• Merosxo’rlik (Inheritance) Tasavvur qiling bizda Inson
  • Nazorat savollari
  • Qo’shimcha o’qish uchun adabiyotlar
  • Mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash Reja




    Download 26,48 Kb.
    bet2/2
    Sana16.12.2023
    Hajmi26,48 Kb.
    #120920
    1   2
    Bog'liq
    Mavzu Obyektga yo’naltirilgan dasturlash Reja

    Inkapsulatsiya
    Bir yoki bir nechta ma’lumotlarni bir qismga joylashtirish(yopish) - inkapsulatsiya deyiladi. Inkapsulatsiya obyektdagi ma’lumotni boshqasidan saqlash uchun ishlatiladi. Inkapsulatsiya asosan himoya maqsadida qo'llaniladi.
    Polimorfizm
    Polimorfizm umumiy interfeysni almashish jarayonida sinflarni turli funktsionalliklarga ega bo'lgan obyektga asoslangan dasturlashdagi andozani ifodalaydi.
    Polimorfizm asli grekcha so'zdan olingan bo'lib, "ko'p shakllar" degan ma'noni bildiradi.
    Boshqa so'z bilan aytganda, polimorfizm bir interfeysli klasslar to'plamini qo'shilishi.
    Merosxo’rlik (Inheritance)
    Tasavvur qiling bizda Inson nomli xuddi oyoq, qo'l, ko’z kabi xossa va sayr qilish, ko'rish kabi funksiyalarga ega sinfi bor. Bizda Erkak va Ayol ham sinf, ammo ko'proq xossa va funksiyalar Inson sinfda qamrab olingan. Shuning uchun ular Inson sinfidan hamma narsani o’zlariga merosxo’rlik tushunchasidan foydalanib meros qilib oladi.
    4.Obyektga yo’naltirilgan dasturlashni qo’llab-quvvatlovchi dasturlash tillari 2 guruhga bo’linadi:
    -sof obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari. Bunday dasturlash tillarida dastur tuzish uchun faqatgina obyektga yo’naltirilgan dasturlash tamoyillarini qo’llash kerak bo’ladi. Boshqa dasturlash uslublari va tamoyillarini qo’llashning iloji bo’lmaydi. Bunday dasturlash tillariga misol sifatida Java,Eiffel,SmallTalk,Actor va boshqa tillarni keltirish mumkin.
    -aralash (gibrid) obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari.Bunday dasturlash tillari obyektga yo’naltirilgan dasturlash paradigmalaridan tashqari boshqa dasturlash paradigmalarini ham qo’llab-quvvatlaydi.Bunday dasturlash tillariga misol sifatida C++, Objective-C, Object-Pascal tillarini keltirish mumkin.
    5. Vizual dasturlash obyektga yo’naltirilgan dasturlashning mantiqiy davomi hisoblanadi. Vizual dasturlash hozirgi kunda eng ommalashgan dasturlash paradigmasi hisoblanadi. Vizual dasturlash alohida muloqot qobiqlaridan foydalangan holda dasturni avtomatlashitirilgan tarzda ishlab chiqishdan iboratdir. Vizual dasturlashdan ko’proq dastur interfeysini va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini yaratishda foydalaniladi.
    Vizual dasturlash uchun quyidagilarni qayd qilish mumkin:
    -Vizual dasturlash dasturchining dastur yozish ishini avtomatlashitiradi(qayta-qayta yoziladigan kod qismlarini dasturlash muhitining o’zi yozadi).
    -Vizual dasturlash hozirgi kunda eng ommabop dasturlash paradigmasi hisoblandi. U obyektga yo’naltirilgan dasturlash texnologiyasiga asoslanadi.
    -Vizual dasturlash vositalarining eng asosiy elementlari komponentlar hisoblanadi. Komponentlar visual va visual bo’lmagan turlarga bo’linadi.
    -Vizual dasturlash texnologiyasi quiydagilardan iborat: ekran formalarini yaratish,Vizual va visual bo’lmagan komponentalarni qo’llab dastur tuzish, oynali formalarda metodlar va hodisalardan foydalanib dasturlash.
    Nazorat savollari
    1. Abstraksiyalash deganda nimani tushunasiz?
    2.Obyektga yo’naltirilgan dasturlashning maqsadi nimadan iborat?
    3.Obyekt tushunchasi nimadan iborat?
    4.Sinf deb nimaga aytiladi?
    5.Vizual dasturlash paradigmasi qaysi paradigmaga asoslangan?
    Qo’shimcha o’qish uchun adabiyotlar:
    1. Вайсфельд М. Объектно-ориентированное мышление. — СПб.: Питер, 2014. — 304 с.: ил. —(Серия «Библиотека программиста»).
    2. Орлов С. А. Теория и практика языков программирования: Учебник для вузов. Стандарт 3-го поколения. — СПб.: Питер, 2013. — 688 с.: ил.
    Download 26,48 Kb.
    1   2




    Download 26,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash Reja

    Download 26,48 Kb.