bu aloqani uzish kerak. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
    O’zgartirish kerak bo’lgan kolontitulga o’ting va “Переходы” guruhidagi “Как в предыдущeм” tugmasini bosing. Agar siz hamma kolontitulni bir xil ko’rinishga keltirishni xohlasangiz, u holda, “Как в предыдущим разделе ” tugmasini qayta bosing. “Положение” guruhida kolontitulgacha bo’lgan masofani berishingiz mumkin. Kolontitulda matnni tekislash “Вставить табуляцию с выравниванием” tugmasi orqali amalga oshiriladi. “Закрыть окно колонтитулов” tugmasidan foydalanib, kolontitullar bilan ishlashni tugatish mumkin.
    Kolontitulni o’zgartirish va olib tashlash
    Agar sizga ma’lum vaqtda kolontitulni, yuqori kolontitulni o‘zgartirish lozim bo’lsa, masalan, “ BcTaBKa” bandidagi “Колонтитула ” guruhidan “Верхний колонтитул ” tugmasini bosing va “ Изменить вставленную колонтитулу” bandini tanlang, yoki kolontitul sohasida sichqonchani ikki marta bosing. Kolontitullar “Удалить верхний колонтитул” va “Удалить нижний колонтитул” bandlari orqali olib tashlanadi.
    Sahifalarni raqamlash
    Word 2007da sahifalarni raqamlashning, tiniq sozlashning hamma kerakli jihozlari bor. Sahifani raqamlash quyidagicha amalga oshiriladi. “Вставкa” bandining “Колонтитулы” guruhidan “Номер страницы ” tugmasini bosing. Natijada, bir necha banddan iborat sahifaning raqami qo’yilish joyini aniqlovchi oyna paydo bo’ladi:

    • sahifa tepasiga;

    • sahifa pastiga;

    • sahifa maydoniga.

    Shundan so’ng, har bir bandda qo’yilgan raqamni imkoniyatli variantlar bilan rasmiylashtiruvchi galereya ochiladi (24-rasm).
    Hujjatga raqamlar asosan, birinchi sahifadan qo’yiladi. Bunda, arab raqamlari ishlatiladi. Bu parametrlarni o‘zgartirish uchun, “Номер страницы” tugmasini bosing va “Формат номеров страниц” bandini tanlang.



    12-rasm. Sahifa raqamini qo’yish.



    Download 235,1 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 235,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujjat bo‘laklarini qidirish va almashtirish

    Download 235,1 Kb.