Mavzu: Operatsion tizimlarning
jarayonlari boshqaruvi
Kirish
1.1.Jarayon holati 1.2.Jarayonlar ustidagi amallar 1.3.Jarayonlarni rejalashtirish
Rejalashtirish ko`rsatkichlari va algoritmlari.
Operatsion tizimlarning ishini o`rganishda asosiy tushunchalardan biri bo`lib, ustida tizim aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik ob’ektlar sifatida olinadigan jarayonlar xisoblanadi.
OT tushunchasini qarab o`tganimizda, biz Ko`pincha “dastur” va “to`shiriq” so`zlarini Ko`p ishlatdik. Masalan, xisoblash tizimi bitta yoki bir nechta dasturni bajaradi, OT to`shiriqni rejalashtiradi, dasturlar ma’lumotlar almashadi va xokazo. Biz bu so`zlarni umumiy xolda ishlatdik va siz xar bir aniq xolda nimani tushunayatganingizni taxminan tasavvur qilar edik. Ammo bir xil so`zlar xar xil xolatda masalan, xisoblash tizimi ishlov bermaydigan statik xolatdagi ob’ektlarni xam (masalan, diskdagi fayllar) va ijro jarayonidagi bo`lgan dinamik xolatdagi ob’ektlarni xam bildirar edi. Bu xolat OT lar umumiy xossalari to`g`risida gapirganimizda, ya’ni uning ichki qurilmalari va o`zini tutishiga e’tibor berilmagan xolatda mumkin edi. Ammo endi zamonaviy kompyuter tizimlari ishini detallashgan xolda o`rganganimizda biz amallarni(terminologiyani) aniqlashttirishimizga to`g`ri keladi.