Mavzu: odam nerv-muskul apparatini sezuvchanligini tinch holatda va mashqdan keyin aniqlash




Download 0.54 Mb.
Sana29.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#85571
Bog'liq
10 amaliy , mashgulot
Mavzu G‘oyaviy-siyosiy tarbiya, Mustaqil ish H.Jumayeva, 1. Jàmîà tushunchàsi. O‘quvchilàr jàmîàsini shàkllàntirishning m, Мавзу бўйича тест саволлар, SARVAR ABN, 2 5267140917340409100, 3-kurs Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi, Tafakkur qonunlari va ularning izohini Tafakkur qonunlarining fo-fayllar.org, 187493, MBBT Amaliy ish, Маъруза 12.1, ADASHEV DOSTON MUXTORJON O‘G‘LI QAYD VARAQA, 19- maruza texnologiya, Вопросы по ПК

MAVZU: ODAM NERV-MUSKUL APPARATINI SEZUVCHANLIGINI TINCH HOLATDA VA MASHQDAN KEYIN ANIQLASH.
REJA
1. Odam nerv-muskul apparatini sezuvchanligini tinch holatda va mashqdan keyin aniqlash.
2. Parabioz refrakterlik.

Parabioz haqida tushuncha.

Baqa asab va mushak preparatini tayyorlab asabning bir qismiga turli usullar (zahar, tuz eritmalari, elektr toki, mexanik vositalar va shunga o’xshashlar) bilan ta’sir etilganda asabning shu qismidagi labillik (funksional harakatchanligi) o’zgaradi. Asabning labilligi kamayadi, ya’ni asabning shu qismi mu’tadil sharoitda o’tkaza oladigan impulslarning hammasini o’tkaza olmaydi. Labillik shu qadar pasayishi mumkinki, asabning bir qismidan qo’zg’alish butunlay o’tmaydi.
Xilma-xil ta’sirlar tufayli labillikning bir joyda shu tariqa kamayishiga sabab shuki, barqaror, tarqalmaydigan qo’zg’alish ma’lum bir doirada paydo bo’ladi. Ana shu mahalliy barqaror, tarqalmaydigan qo’zg’alish holatini N.Ye.Vvedenskiy parabioz deb atadi («rara»-yaqin va «bioz»-hayot demakdir, ya’ni hayot bilan o’lim o’rtasidagi holat.
Parabiozning uchta stadiyasi bor:
1-stadiya – o’zgartiruvchi yoki tenglovchi stadiya. Bunda kuchli ta’sirotlar ham, kuchsiz ta’sirotlar ham asabning zaharlangan qismidan yuqoridagi normal qismiga berilganda mushak bir xilda qisqaradi.
2-stadiya – paradoksal (ajablantiruvchi) stadiyadir. Bunda kuchli ta’sirotlar sust qisqarishga sabab bo’ladi, kuchsiz ta’sirotlar esa odatdagidan kuchliroq qisqarishga sabab bo’ladi.
3-stadiya – tormozlovchi stadiya. Bunda kuchsiz ta’sirotlar ham, kuchli ta’sirotlar mushakni qisqartirmaydi.
N.Ye.Vvedenskiy kashfiyoti bilan qo’zg’alish va tormozlanishning o’zaro bog’liq ekanligi va bu jarayonlarning birligi shu yerda birinchi marta ochiq-oydin ko’rsatib berildi.


N.Ye.Vvedenskiyning parabiozi. A-da: Asab-mushak preparati, I, II, St-stimulyator; B-da: I-tenglovchi stadiya, II-paradoksal stadiya, III-tormozlovchi stadiya

Ta’sirotning qutb qonuni


Qo’zg’aluvchan to’qimalardan o’zgarmas elektr toki o’tib qutbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu hodisani E.Pflyuger (1859) kashf etgan. Asab yoki mushak tolasidan elektr tokining o’tishi membrana zaryadining o’zgarishlariga sabab bo’ladi. Musbat qutb - anod to’qima sirtiga ulanganda membrananing tashqi tomonidagi musbat zaryad oshadi, ya’ni o’ta qutblanish-giperpolyarizasiya ro’y beradi, manfiy qutb - katod to’qima sirtiga o’tganda esa membrananing tashqi tomonidagi musbat zaryad kamayadi, ya’ni qutblanish yo’qoladi-depolyarizasiya kelib chiqadi.

Fiziologik elektroton. A-tajriba sxemasi, B-doimiy tok ta’sirida membrana potensiali (a), kritik qutbsizlanish darajasi (b) va qo’zg’aluvchanlik (v) larning o’zgarishi. Strelka bilan tokning boshlang’ich ta’siri ko’rsatilgan. M-mushak.


Qutblar yaqinida potensialning shunday o’zgarishlari elektrotonik o’zgarishlar deb ataladi. Katodning to’qimaga taqaladigan joyda potensial o’zgarishlarini katelektrotonik o’zgarishlar, anodning to’qimaga taqaladigan joyidagi potensial o’zgarishlarini esa anelektrotonik o’zgarishlar deb yuritishadi. Elektrotonik hodisalar asosan bo’sag’a ta’siroti bilan bog’liq. Ta’sirot bo’sag’asining katod sohasida kamayishi natijasida qo’zg’aluvchanlik ortadi, anod sohasida, aksincha, bo’sag’alar ortishi natijasida qo’zg’aluvchanlik kamayadi. Qo’zg’aluvchanlikning bu o’zgarishlari bevosita katod va anod ostida yaqqolroq sezilib, qutblardan uzoqlashgan sayin sekin-asta kamayadi va qo’zg’aluvchanlikning elektrotonik o’zgarishlari deb ataladi.

13-MAVZU: TA`SIRLASH QONUNLARI. TA`SIRLASHNING BA`ZI QONUNIYATLARI (VIDEO FILIM). ABSOLYUT VA NISBIY MUSKUL KUCHLARI HAQIDA TUSHUNCHA. QO`L PANJASINING VA GAVDANING TIKLANISH KUCHINI DINOMOMETRDA O`LCHASH.


REJA
1.Absalyuta nisbiy kuchlari.
2. Qo’l panjasining va gavdaning tiklanish kuchini dinomometrda o’lchash.

Harakat sifatlari: kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik sportchining ish qobilyatini belgilashda uning yuqori natijaga erishishida muhim ko`rsatkich bo`lib, ular harakat malakasining shakllanishida, takomillashishida birgalikda rivojlanadi.


Harakat malakalari va jismonoy sifatlarning takomillashishi yagona jarayondir (Krestovnikov 1957).
Harakat sifatlari-kuch, tezlik va chidamlilik harakat apparatining boshqarilishi va koordinasiya mexanizmlari takomillashishi tufayli rivojlanadi. Shu bilan birga jismoniy sifatlarning takomillashishi funksional va morfologik siljishlarga bog`liq bo`ladi. Masalan, skelet muskullari va yurak muskulini gipertrofiyalanishi, harakat koordinasiyasining takomillashishi, harakat apparatidagi o`zgarishlar va hakozo.
Harakat malakasi va jismoniy sifatlarning takomillashishi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullanish, ularni takrorlash natijasida yuzaga keladi.
MUSKUL KUCHI VA UNI BELGILAYDIGAN BIOLOGIK OMILLAR
Kuch massa va unga berilgan tezlanish ko`paytmasidir. Muskul kuchi muskulning taranglanish darajasiga bog`liq bo`lib, u asosan muskul strukturasiga, muskul qisqarishida bo`ladugan biokimyoviy jarayonlarga va fiziologik omillarga bog`liq bo`ladi.
Eng avvalo shuni aytish kerakki, muskulning taranglanishi uning ko`ndalang kesimiga to`g`ri mutonosib (proporsional) bo`ladi, ya`ni muskul qanchalik yo’g’on bo`lsa, uning ko`ndalang kesimi qanchalik ko`p bo`lsa, u shunchalik kuchli qisqaradi va shunchalik ko`p kuch yuzaga chiqadi.
Muskul kuchi uning maksimal taranglanishida yuzaga kelgan kuch bo`yicha belgilanadi. U muskulning izometrik rejimda yoki eng ko`p yuk ko`targanda kuzatiladi. Muskulning izometrik rejim bilan qisqarishida yuzaga keladigan maksimal taranglik muskulning hamma tolalari ishga jalb etilishi natijasida sodir bo`ladi. Bunday sharoitda kuzatilgan kuch muskulning maksimal kuchi deb yuritiladi.
Muskulning maksimal kuchi muskuldagi tolalar soni, muskulning ko`ndalang kesimiga (yo`g`onligiga) bog`liq bo`ladi. Muskulning uzunligiga nisbatan ko`ndalang kesimi uning anatomik kesimini ifodalaydi. Muskulning maksimal kuchining bunday anatomik kesimiga nisbati muskulning nisbiy kuchi deyiladi, uni sm2 kg. (kg/sm2) hisobida o`lchanadi.
Muskul tolalarining uzunligiga nisbatan ko`ndalang kesimi muskulning fiziologik kesimi deb yuritiladi. Muskul maksimal kuchini uning fiziologik kesimiga nisbati muskulning absolyut kuchi deyiladi, u kilogramm bilan ifodalanadi. Har xil muskullar kuchini taqqoslab ko`rish uchun absolyut muskul kuchi belgilanadi. Uni aniqlash uchun muskul ko`tara oladigan eng katta og`irlikning barcha tolalari ko`ndalang kesimining sm2 bilan ifodalangan yig`indisiga bo`lish kerak. Odamda boldir muskulining 1 sm2 yuzasiga to`g`ri keladigan absolyut kuchi 5.9 kg. ni, chaynash muskullari uchun 10,0 kg. ni, uch boshli muskuli uchun 16,8 kg. ni, silliq muskullar uchun 1,0 kg. ni tashkil etadi.
Muskul kuchining yuzaga kelishida muskul tolalarining qanday yo`nalishda joylashishi ham ahamiyatga ega. Muskul tolalari joylashish bo`yicha parallel tolali, duksimon, patsimon turlarga bo`linadi. Tolalari parallel joylashgan muskullarning fiziologik kesimi ularning anatomik kesimiga teng bo`ladi. Odamda skelet muskullarining ko`pchilik qismida muskul tolalarining joylashishi patsimon, yilpig`ichsimon, qiyiq holatda bo`ladi. Shuning uchun ularning fiziologik kesimi anatomik kesimidan ancha ortiq bo`ladi (14-rasm), demak ularning kuchi ham yuqori. Shunday qilib kuchi bo`yicha tolalari patsimon joylashgan muskullar birinchi, undan keyin yarim patsimon muskullar, so`ngra duksimon va nihoyat tolalari parallel joylashgan muskullar keyingi tartibni egallaydi.
Bundan tashqari muskul kuchi uning funksional holatiga ish sharoitiga muskulga keladigan asab impulslarining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Muskul kuchi bajarilayotgan mashq ta`siri bilan ortadi, ochlik va charchash oqibatida esa kamayadi. Yosh kattalashganda oldinga orta boradi, keyin esa organizm qariy boshlashi bilan kamaya boradi.
Ixtiyoriy maksimal kuch va kuch yetishmovchiligi (kuch defisiti) haqida tushuncha. Kishi oxirgi imkoniyati bo`yicha qo`zg`ata oladigan yuk og`irligi uning ixtiyoriy maksimal kuchini ifodalaydi. Biroq ixtiyoriy maksimal kuchning bunday sharoitda yuzaga kelishida muskul maksimal darajada taranglanadi.

14-rasm. Muskullar tuzilishining sxemasi.


Tolalari parallel (I), duksimon (II) va patsimon (III) joylashgan muskullarning fiziologik (a) va anatomik (b) kesimi.
Maksimal darajadagi kuch bilan muskulning yuqori tezlikda qisqarishining qo`shilishi natijasida, ayniqsa qisqa masofalar bosib o`tilganda (maslan, 100, 200, 400 va 800 m ga yugurishda, 100 va 200 m.ga suzishda, trekda 1000 m.ga velosiped poygasiga qatnashish va hokozolarda) yuqori natijaga erishiladiki, bu hol g`oyat muhim ahamiyatga ega. Bosib o`tiladigan masofa ortgan sari harakat tezligi ham, kuch ham o`z ahamiyatini yo`qota boradi, ya`ni pasaya boshlaydi. Ixtiyoriy maksimal kuchning yuzaga chiqishida ayni ishni bajarishga jalb etilgan muskul guruhlaridagi tolalarning ma`lum qismi ishga jalb etilmaydi. Shuning uchun ham ixtiyoriy maksimal kuch muskulning absolyut kuchidan ancha kam bo`ladi.
Ixtiyoriy maksimal kuch bilan muskulning absolyut kuchu o`rtasidagi farq kuch yetishmovchiligi deb yiritiladi. Kuch yetishmovchiligi sportchilarga, ayniqsa yuqori malakali sportchilarga nisbatan sport bilan shug`ullanmaydigan kishilarda yuqori bo`ladi. Sport faoliyatida kuchini rivojlantiradigan mashqlar (og`irliklarni ko`tarish tashqi qarshilikni yengish va hokozolar) bilan muntazam shug`ullanish ixtiyoriy maksimal kuchning ortishiga olib keladi. Natijada ixtiyoriy maksimal kuch bilan muskulning absolyut kuchi o`rtasidagi farq kamayadi, ya`ni kuch yetishmovchiligi kamayadi. Bunday hodisaning yuz berishi muntazam mashq qilish oqidatida, bir tomondan ishga jalb etiladigan muskul guruhlarining gipertrofiyalanishi bo`lsa, ikkinchi tomondan muskullar ishining asab yo`li bilan boshqarilishining takomillashishi natijasidir. Muskullar ishini boshqarishning takomillashishi ulardagi tolalarni ko`proq jalb etilishini ta`minlaydi natijada muskul kuchining ortishi yuzaga keladi.
Maksimal ixtiyoriy muskul kuchini belgilaydigan faktorlarni asosan ikkita guruhga bo`lish mumkin.
Periferik (muskul) faktorlari;
Markaziy (asab) faktorlari.
Muskul kuchini periferik faktorlariga muskul qisqarishida ishtirok etadigan muskul tolalarining soni, bu muskul tolalarining turi (tez qisqaradigan, sekin qisqaradigan) ni nisbati, muskulning qisqarishidan oldingi uzunligi kabi omillar kiradi.
Markaziy faktorlarga muskullar ishini boshqaradigan, ularning koordinasiyasini ta`minlaydigan asab mexanizmlari kiradi.
Markaziy asab sistemasidan muskullarga yuboriladigan impulslar soni, ularning xususiyati, qo`zg`aladigan harakat birliklari, ularning o`zaro koordinasiyasi, ma`lum guruhdagi muskul tolalari, antagonist muskullar ishini tormozlash va shunga o`xshash hollar muskul kuchini yuzaga chiqishida muhim rol o`ynaydi. Muntazam mashq qilish natijasida muskullar gipertrofiyasi (ortiqcha ozuqalanish) natijasida ularning ko`ndalang kesimi ortadi, shu bilan birga, muskullar ishini boshqarish mexanizmi takomillashadi. Bu har ikkala omil ham muskul kuchini ortishiga olib keladi. Muskul kuchining ortishida, muskullarni ta`minlovchi simpatik asab tolalarining qo`zg`alishi ham muhim ahamiyatga ega. Charchash natijasida qisqarishi juda susaygan muskulning simpatik asab tolasi elektr toki bilan ta`sirlansa muskulning oziqlanishi, kuchayishi oqibatida charchagan muskul qaytadan ishini kuchaytiradi. Simpatik asab qo`zg`alishining muskulga bunday ta`sir Orbeli va Ginesinskiylar tomonidan aniqlangan bo`lib, uni Orbeli-ginesinskiy fenomeni deb yuritiladi.
MUSHAK GIPERTROFIYASINING TURLARI
Jismoniy mashq bilan muntazam shug`ullanish natijasida muskulda ko`ndalang kesimning ortishi ishchi gipertrofiya deb yuritiladi.
Muskullari gipertrofiyalangan kishilarda muskul to`qimasining massasi ortib boradi. Bunday sportchilarda gavda muskullari gavdaning 50 foizini tashkil etishi mumkin. Jismoniy ish ta`sirida yuzaga keladigan, gipertrofiya ikkiga ajratiladi: sarkoplazmatik va miofibrilli gipertrofiya. Sakroplazmatik gipertrofiya asosan muskul protoplazmasining ortishi hisobiga sodir bo`lib, bunda muskul kuchining ortishi kuzatilmaydi. Sakroplazmatik gipertrofiyada muskulning yo`g`onlashishi, muskul qisqarishida ishtirok etmaydigan oqsillar, glikogen, azotsiz, adenozinuchfosfat, keratin fosfat, myoglobin kabi moddalarning ortishi hisobiga bo`ladi.
Miofibrilli ishchi gipertrofiyada muskulning qisqarishini ta`minlaydigan qism miofibrillalarning soni va hajmining ortishi hisobiga bo`ladi. Gipertrofiyaning bu turi muskulda maksimal kuchning ortishiga olib keladi, muskulning absolyut kuchi ham ancha kamayadi. Biroq shuni eslatish kerakki, muskul kuchi hammadan ham irsiy faktorga ko`proq bog`liq bo`ladi, lekin nasl orqali berilgan bu imkoniyatni rivojlantirish mashq bilan shug`ullanishda ro`yobga chiqadi.

Ish sharoitida ayrim muskul gruppalarining kuchini o`lchash dinomometriya deb ataladi. U muskul kuchi optimal qisqarish sharoitida ko`tara olgan yuk miqdori bilan o`lchanadi. Muskul kuchi uning massasi va fiziologik ko`ndalang kesimga bog`liq, u asosan dinomometr bilan o`lchanadi.


Qo`l (panja) kuchi va gavdaning tilanish kuchini o`lchashda qo`l (panja) kuchini o`lchaydigan dinamometr va gavdaning tiklanish kuchini o`lchaydigan dinamometrdan foydalaniladi.
Qo`l dinamometri po`lat prujinadan yasalgan. Qo`l (panja) kuchini o`lchash uchun dinamometrni kaftga olib, barmoqlarni maksimal kuch bilan bukib qisiladi. Prujinaning qisilish darajasi daraja strelkasiga beriladi, strelka harakatlanib, kuchni kilogrammlarda ko`rsatadi. Gavdaning tiklanish kuchini o`lchaydigan dinamometr ham prujinadan yasalgan. Bu tajribani bajarish uchun gavdani egib turib, ikki qo`l bilan dinamometrning dastagidanj tutiladi va prujinani bor kuch bilan cho`zib (yozib), odam ko`tara oladigan yuk miqdori aniqlanadi. Gavdaning tiklanish kuchini o`lchashda dinamometrning qo`l bilan ushlangan dastadi tizza bo`g`imi balandligida bo`lishi kerak.
Odam muskuli kuchini o`lchash usuli bilan tanishish. Sinaluvchi odamning o`ng va chap qo`l (panja) barmoqlarining bukuvchi muskullari kuchi qo`l dinamometri bilan quyidagicha o`lchanadi, oldin sinaluvchi maksimal kuchlanish bilan bog`liq harakat mashqini bajaradi. So`ngra qo`liga dinamometr olib maksimal kuchlanish bilan 5 sekund dan oralatib uch marta qisadi va olingan eng yuqori ko`rstakich qayd qilinadi. Tajriba tugagach, o`ng va chap qo`l muskullari kuchi taqqoslanadi. Keyin gavdaning tiklanish kuchini o`lchaydigan dinamometr bilan egilgan gavdani tiklovchi muskullar kuchi aniqlanadi.
Download 0.54 Mb.




Download 0.54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: odam nerv-muskul apparatini sezuvchanligini tinch holatda va mashqdan keyin aniqlash

Download 0.54 Mb.