• .2. Inshoning pedagogik maqsadiga ko’ra turlari
  • I BOB. ONA TILI DARSLARIDA ILMIY INSHO YOZISH KO’NIKMASINI




    Download 45,89 Kb.
    bet2/5
    Sana07.12.2023
    Hajmi45,89 Kb.
    #113080
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ona tili darslarida ilmiy insho yozish ko’nikmasini rivojlantirish

    I BOB. ONA TILI DARSLARIDA ILMIY INSHO YOZISH KO’NIKMASINI
    RIVOJLANTIRISH METODIKASI.


      1. Inshoning shakliga ko’ra turlari.

    Zamonaviy milliy ta’limda sog’lom ma’naviyatni tarbiyalash bosh maqsad qilib belgilangani holda amalga oshirilayotgan ishlar hozircha yetarli ems edi. Botish ta’lim tizimining xususiyatlarini ko’r-ko’rona ko’chirish emas, ular erishgan yutuqlarning o’quvchi milliy xususiyatlari, ruhiy o’ziga xosligi, real jihatlariga mos keladigan tomonlarini o’zlashtirishgina samara berishi mumkin. Aks holda, chet el tarbiyashunosligidagi tashqi jihatlargina o’zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi. O’quvchining erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan mustaqil yozma ishlarni o’quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz oxirida olish bolalarning mustaqil fikrlashini o’stiradi. Shu bilan birga, ulardagi fikr mustaqilligining o’sishini nazorat qilishga imkon beradi.


    Sinfda asar mutolaasi davomida o’quvchilarga insho yozishda qo’l keladigan muhim so’z va iboralarni belgilab borishni o’rgatish ham maqsadda muvofiq bo’ladi. Bu narsa o’quvchilarni asarni o’qish davomida insho yozishga ruhan tayyorlaydi. Asar matnidagi muhimni nomuhimdan farqlashga o’rgatadi. Masalan, ,, Abdulla Qodiriyning ijodida men qadrlaydiganjihatlar “ mavzusida insho yozdirish uchun, avvalo, Abdulla Qodiriyning asarini o’quvchi sevib qola oladigan darajada tahlil qilish kerak. Asardagi o’quvchi qalbini titratadigan, jo’nbushga keltiradigan o’rinlarni kashf qildirish kerak. Mana shu kashfiyot o’quvchiga lazzat bag’ishlagan topildiqlargina adibni kitobxonga sevdiradi.
    Soʻnggi oʻn yillikda butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar va ularning taʼsir doirasi nihoyatda kengaydi. Bu jarayon, ayniqsa, yoshlarni tez fursatda oʻziga jalb qila oldi. Hozirgi kun yoshlari ham uyda oʻtirgan holda dunyoning istalgan burchagida sodir boʻlayotgbnan voqealarni onlayn kuzatish imkoniyatiga ega, yaʼni virtual borliq va olam insoniyatning ajralmas boʻlagiga aylandi. Jamiyatda sodir boʻlayotgan bunday oʻzgarishlar darsliklar masalasini qayta koʻrib chiqish zaruratini ham yaratdi. “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan gʻoya ostida amalga oshirilayotgan loyihalarni hayotga tatbiq etishda darsliklarning oʻrni beqiyos. Milliy darsliklar tizimini yaratish sohasida juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.
    Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-sinfi uchun yaratilgan ona tili darsligining toʻla yangilangan 5-nashri tom maʼnoda darslik yaratish sohasida yangilik boʻldi. Ushbu darslik taniqli tilshunos olimlar N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Sattorov, Sh.Toshmirzayeva va D.Mannopovalar tomonidan taʼlim tizimiga joriy etildi.
    Darslik nashr etilmasdan oldin uning mazmuniga boʻlgan munosabat ijtimoiy tarmoqlarda juda koʻp muhokama qilindi. Chunki maktablarda ona tili fani uchun ajratilgan soat avvallari 5 soat edi, yangi darslik asosida esa 4 soat hajmida
    belgilandi. Bu masalaning moddiy jihati. Bundan tashqari 170 soat hajmidagi axborotni 136 soatga qisqartirish koʻpchilikka imkonsizday tuyuldi.
    Lekin darslik nashr etilgach, bu muammolarning yechimi juda chiroyli topilgani, darslikka kiritilgan yangiliklar, yangi ruknlar, yangicha hikoyalar, yangi maʼlumotlar-u xabarlar barcha oʻqituvchilarga birdek yoqdi. Ayniqsa, darslik asosida oʻquvchilarga taʼlim bergan ustozlarning fikrlashlari va dunyoqarashlarida ham zamonaviylik sezilib turdi. Chunki darslik tamomila zamon bilan hamnafas.
    Oʻquvchining yoshi va psixologiyasiga mos ravishda toʻla yangilangan. Yangi darslikda fonetika, grafika, talaffuz va imlo meʼyorlari, leksikologiya, lugʻatshunoslik, punktuatsiya va ish qogʻozlari boʻlimlari mufassal yoritib berilgan.
    Morfologiya 6-7-sinflar, sintaksis boʻlimi 8-sinf ona tili darsligida mukammal yoritilgani sababli darslikdan chiqarib tashlangan. Bu esa oʻqituvchilarga ancha qulayliklar tugʻdiradi. Chunki 11-12 yoshli bola uchun buncha axborotni qabul qilish va uni yodda saqlab qolish jarayoni birmuncha qiyinchiliklarni yuzaga chiqarar edi.
    Eng birinchi yangilik bu – Komiljon va Donoxon obrazlarining darslikka kiritilishidir. Bola hatto bir oʻzi dars qilayotganida ham oʻzini yolgʻiz his qilmaydi.
    Donoxon va Komiljonning suhbatlaridan bola obrazli fikrlashni, oʻz fikrini analiz va sintez qilishni oʻrganadi. Badiiy tasavvur doirasi kengayadi. Darslikda berilgan hikoyalar ham ibratli. Oʻquvchini oʻz xatti-harakatlari, hayot tarzi haqida oʻylashga undaydi. Keksa qayiqchi va uning eshkaklari haqidagi qisqa hikoya oʻquvchiga hayotda eng muhim narsa bu insonning maqsadi va unga yetishish yoʻlida odam ishonch bilan hamisha olgʻa harakat qilishi kerakligi haqidagi oddiy haqiqatni
    obrazli tarzda ochib bergan. Darhaqiqat, bola bu yoshda ancha ulgʻayib, baʼzi oʻquvchilar oʻzlarini hatto kattalardek his qila boshlagan payt. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda bu kabi hikoyalar oʻquvchiga ijobiy taʼsir oʻtkaza oladi.
    Toshkent kuranti tarixiy-meʼmoriy yodgorligining yaratilish tarixi, insoniyat qoʻli bilan barpo etilgan turli gʻaroyib koʻpriklar, azim poytaxtimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshuvchi, atoqli shoir va yozuvchilarimiz xotirasiga bagʻishlab barpo etilgan “Adiblar xiyoboni” haqidagi matnlar oʻquvchilar ongida buyuk bunyodkorlik gʻoyalarining tugʻilishiga zamin yaratadi. Ularda ham noyob arxitektura namunalari loyihalarini yaratishga turtki boʻladi.
    Bugungi kunning eng global muammosi butun dunyoda sodir boʻlayotgan inson va tabiat oʻrtasidagi ziddiyatlar, odamlarning aralashuvi asosida tabiatda roʻy berayotgan noxush vaziyatlar, suv toshqinlari, sunamilar, dahshatli qurgʻoqchilik va ocharchilik oqibatida minglab yosh bolalarning bevaqt oʻlimi, havoga zararli gazlarning tarqalishi natijasida ozon qatlamining yemirilayotgani, Orol dengizi muammosi va uning oqibatida bizning jannatmakon yurtimizda ham choʻllashish jarayoni tezlashgani, Orolni asrab qolish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, chiqindilarni qayta ishlash jarayoni, oʻrmonlarning kesilishi, foydali qazilmalarning tobora kamayib borayotgani, insoniyatning kosmosni zabt etishga qaratilgan ishlarining foydasi va zararli jihatlari, odamzodning turli tajribalari, havoning global isishi natijasida yuzaga kelgan viruslar muammosi, ayniqsa, bugun butun dunyo aholisining diqqat markazidagi eng dahshatli vaziyat boʻlib qolmoqda. Bu borada dunyo bolalarining, xususan, Greta Tunbergning BMTda soʻzlagan nutqi diqqatga sazovor. Bu matnlarni oʻqir ekan oʻquvchi yoshlar tabiatga ehtiyotkorona
    munosabatda boʻlish, uni asrab – avaylash haqida yetarlicha tushunchaga ega boʻladilar. Tabiatni asrash haqida muhim taklif va mulohazalarni oʻrtaga tashlab, muammolarni yechish yoʻllarini izlab koʻradilar.
    Bolalar faqat muammolar bilan chegaralanib qolmaydi. Darslikda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ixtirolarning loyihalari haqida ham qiziqarli maʼlumotlar berilgan. Xususan, Navoiy bobomizning “Xamsa” asarida tasvirlangan robot, televizor, eskalator va lift haqidagi farazlari, Leonardo da Vinchining yaratgan roboti va qoʻlyozmalaridagi parashyut surati oradan ancha yillar oʻtgandan soʻnggina hayotga tatbiq etilgan. Bu esa ajdodlarimiz naqadar keng dunyoqarashga ega ekanligi va oʻz davri imkoniyatlaridan ancha ilgarilab ketganligini bildiradi.
    Darslikda asosan oʻquvchilarning imloviy savodxonligini oʻstiruvchi mashqlar berilgan. Kirill va lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida bola birdek yoza olishi uchun alohida mashq va topshiriqlar jamlanmasi havola etiladi. Yozuvlar tarixi mavzusidagi 117-mashq va Mustahkamlash darsidagi 4-topshiriqda kirill alifbosida maqol va hikmatli soʻzlar berilgan. Oʻquvchilar esa keltirilgan maqol va hikmatli soʻzlarni oʻzbek alifbosiga oʻgirib yozishlari kerak boʻladi. Masalan: Китобнингсониэмас, унингяхшисифойдакелтиради. (Цицерон, юнон) — Kitobning soni emas, uning yaxshisi foyda keltiradi. (Sitseron, yunon) Bu usulda bola nafaqat fikrlaydi, balki ikkala yozuv imkoniyatlarini bir – biriga solishtiradi. Ona tilimizdagi soʻzlarning imlosi va talaffuzidagi farqlarni anglab yetadi, iloji boricha soʻzni aniq va toʻgʻri talaffuz etishga oʻrganadi.
    Maʼlumki, 2021 yilning 16 mart kuni “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgandi. Unga koʻra, alifboda mavjud harf birikmalari: “sh” va “ch”, shuningdek, “oʻ” va “gʻ” harflarini diaktrik belgisiz harflar bilan almashtirish taklif etildi. Yuqoridagi kabi mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonida oʻquvchilar alifbodagi qulaylik va tilimizda mavjud tovushlarning alifbomizda qanchalik toʻliq aks etishi haqida bahs va munozaralar oʻtkazish imkoniga ega boʻladilar. Tilimiz va alifbomizning sinxron tarzda rivojlanishiga oʻz munosabatlarini bildiradilar.
    Yangi darslikda terminlar mavzusiga alohida urgʻu berilgan. Biz shu kungacha terminlarni kasb–hunarga oid va ilmiy terminlar sifatida oʻrgangan edik. Yangi darslikda esa internetga oid terminlar mavzusiga alohida dars soati ajratilgani quvonarli hol. Chunki hozirgi kunda nutqimizda juda koʻp uchraydigan, ammo ma’nosini chuqur anglamaydigan internetga oid atamalarimiz soni anchagina.
    Darslikda akkaunt, bloger, avatarka, fayl, mem, xeshteg, veb-sahifa, vebinar, dayjest kabi terminlarning maʼnolari aniq keltirilgan. Ularni bilish orqali biz nutqimizni ifodali, ta’sirli va aniq ifodalay olamiz.
    Darslikka qoʻshimcha taklif sifatida shuni aytmoqchimanki, takrorlash darslarida “Faqat bittasi” didaktik oʻyinidan foydalanish mumkin. Buning uchun oʻqituvchi sinf taxtasiga bitta harfini oʻzgartirish orqali yangi soʻzlar hosil qilish imkoniyati keng boʻlgan soʻz yozadi. Masalan: bosh soʻzi. Oʻquvchilar berilgan soʻzning faqat bitta harfini oʻzgartirib yangi soʻzlarni hosil qilishlari kerak. Bosh,
    qosh, tosh, yosh, dosh, fosh, mosh, boʻsh, besh, bor, boq… kabi. Eng koʻp soʻz topa olgan oʻquvchi ragʻbatlantiriladi.
    Bundan tashqari darslarda “Soʻzdan soʻz top” didaktik oʻyinidan foydalanish ham samarali natija beradi. Bu oʻyinda bir soʻzdan bir necha soʻzlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu oʻyin turi oʻquvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Berilgan soʻz tarkibidagi harflarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, bir necha soʻzlar hosil qilish mumkin. Demak, bu oʻyinni maʼlum bir mavzu bilan bogʻliq holda oʻtkazsa ham boʻladi. “Soʻzdan-soʻz top” oʻyinidan tilning barcha sathlarini oʻqitishda foydalanish mumkin. Jumladan, leksikologiya boʻlimida shakldosh, maʼnodosh, paronim va zid maʼnoli soʻzlar mavzularini oʻrganishda bu oʻyindan foydalanish mumkin. Buning uchun oʻqituvchi soʻzning shakl va maʼno munosabatiga koʻra turlarini keltirib chiqarish mumkin boʻlgan soʻzlarni tanlay bilishi va shundan keyin ularni oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilishi lozim. Masalan, kompyuterlashtirilgan soʻzini olaylik. Bu soʻzdan yosh, ter, kuy, yut, ot kabi shakldosh soʻzlarni keltirib chiqarish mumkin.
    Zid ma’noli soʻzlar mavzusida bu oʻyindan qisman foydalanish mumkin.Mavzu yuzasidan mashqlar ishlanib, kerakli tushunchalar berilgandan soʻng oʻquvchilarga qaragʻayzorlar, koʻzmunchoq soʻzlarini berib, antonim soʻzlari keltirib chiqarish topshiriladi.
    Qaragʻayzorlar soʻzidan oq-qora, koʻzmunchoq soʻzidan och-koʻk soʻzlarini hosil qilish mumkin. Bu oʻyin oʻquvchilarni sezgir, zukko va topqir boʻlishga odatlantiradi. Oʻyinda ishtirok etish uchun oʻquvchi mavzuni yaxshi oʻzlashtirgan
    boʻlishi lozim, aks holda, oʻyindan chiqib qoladi. Ana shuni oʻquvchi his qila borsa, unda ilmga qiziqish ham orta boradi.
    Zamonaviy yangilangan ona tili darsliklarining oldiga qoʻyilgan asosiy maqsad — grammatika faqat nazariya uchun emas, fikrning aniq va tushunarli,qisqa va loʻnda ifodalanishi uchun xizmat qilishidan iboratdir. Bu borada maktab darsliklarini tubdan yangilash va zamonga mos tarzdagi yangi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik, estetik, madaniy bilimlar bilan boyitilgan matnlarni darslik sahifalariga kiritish maqsadga muvofiqdir.
    Bugun zamon shiddat bilan rivojlanyapti. Shunday ekan, ona tili taʼlimi oldiga fanni oʻquvchiga qanday tushuntirish, qanday qilib uni amaliyotda qoʻllash kerak, degan savol koʻndalang boʻlib turibdi. Shundan kelib chiqib, ona tili taʼlimi oldiga mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini qoʻllash hamda ilm-fan va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, maʼnaviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash kabi vazifalar qoʻyildi.
    Umumiy oʻrta taʼlimning DTSlarida ona tili fanini oʻqitishning asosiy vazifalari sifatida:
    —oʻquvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun ona tili fani boʻyicha oʻzlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qoʻllash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;
    — oʻquvchilarning ona tilida ogʻzaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;
    —oʻquvchilarning oʻzlashtirgan bilimlari asosida oʻzini oʻzi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, koʻnikma va malakasini turli vaziyatlarda qoʻllay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish belgilab berilgan.
    Dunyo tajribalariga tayangan holda nashr qilinayotgan darsliklar bugun oʻquvchilarga mustaqil fikrlashga, matnni tinglab tushunish jarayoni bilan uzviy bogʻlangan holda grammatik bilimlarni ham innovatsion usullarga oʻrganishlariga zamin yaratmoqda. Masalan 7-sinf oʻquvchilari uchun nashr qilingan ona tili darsligi oʻquvchilarda lingvistik bilimlar bilan bir qatorda hayotiy zaruratga asoslangan matnlarni oʻrganishga majbur qilmoqda. Bunda oʻquvchilar beixtiyor mavzu asosidagi matnni oʻqishi va munosabat bildirishi, matnda notoʻgʻri qoʻllangan soʻzlarni topishi, maʼnosini topish uchun keyingi berilgan topshiriq orqali bajarib bilimini mustahkamlashi mumkin.
    Ona tili darsligida berilgan matnlar milliy qadriyatlarimizni oʻquvchilarga targʻib qilish bilan bir qatorda har bir inson bilishi amal qilishi, hayotda qoʻllay olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻlib boradi. Matnlarning audio va video shaklda taqdim qilinishi oʻquvchilarning faqat kitobni oʻqishga yoʻnaltirilib yangi hosil qilishdan yiroqlashishiga sabab boʻlmoqda. Oʻquvchilarni fanga yanada qiziqtirish namunasi sifatida mavzuga mos rasmlarning tanlanishi, mustaqil oʻqish uchun berilgan matnlar ham yangicha uslubda ilm olishga yoʻnaltiriladi.
    Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash
    jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
    Nutq oʻstirishda oʻqituvchilar quyidagi talablarga eʼtibor berishlari lozim:
    1. Oʻquvchilarni savolga “ha” yoki “yoʻq” deb emas, balki toʻla javob berishga oʻrgatish.
    2. Oʻquvchilarda darak, soʻroq, buyruq, undov intonatsiyalariga rioya qilish malakasini tarbiyalash.
    3. Nutqda ifodalilikka: pauza (toʻxtash), ohang va urgʻuga eʼtibor qilish.
    4. Oʻquvchining ruhiy holatini hisobga olgan holda nutq oʻstirish ishlarini tartibga solish.
    5. Nutqi va talaffuzida kamchiligi bor oʻquvchilarni guruhlarga boʻlib ishlash.
    6.Oʻquvchi nutqidagi kamchiliklarni tuzatishda pedagogik usullardan foydalanish.
    7. Namunali nutqni yozib olib, oʻquvchilarga eshittirish.
    Nutqiy kompetensiya — tinglab tushunish, soʻzlash, oʻqish, yozish koʻnikmalari orqali belgilanadi. Darslik asosida tayyorlangan multimedia vositalari ham oʻquvchilarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirib kundalik faoliyat davomida maqsadli qoʻllay olishga yoʻnaltiriladi. Masalan, 7-sinf darsligida berilgan “Kelajak kasblari” mavzusi asosida berilgan matnlar oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish, kasb tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak degan savollarga javob topishga undaydi.
    Audiomatnlarni diqqat bilan eshitgan oʻquvchi mavzu asosida berilgan savollarni qiyinchiliksiz javobini topa oladi. Mavzu asosida berilgan savollar oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga ham oʻrgatib boradi. Lingvistik kompetensiyalar
    — grafika, orfografiya, fonetika, leksika, grammatikaga oid bilimlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.Darslikda soʻzlarni toʻgʻri yozishga yoʻnaltirilgan topshiriqlarda oʻquvchilarning imloviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor beriladi. Soʻzlar imlosini topishga undaydigan topshiriqlarda soʻzlarning faqat notoʻgʻri shaklda berilishidan voz kechilib toʻgʻri shaklda yozilgani ham taqdim qilinib oʻquvchilarni yanada topqir boʻlishga, zamin yaratadi.
    Soʻzlarni maʼnosini izohlash, maʼnolarini oʻquvchiga tez qabul boʻlishi uchun darslikdan oʻrin olgan matnlar, moslashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar oʻquvchilar lugʻat boyligini oshirishga xizmat qilmoqda.
    Ona tili darsliklari bugungi zamon bilan hamfikr yoshlarni tarbiyalashda beminnat yordamchidir. Oʻqituvchilardan darslik mazmunini oʻquvchilarga tushintirib, anglatib borish, vatanparvar, salohiyatli qilib tarbiyalash, matnlarni tahlil qilish, tahlil jarayonida grammatik bilimlarni rivojlantirib borish, oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish muhim vazifalardan hisoblanadi.

    1.2. Inshoning pedagogik maqsadiga ko’ra turlari


    Insho muallif tomonidan ijod etiladi, yaratiladi. Insho yozishda muallifdan fikr-mulohazalarini mantiqan izchil va badiiy jihatdan maqsadga muvofiq tarzda, adabiy


    til me’yorlariga amal qilgan holda bayon etish talab qilinadi.
    Insho mustaqil yaratiladigan o„ziga xos ijod mahsuli b’lib, o’quvchi
    faoliyatining eng murakkab ko’rinishi hisoblanadi.
    Inshoda o’quvchining o’zligi namoyon bo’ladi. Uning tafakkuri, dunyoqarashi,
    narsa, voqea-hodisalarga, o’zgalarga, jamiyatga munosabati, axloqiy-ma‟naviy
    saviyasi, mustaqil turmushga tayyorgarlik darajasi aks etadi. Boshqacha aytganda
    insho o„quvchining qiyofasini o‟zida aks ettiruvchi ko‟zgudir. Insho o„quvchining
    ijodiy fikrlash darajasi, dunyoqarashi, adabiy til me’yorlarini nutqiy vaziyatlarda
    qo„llash imkoniyatlarini belgilovchi asosiy mezondir.
    Insho tez fursatda o’rganiladigan yoki o’zlashtiriladigan yozma ish turi emas.
    Insho yozish ko’nikmalariga qisqa muddatda ega bo’lish qiyin, albatta. Yaxshi, har
    tomonlama maqsadga muvofiq insho ko’p yillik faoliyat mahsuli sifatida namoyon
    bo’ladi. Avvalo, ko„p mutolaa qilish, imlo lug’atlari, izohli lug’atlardan boxabar
    bo’lish, atroflicha bilimga ega bo’lish talab darajasida yoziladigan insholarga zamin yaratadi.
    Insho belgilangan maqsadiga ko’ra ikki xil bo’ladi: ta‟limiy insholar va sinov
    insholari. Ta‟limiy insholar – sinfda yoki uyda o’quvchi tomonidan
    yozilib, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to’g’ri bayon qilishga qaratiladi.
    Bunday insholarda biror yozuvchi yoki shoir ijodi, asarlari mazmuni,
    mavzu doirasi, badiiy ahamiyatini o’zlashtirish, o’quvchida fikrlash ko’nikmalari,
    qaror qabul qilish tezligi, voqelikka, shaxslarga, narsa-hodisaga baho berish
    malakasini shakllantirish maqsadi qo’yiladi. Ta’limiy insholar ham baholanadi, lekin bunday insholar bilimni aniqlashga emas, bilim berishga yo’naltiriladi.
    Sinov insholari o’rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko’nikma
    va malakalarini sinash hamda baholash uchun muayyan mavzular tugagandan so’ng, choraklar yoki o’quv yili oxirida nazorat ishi sifatida, davlat attestatsiyalarida, olimpiadalarda, ijtimoiy-gumanitar sohalarga doir tanlovlarda o’tkaziladi. Sinov insholari olingan bilim, ko’nikma va malakani baholashga xizmat qiladi.
    Insholar mazmun-mohiyatiga ko’ra ikki xil bo’ladi;
    1.Adabiy mavzudagi insho ta‟lim dasturida qayd qilingan, dars jarayonida
    O’tilgan mavzular asosida yoziladigan, darslar va darsliklardagi ma’lumotlarga
    O’quvchining munosabati, shaxsiy fikrlari ifodalanadigan, ijodiy yondashuv asosidagi
    yozma ishdir. Adabiy mavzudagi inshoda muayyan yozuvchi, shoirning hayoti va
    ijodi, qahramonlar xarakteri, fe’l-atvori, faoliyati, taqdiri tahlil qilinadi, ijodkor
    faoliyati, asarlariga doir umumiy ma’lumotlar bayon etiladi, badiiy asar mazmuni,
    g’oyasi hamda undagi qahramonlar xarakterini, taqdirini yoritishda, tahlil qilishda
    o„quvchining mustaqil yondashuvi aks etadi. Ijodiy yondashuv, mustaqil fikr
    inshoning zarur shartlaridan biridir. Adabiy mavzudagi insholar matn asosidagi
    insholar deb ham yuritiladi.
    2. Erkin mavzudagi insho adabiyot fani dasturida qayd etilmagan, ijtimoiy
    hayotning muhim masalalari, milliy qadriyatlar, urf-odat, an’analar, davr mafkurasi,
    yoshlar faoliyati bilan bog’liq axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda yoziladi.
    O„quvchining ma‟lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy
    dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi, ijodkorlik qobiliyatini, his-tuyg’ularini namoyon qilishga qaratilgan insholar erkin mavzudagi insholardir.
    Adabiy va erkin mavzudagi insholar bir-biridan, avvalo, asoslaniladigan
    manbasi bilan farq qiladi. Adabiy insholarning manbayi adabiy asarlar bo’lsa, erkin
    insholarning manbayi serqirra hayot, o’quvchilarning kuzatishlari va taassurotlari
    bo’lishi mumkin
    Pedagogik maqsadiga ko’ra insholar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:
    1. Ta’limiy insholar.
    2. Nazoratga qaratilgan insholar.
    3. Ko’rik-tanlov insholari
    Ta’limiy insholar – insholarning asosiy qismini tashkil etadi. Bunday insholar,
    asosan, o’qitishga qaratilgan, o’rgatishni maqsad qilgan insholardir.
    Nazoratga qaratilgan insholar katta bo’limlar o’rganilgandan keyin yoki
    chorak va o’quv yili oxirida o’tkazilishi mumkin. Ular, asosan, o’quvchilarning
    egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida o’tkaziladi.
    Ko‘rik-tanlov insholari – sinf yoki maktab doirasidagi ko’rik-tanlov, ma’lum bir
    nomdagi tanlov g’oliblarini aniqlash maqsadida, fan olimpiadalari bosqichlarida
    o’tkaziladi.
    Har uchala insho turlari bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Ta’limiy insholar
    ayni vaqtda nazorat uchun xizmat qiladi. Har qanday nazorat qilishga qaratilgan
    insho ta’limiy maqsadni ko’zlaydi. Ko’rik-tanlov uchun yozilgan insholar ham
    ta’limiy, ham tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo’ladi.
    Mavzu tanlash, asosiy g’oyani belgilash, material yig’ish, reja tuzish, shu asosda
    To’plangan materialni saralash, fikrni muayyan izchillikda bayon qilish, yozilgan
    matnni qayta ishlash va takomillashtirish kabi vazifalar barcha turdagi insholar uchun
    xosdir. Insho mavzusini shakllantirish va tanlash.
    Mavzu arabcha so’z bo’lib, joylashtirilgan, to’qib chiqarilgan kabi
    Ma’nolarni anglatadi. Insho mavzusi o’qituvchi tomonidan yoki muvofiqlashtirilgan
    kengash, o’quv-uslubiy birlashma tomonidan tanlangan va muhokama qilib
    tasdiqlangan bo’lishi kerak. Insho mavzusini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish
    lozim:
    1. Adabiy mavzudagi insholarda yozuvchi, shoir faoliyatining asosiy jihatlari
    qamrab olinadi. Erkin mavzular esa davrning muhim masalalariga
    bag’ishlangan, o’quvchilar qalbida ezgulik tuyg’ularini shakllantirishga
    qaratilgan bo’lishi talab etiladi.
    2. Mavzu har qanday subyektiv yondashuvdan xoli bo’lmog’i lozim.
    3. Mavzu o’quvchilarning yoshiga, saviyasiga mos bo’lishi, ularning orzu-umidlari, qiziqishlarini aks ettirishga xizmat qilishi lozim.
    Insho mavzusini to’g’ri belgilashdan boshlanadi. To’g’ri tanlangan mavzu
    inshoning muvaffaqiyatli chiqishi uchun tanlangan ilk qadamdir. Mavzu tanlashga
    o’rgatish uchun berilgan matnni bir necha mustaqil qismga ajratish va ularga sarlavha
    topish, bir matnga bir necha sarlavha topish topshiriladi.
    Inshoda yoritilgan fikrlar mavzuga mos kelishi va uning
    mazmunini to’la qamrab olishi lozim. O’quvchi mavzu talabini
    to’g’ri anglay olishi nazor.
    Ta’limiy insholar – insholarning asosiy qismini tashkil etadi. Bunday insholar,
    asosan, o„qitishga qaratilgan, o„rgatishni maqsad qilgan insholardir.
    Nazoratga qaratilgan insholar – katta bo„limlar o„rganilgandan keyin yoki
    chorak va o„quv yili oxirida o„tkazilishi mumkin. Ular, asosan, o„quvchilarning
    egallagan bilim, ko„nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida o„tkaziladi.
    Ko‘rik-tanlov insholari – sinf yoki maktab doirasidagi ko„rik-tanlov, ma‟lum bir
    nomdagi tanlov g„oliblarini aniqlash maqsadida, fan olimpiadalari bosqichlarida
    o„tkaziladi.
    Har uchala insho turlari bir-biri bilan chambarchas bog„liqdir. Ta‟limiy insholar
    ayni vaqtda nazorat uchun xizmat qiladi. Har qanday nazorat qilishga qaratilgan
    insho ta‟limiy maqsadni ko„zlaydi. Ko„rik-tanlov uchun yozilgan insholar ham
    ta‟limiy, ham tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo„ladi.
    Mavzu tanlash, asosiy g„oyani belgilash, material yig„ish, reja tuzish, shu asosda
    to„plangan materialni saralash, fikrni muayyan izchillikda bayon qilish, yozilgan
    matnni qayta ishlash va takomillashtirish kabi vazifalar barcha turdagi insholar uchun
    xosdir. Insho mavzusini shakllantirish va tanlash.
    Mavzu arabcha so’z bo‟lib, “joylashtirilgan”, “to’qib chiqarilgan” kabi
    ma‟nolarni anglatadi. Insho mavzusi o’qituvchi tomonidan yoki muvofiqlashtirilgan
    kengash, o„quv-uslubiy birlashma tomonidan tanlangan va muhokama qilib
    tasdiqlangan bo„lishi kerak. Insho mavzusini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish
    lozim:
    1. Adabiy mavzudagi insholarda yozuvchi, shoir faoliyatining asosiy jihatlari
    qamrab olinadi. Erkin mavzular esa davrning muhim masalalariga
    bag„ishlangan, o„quvchilar qalbida ezgulik tuyg’ularini shakllantirishga
    qaratilgan bo’lishi talab etiladi.
    2. Mavzu har qanday subyektiv yondashuvdan xoli bo’lmog’i lozim.
    3. Mavzu o’quvchilarning yoshiga, saviyasiga mos bo’lishi, ularning orzu-umidlari, qiziqishlarini aks ettirishga xizmat qilishi lozim.
    Insho mavzusini to’g’ri belgilashdan boshlanadi. To’g’ri tanlangan mavzu
    inshoning muvaffaqiyatli chiqishi uchun tanlangan ilk qadamdir. Mavzu tanlashga
    o’rgatish uchun berilgan matnni bir necha mustaqil qismga ajratish va ularga sarlavha topish, bir matnga bir necha sarlavha topish topshipiladi.
    Inshoda yoritilgan fikrlar mavzuga mos kelishi va uning
    mazmunini to’la qamrab olishi lozim. O’quvchi mavzu talabini
    to’g’ri anglay olishi kerak. Inshoda, albatta, mavzuga mos ravishda asos, ziddiyat, taqqoslash, misol, isbot
    Bo’lishi talab etiladi.
    Ko’p hollarda sinov uchun biz insho mavzularini turli variantlar asosida tashkil
    etamiz. Bu hol ko’chirmachilikni oldini oladi, albatta. Lekin o’quvchilar qobiliyati,
    iqtidorini teng baholashga to’sqinlik qiladi. Bir xil mavzuda insho yozdirish esa
    yozma ishlarni to’g’ri baholashga yordam beradi.
    Insho rejasini tuzish.
    Insho mavzusi aniqlab olingach, mazkur mavzu asosida insho rejasi tuziladi. Reja
    – ish-faoliyatni tartibga solish, amalga oshirish rejimidir. Reja forscha-tojikcha
    So’zdan olingan bo’lib, “kir yoyiladigan ip”, “arqon”, “saf”, “qator” kabi ma’nolarni anglatadi, biror ishni tartibi bilan va o’z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq mo’ljal, belgili tartib, qoida, o’lchovni bildiradi.
    Tuziladigan reja insho mazmunini o’zida to’la-to’kis namoyon etishi darkor.
    Reja inshoning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
    Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko’rinishda bo’ladi.
    Inshoga epigraf tanlash.
    Insho rejasi tuzib olingach, mavzuga har tomonlama mos keladigan muqaddima so’z
    (epigraf) tanlab olinadi. Inshoning mazmuniga mos keluvchi hikmatli so’z, maqol,
    ibora, yoki fikrlar epigraf deyiladi. Epigraf yunoncha so’zdan
    olingan bo’lib, “ustidagi”, “yozuv” kabi ma’nolarni ifodalaydi.
    Epigraf rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o’ng chetiga yoziladi.
    Epigraf sifatidagi matndan so„ng mazmuniga ko’ra nuqta, so’roq, undov belgilaridan
    biri qo’yiladi, muallif qavs ichida ko’rsatiladi, qavsdan so’ng tinish belgi
    qo’yilmaydi.
    Insho yozish jarayoni quyidagi ikki bosqichni o‘z ichiga oladi.
    1. Inshoning qoralama (xomaki) nusxasini tayyorlash.
    2. Uni oqqa ko‘chirib yozish. Inshoning qoralama nusxasi ishning dastlabki bosqichi
    bo‘lganligi uchun unda o‘chirilgan, so‘zlarning o‘rni almashtirilgan, jumlalar
    tuzatilgan o‘rinlarning bo‘lishi tabiiy. Qoralama nusxadagi bunday tuzatishlar ish
    tekshirilayotganda xato hisoblanmaydi va ular hisobga olinmaydi. Insho tekshiruvchi,
    hatto ba’zi bir paytlarda oq nusxadagi jumlalarning g‘alizligini aniqlashtirish
    maqsadida qoralama nusxaga uni solishtirishi, agar unda jumla to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa, oq nusxadagi xatoni hisobga olmasdan ketishi ham mumkin. Bu esa amaldagi qoidalarga muvofiq bo‘ladi. Qoralama nusxada ham insho uchun reja tuziladi. Fikrlar izchillik asosida, aniq va lo‘nda shakllarda bayon qilinadi. Qoralama nusxani haddan
    tashqari bo‘yab, inshoni o‘ta e'tiborsizlik bilan yozish maqsadga muvofiq emas.
    Xomaki nusxani yozishda quyidagi holatlarga diqqatni qaratish tavsiya etiladi.



    Download 45,89 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 45,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I BOB. ONA TILI DARSLARIDA ILMIY INSHO YOZISH KO’NIKMASINI

    Download 45,89 Kb.