O’tish ketma-ketligini boshqarish




Download 280 Kb.
bet11/15
Sana15.01.2024
Hajmi280 Kb.
#137393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mavzu ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Aso

O’tish ketma-ketligini boshqarish


E’tibor bergan bo’lsangiz Microsoft Windows operatsion tizimining ko’p maydonchali muloqot oynalarida bir elementdan boshqasiga o’tish odatda “chapdan o’ngga, yuqoridan pastga” (soat strelkasi bo’ylab yoki aksincha) kabi tartibda amalga oshiriladi. Bunday o’tish ketma-ketligini Tab yoki Shift+Tab, Ctrl+Tab yoki Ctrl+ Shift+Tab va boshqa kursorni boshqarish klavishlari orqali tekshirib ko’rish mumkin. Ayniqsa murakkab tuzilishga ega bo’lsa, bir maydondan boshqa maydonga o’tish tartibini boshqarishga ehtiyoj tug’uladi? Chunki, murakkab shakllarni shakllantirish va bezash davomida boshqaruv elementlarinig joylashishi bir necha bor o’zgartirilishi tabiiy hol. Bu esa o’z navbatida ma’lumotlar kiritish tartibini ham (MB ning o’ziga xosliklari tufayli) mos ravishda o’zgartirib yuboradi. Oqibatda, garchi shakl juda ham yaxshi bezatilgan bo’lsada, tezkor vaziyatlarda undan foydalanish samaradorligi etarli darajada bo’lmay qolishi mumkin. Bunday holatni bartaraf etsa bo’ladi: shakllarda maydondan maydonga o’tish tartibini o’rnatish, o’zgartirish “posledovatelnost perexoda” nomli muloqat oynasi orqali amalga oshiriladi. Bu muloqot oynasi shakl Konstruktor rejimida ochilgandagina kontekistlik menyuning yoki Vid menyusining mos bandi orqali faollashadi. Rasmdan ko’rinib turganidek bu muloqat oynasida shakldagi boshqaruv elementlarining nomlari “последователность“ deb ataluvchi maydonda keltirilgan. Ularning yuqoridan pastga qarab joylashish tartibi shakldagi maydondan maydonga o’tishning choqdagi joriy tartibiga mos keladi. Uni o’zgartirish uchun odatdagi usullar qo’llaniladi.
Shakl maketi ustidagi amallar etarli darajada yakun topgach uni yopish mumkin.
“База данных” oynasining “формы” panelida paydo bo’lgan shaklni ochib, shakl maketi ustida bajarilgan amallarning natijalarini ko’rish, shaklga asos bolgan jadval ma’lumorlarni o’zgartirish, qolaversa, yangi ma’lumot kiritish mumkin. Qayta ishlangan shaklni avvalgi nomi bilan yoki, kerak bo’lsa, bo’shqa nom berib saqlash mumkin. Ta’kidlash joizki, biror nom ostidagi shakl alohida faylda emas, balki MB faylni ichida saqlanadi.



Download 280 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 280 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’tish ketma-ketligini boshqarish

Download 280 Kb.