• 1.Ko’ylak etak qirqimlarini tikish texnologiyasi.
  • 2.Ko’ylakni so’ngi pardozlash texnologiyasi
  • Mavzu nomi Jami




    Download 35,01 Mb.
    bet73/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    Tezkor savol javob
    1.Ko’ylakni etak qismiga namlik ishlov berish.
    2Ko’ylakni turli xil iplardan tozalash.
    3.Ko’ylakni etak qismiga qanday ishlov beriladi.
    13-MAVZU: Ko‘ylаkni yig’ish. Oxirgi ishlov berish. (NII)
    Reja:
    1. Ko’ylak etak qirqimlarini tikish texnologiyasi;
    2.Ko’ylakni so’ngi pardozlash texnologiyasi;
    3.Tayyor ko’ylakka so’nggi NII berish.


    1.Ko’ylak etak qirqimlarini tikish texnologiyasi.Ko’ylakning ko’krak qismi va yubkasi alohida-alohida yoki yaxlit bichiladi. Ko’ylaklar etagi siluetiga qarab to’g’ri, toraytirilgan, past tomonga kengaytirilgan yoki bo’lak-bo’laklardan iborat bo’ladi. Ko’ylak yenglari uzun, kalta, sal uzaytirilgan yoki yengsiz bo’lib, ular asosiy bo’laklar bilan yaxlit bichilgan, o’tqazma yengli, reglan yengli, chala reglan yengli bo’lishi mumkin. Yeng uchlari manjetli, rezinkali va hokazo bo’ladi. Yoqalar qaytarma, shol yoqa, tik yoqa shaklida, old va orqa bo’laklar bilan yaxlit bichilgan, o’tqazma yoki turli xil bezakli bo’lishi mumkin. Yoqa o’mizi aylana, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak yoki turli shaklda bo’ladi. Ko’ylak cho’ntaklari ham turlicha bo’lib, qoplama, qirqma, biriktirma chokda joylashishi mumkin. Ko’chalik kiyim murakkabroq bo’lib, yeng yoqalari turli bo’laklar bilan bezatiladi.Old bo’lak rel’ef chok haqi qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Modelga muvofiq old bo’lak o’ng tomonidan rel’ef ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi. Ko’ylak old bo’lagiga bezak uchun kiritilgan koketkani rel’ef bo’laklari tikib tayyor qilingan old bo’lakka kertimlari asosida o’ngini-o’ngiga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi va biriktirib tikiladi. Choklar koketka tomonga yotqizib dazmollanadi. Koketka chok haqining qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Old bo’lak o’ngiga ag’darilib koketka ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi.
    2.Ko’ylakni so’ngi pardozlash texnologiyasi.Tayyor holdagi old va ort bo’laklarini bir-birining ustiga o’ngini o’ngiga qilib ziylari tekislanib yelka va yon qirqimlari ko’klanadi. So’ngra biriktirib tikiladi. Yon qirqimini biriktirib tikishda old va ort bo’lak bel chiziqlariga qo’yilgan kertimlar bir-biriga to’g’rilanib to’g’nog’ich to’g’naladi va ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ich olib tashlanib mashinada biriktirib tikiladi.Ko’ylakni tayyor holatga keltirish oxirgi ishlov berish jarayonlari bajariladi. Bunda ostki yoqani yoqa o’miziga o’ngini o’ngiga qo’yib, o’rta choki koketka o’rta kertimiga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’nab ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ich olib tashlanib universal mashinada biriktirib tikiladi. Tikilgan chok haqi orasini yorib dazmollanadi. Ustki yoqa bilan yaxlit bichilgan adipni o’ngini ostki yoqa o’ngiga qaratib qo’yiladi, o’rta choklar to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi va bort tomondan ostki yoqaga ko’klanadi.

    Download 35,01 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   169




    Download 35,01 Mb.