Mavzu: Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish




Download 0,76 Mb.
bet1/4
Sana11.07.2024
Hajmi0,76 Mb.
#267373
  1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter xotira qurilmalari haqida





Mavzu: Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish.
Reja

1.Xotira tushinchasi va turlari.


2.Xotirani boshqarish.
1.Xotira tushinchasi va turlari.


  • Xotira - bu operatsion tizim tomonidan ehtiyotkorlik bilan boshqarishni talab qiladigan muhim manba.



  • Dastlabki operatsion tizimlarda xotirani boshqarish oddiygina dastur va uning ma’lumotlarini qandaydir tashqi xotira qurilmasidan (magnit lenta, magnit disk) xotiraga yuklashdan iborat edi. Ko'p dasturlashning paydo bo'lishi bilan OTga mavjud xotirani bir vaqtning o'zida bir nechta bajaruvchi dasturlar o'rtasida taqsimlash bilan bog'liq yangi vazifalar berildi.



  • Xotirani boshqarishning barcha usullarini ikkita sinfga bo'lish mumkin: operativ xotira va disk o'rtasidagi jarayonlar harakatidan foydalanadigan usullar va foydalanmaydigan usullar.

Xotira va uning turlari.
Doimiy xotira ROM(Read Only Memory)- faqat o`qish uchun.
Bunda, berilganlar (standart dasturlar) unga avvaldan xotira mikrosxemasiga ishlab chiqarilgan zavodida joylashtirilgan bo`ladi va berilganlarni o`zgartirish talab qilinmaydi. Bunday xotiradan faqat unda saqlanayotgan ma’lumotlarni o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. ROM da kompyuter o`chirilganda ham ma’lumotlar saqlanadi. IBM PC kompyuterlarida bu xotira kompyuter jihozlarining ishlashini tekshirish, operatsion tizimning boshlang`ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Kompyuter ishga tushganda uning tezkor xotirasida hech qanday ma’lumot bo`lmaydi, chunki yuqorida takidlaganimizdek tezkor xotirada kompyuter o`chirilganidan so`ng hech qanday ma’lumot saqlanmaydi. Lekin, kompyuter ishga tushganidan protsessorga buyruq kerak. Shuning uchun protsessor unga ma’lum bo`lgan maxsus boshlang`ich manziligamurojaatqiladi, ya’ni birinchi buyrug`iga. Bu manzil ROM yoki doimiy xotiradir. Doimiy xotiradagi dasturlar majmuyi BIOS (Basic Input Output) kiritish/chiqarish tizimning bazasini tashkil qiladi. Tezkor xotira modullarining asosiy xarakteristikasi quyidagicha: xotira hajmi; murojaat vaqti.
Tezkor xotira(RAM – Random Access Memory) – ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan)
Kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalnibajarib, natijani yana saqlaydi. Shuni alohida takidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Tezkor xotira juda tez yozishi va o`qishi bilan farq qiladi. Uning «tezkor» nomini olishining sababi, u juda tez ishlaydi va protsessor berilganlarni xotiradan o`qishida yoki yozishida kutishiga hojat yo`q.Kompyuterda tezkor xotira standart panellarda joylashgan, ular modullar deb ataladi. Tezkor xotira modullari sistema platasida mos hajimlarda qo`yiladi. Xotira modullari ikki xil bo`ladi: bir qatorli (SIMM modullar) va ikki qatorli (DIMM modullar). Pentium protsessorli kompyuterlarda bir qatorli modullarni juft ishlatish kerak (sistema platasiga o`rnatishda hamma vaqt juft sonda bo`ladi). DIMM modullarni bittadan o`rnatish mumkin. Bitta platada har xil modullarni o`rnatish mumkin emas.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bolib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning koproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bolgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam boladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasidan ko`p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta.

Download 0,76 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish

Download 0,76 Mb.