Mavzu: Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows os va uning avlodlari Reja




Download 31,17 Kb.
bet7/8
Sana11.02.2024
Hajmi31,17 Kb.
#154562
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-Mavzu O.T va ularning turlari
Mavzu Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari Fan (1), 13-mavzu M.Office iqtisodiy funksiyalar, 6-Mavzu WINDOWS OS standart dasturlari
WINDOWS VISTA 2006 yilning 30 noyabrida Windows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy yaxshilangan tomonlari orasida viruslarga qarshi himoya va Aero grafik interfeysini qayd etish mumkin. Mazkur OTni operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda parolni kiritish va kompyuter qaroqchiligi huquqidagi murakkab tizim tufayli tanqid qilishgan. Sotuvlar boshlanganidan bir oy o‘tgach, 20 million nusxa talqiniga qarab 199 dan 399 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.
WINDOWS 7 2009 yilning 22 oktabrida Windows 7 OT savdoga chiqarildi. Unda Vista’dagi kamchiliklar bartaraf etilgan va interfeys yaxshilangan. Dastlabki narxi – 159,99 dan 319,99 AQSh dollari qiymatida. Ikki yil ichida 450 millondan ortiq nusxalar sotildi. NetMarketshare ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning noyabrida dunyodagi barcha kompyuterlarning 55,71 foizida o‘rnatilgan.

WINDOWS 8  2012 yilning 26 oktabrida Microsoft Windows 8 OTni ishga tushirdi. Unda “Pusk” tugmasidan voz kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib, ekrandagi “plitka” elementlari ko‘rinishida "Metro" muhitiga almashtirishga qaror qilindi. Mazkur talqin oddiy kompyuterlarga qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi Windows 8.1 da bartaraf etildi. Dastlabki olti oy ichida 100 milliondan ortiq nusxasi sotildi. Ilk narxi 14,55 dan 199,99 AQSh dollarini tashkil etgan. 2015 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, 10,68 foiz shaxsiy kompyuterlarda undan foydalanilmoqda.
WINDOWS 10 2015 yilning 25 iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar – serverladan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun "Pusk" menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta'kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga bepul “apgreyd” ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSh dollari qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94 foizni tashkil etmoqda.
Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
-fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
-dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
-xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
-foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar – MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.
Red Hat (Inglizcha Red Hat—"Qizil Shlyapa") AQSH kompaniyasi bo'lib, Linux erkin operatsion sistemasida asoslangan yechimlar ishlab chiqaradi. Kompaniya 1993 yilda asos solingan bo'lib, hozirgi kunda 1700 dan ortiq hodimlari va dunyo bo'ylab 27 ta ofisi bor. Boshshtabkvartirasi Roli (shimoliy Kaliforniya, AQSH) shahrida joylashgan.
2002 yilgacha Red Hatning asosiy mahsuloti Red Hat Linux operatsion sistemasi edi, 2002 yilning mayida Red Hat Linux Advanced Server 2.1 (keyinchalik Red Hat Enterprise Linux AS 2.1 nomiga almashtiriladi) yangi korporativ operacion sistemasini taqdim etishdi.

Download 31,17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 31,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows os va uning avlodlari Reja

Download 31,17 Kb.