Fayl kengaytmalari va fayl formatlari
Amazon Web Services ishga tushirish va ma'lumotlarni ko'chirishni, zaxiralashni va ofatlarni tiklashni kuchaytirish uchun CloudEndure boshlang'ich dasturini sotib oladi ...
standart BC/DR shablon odatda ob-havo, uskunaning ishdan chiqishi va yong'inlarni o'z ichiga oladi. So'nggi yillarda ko'proq tashkilotlar ...
nomini olishmoqda
Masofaviy avtoulov diagnostikasi AsTech provayderi o'zining mahalliy ma'lumot markazi uchun juda katta bo'lib qolganda, u ... bilan 6-raqamli kolokatsiyaga aylandi.
Kvant zaxira qurilmasi DXi4800 va DXi9000 seriyalari qo'shilishi bilan yangilanadi. Ammo sotuvchi qolmoqda ...
Bitta ishchi muhit va yaxshilangan bulut qo'llab-quvvatlashning afzalliklari ushbu tizimga o'tish bilan bog'liq xarajatlardan oshib ketadimi ...
2018-ning zaxira va falokatlarni tiklash dasturi finalchilari, o'rnatilgan o'yinchilar bilan birgalikda musobaqada yangi sotuvchilarni namoyish etadilar. ...
Giper-konvertatsiya qilingan infratuzilma rivojlanayotgan resurslarni ochadigan AI ish yukining ortib borayotgan talablarini qondirish uchun rivojlanmoqda. AI, o'z navbatida ...
Notijorat Detroyt simfonik orkestri uch yadroli Scale Computing HC3 giper-konvergentsiyasi bilan ma'lumot infratuzilmasini yangiladi ...
Tarmoq operatsion tizimlari va ularning qiyosiy xaraktеristikasi
Reja:
1. NetWare va Windows NT tarmoq operatsion tizimi oilasi
2. UNIX operatsion tizimlar oilasi
“Qaysi tarmoq OT lari yaxshiroq” degan savol har doim, kompyuterga
tegishli gazeta va jurnallarda juda ko‘p muhokama qilinadi.
Kimdir Windows NT – eng ideal ilovalar serveri deydi, m-n, Bill Geyts
“Windows NT – UNIX” ning, UNIX ga qaraganda eng yaxshi varianti degan.
Har bir o‘z fikrini bildirayapgan mualliflar, o‘quvchilarning hammasida
narhi qimmat qurilmalar bir degan ishonch bilan gapiradilar.
Biz esa amaliy tajribalardan kelib chiqqan holda, asosiy tarmoq OT larini
ya’ni Novell Netware 4.1, Microsoft Windows NT Server 4.0 va UNIX OT larni,
ularni adminstrlash va real ko‘p platformali geterogen platformada ishlatish
xususiyatlariga asoslanib, ularning asosiy siyosiy xarakteristikasini beramiz.
Albatta, bu OT lardan boshqa OT lar ham ko‘p, ammo biz o‘zimizda, SNG
davlatlari va Rossiyada ko‘proq foydalanilgan shu OT larni misol qilib oldik.
Albatta, bu OT larning ham turli versiyalari mavjud, ba’zi hollarda ularni ma’lum
ilovalar bilan ishlatish mumkin va x.k.lardir, ammo biz ularning umumiy
xarakteristikasi bo‘yicha taqqoslaymiz. Va eng umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha
ularni ko‘rib chiqamiz.
OT lar asosiy xarakteristikalari
Bu uchchala OT lar ko‘p masalalidir. Ammo Netware da ko‘p masalalik-
kooperativdir, shu bilan bir qatorda, jarayonlar serverda tizim yadro rejimida
bajariladi (ya’ni jarayonlar xotirasi ximoyasi yo‘qdir).
Bu xususiyat esa o‘z navbatida bu tizimni, ilovalar serveri sifatida qo‘llashni
xavfli qilib qo‘yadi, chunki ixtiyoriy noto‘g‘ri yozilgan ilova serverni “osib”
qo‘yishi mumkin. Shu bilan birga aynan shu xususiyat, OT ni yuqori darajada
unumdorlikka erishishiga olib keladi, chunki bu xossa jarayondan jarayonga
o‘tishda, foydalanuvchi rejimidan yadro rejimiga o‘tishda va teskarisida ham
xarajatlarni kamaytiradi va tez o‘tishga imkon beradi, natijada tizim katta tezlikda
ishlaydi. Bir xil sharoitda, Netware Windows NT yoki UNIX ga nisbatan yuqori
unumdorlikka ega.
Uchchala OT ham simmetrik, ko‘protsessorli ishlov berishni quvvatlaydi
(SMP) ammo bu xususiyat Netware uchun muhim emas, shuning uchun ham buni
faqat sertifikatsiyalangan serverlarning tor doirasida ishlatiladi. Albatta
ko‘protsessorli ishlov berishni Windows NT yoki UNIX uchun qo‘llash qulay,
ya’ni shuni ta’kidlash mumkinki, UNIX ning ko‘p versiyalari, o‘nlab protsessorli
serverlarda a’lo darajada ishlaydi, ularning masshtablashtirilganli Windows NT ga
nisbatan yuqori.
UNIX asosidagi klaster tizimlari ham o‘zlarini yaxshi ko‘rsatganlar, ammo
bu uchun UNIX ning hamma versiyalari ham yaray bermaydi. Windows NT uchun
klaster tizimi tugallangan emas. Netware to‘liq apparat qat’iylikni ta’minlaydi.
(SFT III), Windows NT da bunday o‘xshash imkoniyat yo‘q, (bunday xususiyat
individual bo‘lib, apparat ta’minotga bog‘liq bo‘lsa ham) Buzilishlarga qat’iylik
uchun namuna albatta – meynfreymlardir.
OT xavfsizligi
Netware 4.1 C2 sinfi xavfsizlik talablariga javob beradi (tarmoq
konfiguratsiyalariga qo‘yiladigan (“krasnaya kniga”)), Windows NT 3.5 – esa
ishchi stansiyalar uchun S2 sinfi (“oranjevaya kniga”).
Microsoft, Windows NT ni ham “oranjevaya kniga” ham “krasnaya kniga”
bo‘yicha S2 sinfiga mosligini sertifikatsiya qilingan.
Hamma zamonaviy UNIX tizimlarda, yo asosda, yoki qo‘shimcha modul
asosida S2 xavsizlik sinfiga mos keladi (ishchi sinflar uchun) ba’zi va hollarda
yuqori sinfiga ham mos keladi. UNIX ning ba’zi versiyalari, S2 ning S2 sinfiga
ham mos keladi.
Windows NT da S2 sinfi talablarini qo‘llash yadro daajasida amalga
oshirilgan. Bu esa, ba’zi ekspertlarga, Windows NT UNIX ga nisbatan yuqoriroq
xavfsizlik darajasini ta’minlaydi deb hisoblashiga asos bermoqda. Ammo bu unday
emas. Agar tizim sertifikatsiya qilingan bo‘lsa, boshqa so‘z bo‘lishi mumkin emas.
Ko‘p foydalanuvchili rejim
UNIX ning jiddiy ustunligi, Windows NT va Netware da bo‘lmagan ko‘p
foydalanuvchilikni qo‘llashdir.
Bitta UNIX – mashinaga, xatto ShK asosida bo‘lsa ham, o‘nlab alfavit
raqamli terminallarni ulash mumkin. Bu nima uchun kerak? Masalan, transport
agentligini olaylik (poezd yoki avtobuslar uchun bitta sotuvchi, yoki aholidan
jamg‘arma qabul qiluvchi bank). Microsoft nuqtai-nazaridan hamma shunday
jroylarni Windows li ShK lar bilan jixozlash kerak., va ularga MBBT o‘rnatib,
(albatta MS SQL Server), klient-server rejimida ishlaydigan tarmoq o‘rnatish
kerak. Ammo bunday ish joylariga grafik interfeys tez tarmoq kanallari va yuqori
unumdorlikka ega bo‘lgan ShK kerak emas. Albatta bu juda chiroyli, ammo bu
ratsional emas, bu tejamli emas. Bunday joylarda, UNIX mashina qo‘yib, sekin
asinxron kanallari orqali qimmat bo‘lmagan alfavit-raqamli terminallar qo‘yish
arzon tushadi. Bunda, klient server arxitekturali murakkab tarmoq kerak emas.
Agar terminallar juda ko‘p talab etilsa, u holda meynfreym sotib olish qulay
(anchayin arzon narhda). Yaxshi meynfreym yuzlab, xatto minglab terminallarni
tortishi mumkin.
Tarmoq grafik interfeysi bilan ish boshqachadir. Ochiq tizimlar olamida
grafik interfeysni tarmoqda qo‘llovchi uchun XWin.System standart hisoblanadi.
Bu tizimda, topshiriq bajariluvchi tizim X-klient deb ataladi. Ma’lumot
kiritiladigan qurilma (ShK yoki X.terminal) X-server deyiladi. Bunda X-klient va
X-server bitta kompyuterda, yoki har xil, ba’zan mutanosib bo‘lmagan
kompyuterlarda amalga oshiriladi. XWin System tizimlari aniq OT dan mustaqil
yaratilgan bo‘lsa ham uni har OT larda amalga oshirish katta farq qiladi. Bu tizim,
asosan UNIX tizimlariga mo‘ljallangan, va ko‘pgina kengaytmalariga ega, bu esa uni imkoniyatini oshiradi.
.
Zamonaviy operatsion tizimlar
|