|
Mavzu: ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Asosiy qism
|
bet | 9/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 280 Kb. | | #137393 |
Bog'liq Mavzu ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Aso
Endi e’tiboriingizni na’muna bo’yicha so’rov blankidagi “uslovie otbora” –“tanlab olish sharti” satriga qaratamiz. Bu satrning so’rovda ishtirok etayotgan xar bir maydonga mos katakchasida maydonning o’zigagina tegishli alohida shart berish mumkin. Demak, “условие отбора” satri berilgan mezonlarda ma’lumotlarni tanlab olish imkonini beruvchi vositadir.
So’rovlar asosidagi so’rovlar.
Biz yuqoridagi ko’rib chiqqanimiz tanlanmaga ko’ra so’rovlar, qaytaramiz, so’rovlarning eng sodda va keng qo’llanuvchi turidir. Mazkur sodda so’rovlar asosida bajariluvchi so’rovlar ham mavjud. Ular quyidagilardir:
Яkuniy so’rovlar - bular ko’rsatilgan maydon bo’yicha arifmetik hisob–kitoblarni amalga oshira oladilar va hisob- kitoblarning yakuniy natijalarini namoyish etadilar;
Ko’rsatkichli so’rovlar - bu turdagi so’rovlarning e’tiborli joyi shundaki, tanlab olish mezonini foydalanuvchinnig o’zi mazkur so’rov chiqarilgan paytda kerakli ko’rsatkichni kiritish bilan berish mumkin;
Kesishuvchi so’rovlar - bular jadvallar turkumini tahlil qilish tufayli olingan hisob natijalari asosida natijaviy jadvallar hosil qiladilar;
O’zgartirish uchun so’rovlar - bular jadvallar maydonlarini to’ldirishning avtomatlashtirilishini ta’minlaydi.
Yuqoridagi so’rovlardan tashqari MB serveriga murojaat etuvchi mahsus so’rovlardan ham foydalaniladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, MB jadvallariga so’rovlar aslida maxsus dasturlash tili–SQL da yaratiladi. Microsoft Access MBBT ning oddiy foydalanuvchilariga taqdim etayotgan uslub va vositalari SQL ga murojaat etish holatlariga deyarli o’rin qoldirmaydi.
“Shakllar-Формы” foydalanuvchilarga MB jadvallariga kirib yurmasdan ularga ma’lumotlar kiritish imkonini beradi. Qolaversa, shakllar so’rovlar ishining natijalarini yozuvlari zich joylashgan natijaviy jadval ko’rinishida emas, balki chiroyli bezalgan ko’rinishda namoyish qiladi. Aytilganlarga ko’ra, shakl tuzilmasini formatlashning jadval asosidagi va so’rov asosidagi turlari mavjud bo’lib, ularning ikkisini muvofiqlashtirilgan holda ham ishlatish mumkin. MB shakllari, odatda, avtomatlashtirish vositalari yordamida tayyorlanadi. Ulardan biri avtoshakl deb nomlangan vositadir. Avtoshaklning uch turi ya’ni “ustunlardagi“ avtoshakl, lentali avtoshakl hamda jadvalli avtoshakl deb ataluvchi turlari qo’llaniladi.
rasm 5
Ko’rinib turganidek, “ustunlardagi” avtoshakl bitta qaydning barcha maydonlarini o’zida aks ettiradi. Avtoshaklning bu turi ma’lumotlarni kiritish va taxrirlash uchun juda qulaydir. Avtoshaklning “lentali” turi esa birdaniga bir necha yozuvlarni aks ettirishga mo’ljallangan bo’lib, undan natijaviy ma’lumotlarni ko’rgazmali ifodalash uchun foydalaniladi. Rasmdagi jadvalli aftoshaklning izohi o’zi bilandir.
Avtoshaklni yaratish uchun “База данных“ oynasidagi “Формы“ panelini ochish kerak va “Создать“ tugmasini bosish kerak. Ekranda paydo bo’lgan “Новая форма“ nomli muloqot oynasida avtoshakl turi va u asoslanayotgan jadval yoki so’rov tanlanadi. OK tugmasi bosilgan zahoti avtoshakl avtomatik tarzda shakllanadi va ma’lumotlarni kiritishga yoki aks ettirishga tayyor turadi.
Ta’kidlash joizki, avtoshakl faqat bitta ob’ektga asoslanadi. Shakl yaratishning boshqa vositalari shakl tuzilmasi asosiga bir nechta jadvallarning maydonlarini va so’rovlarini qo’yish imkonini beradi. Demak, shakllarni sodda va murakkab turlarga bo’lish mumkin. Bir nechta o’zaro bog’langan jadvallardagi maydonlarga asoslanuvchi, shuningdek, shakllarning birlashmasini o’zida ifoda etuvchi shakllarga murakkab shakl deya olamiz. U holda avtoshakllarning har qanday ko’rinishi sodda shaklga misol bo’ladi.
Avtomatlashtirilgan vositalar qatorida MB ni ishlab chiquvchi bilan muloqat tartibida shakl tuzilmasini yaratuvchi
“Мастер форм“ nomli maxsus dasturiy vosita ham mavjud. “База данных“ oynasidagi “Формы” panelida joylashgan “Создание формы с помощью мастера“ nomli tugmani bosish bilan ishga tushiriladi. Shakllar ustasi bilan muloqot jarayonida, avval, tuzilajak shakl tarkibiga kiruvchi jadvallar va maydonlar tanlab olinadi, keyin, shaklning tashqi ko’rinishi, so’ngra, shaklni bezash uslubi tanlanadi va nihoyat, shaklning biror nomi ostida saqlanishi amalga oshiriladi. To’ldirilgan shakl tuzilmasini ko’rishga kelgusida ehtiyoj paydo bo’lib qolishi hisobga olinsa, muloqotni yakunlashdan oldin, “Изменить маркет формы“ doirachasini faollashtirib qo’yish mumkin.
|
| |