|
Disklarni qanday dasturlar orqali defragmentatsiya qilish mumkin?
|
bet | 7/8 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 3,36 Mb. | | #255496 |
Bog'liq 3.LAB ОT хизматчи дастурлари2.Disklarni qanday dasturlar orqali defragmentatsiya qilish mumkin?
Defragmentatsiya nima va qachon bu ishni amalga oshirish kerakligini, oldingi maqolada tushuntirib berishga harakat qildim. Nazariy jihatdan biroz bo‘lsa ham ma’lumotga ega bo‘ldik, endi shu ishni amaliy ko‘rsatib o‘taman.
Disklarni defragmentatsiya qilishni Windows utilitasi orqali ham yoki biror boshqa utilita orqali ham amalga oshirish mumkin. Maqolada ikkalasini ham ko‘rsatib o‘taman.
Windows 7 operatsion tizimida disklarni defragmentatsiya qilish uchun, quyidagilar amalga oshiriladi.
1. Defragmentatsiya utilitasi chaqiriladi:
Push -> Vse programmi -> Standartnie -> Slujebnie -> Defragmentatsiya diska
Hosil bo‘lgan oynadan, defragmentatsiya qilish kerak bo‘lgan disk tanlanadi va «Defragmentatsiya diska«tugmasi bosiladi.
Shundan so‘ng, bu utilita diskni tahlil qilib chiqadi(analiz) va defragmentatsiyani boshlaydi. Defragmentatsiya bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.
Bu utilita orqali qilingan ish bo‘yicha hisobotni chiqarishni topa olmadim, manimcha hisobot berilmaydi.
Defragmentatsiyani biror vaqt oralig‘ida ishga tushirish kerakligini berib qo‘yish mumkin, uning uchun «Nastroit raspisaniye«tugmasi bosiladi va kerakli vaqt o‘rnatiladi.
Bu utilitani «Komandnaya stroka«orqali ham ishga tushirish mumkin. Uning uchun bu oynani ochamiz(pusk -> vipolnit -> cmd)va quyidagi buyruqni teramiz.
defrag C: /U
bu buyruq C diskni defragmentatsiya qiladi va «U» kalit so‘zi orqali, qilinayotgan ishlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Qolgan kalit so‘zlarni bilish uchun «defrag» buyrug‘i teriladi va kerakli kalit so‘zni topib, ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.
TuneUp utilitasi orqali ham disklarni defragmentatsiya qilish mumkin. TuneUp haqida ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, kompyuterni optimizatsiya qilish uchun utilitalar yig‘indisi — TuneUp Utilities nomli maqolani o‘qishingizni maslahat beraman.
TuneUp’ning «TuneUp Defragmentatsiya Diska» funksiyasi orqali, disklarni defragmentatsiya qilish mumkin. Utilitaning, «Defragmentatsiya Diska» funksiyasi ishga tushiriladi va quyidagi oyna hosil bo‘ladi va defragmentatsiya uchun disk tanlashingiz mumkin bo‘ladi
Disk tanlangandan keyin, shu disk analiz qilinadi, bajariladigan ishlar grafik orqali ko‘rinib turadi.
Analiz qilinib bo‘lgandan so‘ng, defragmentatsiya qilish kerak yoki qilish kerak emasligi haqida axborot beriladi va grafik orqali ko‘rsatiladi.
Kerakli punkt tanlanadi va defragmentatsiya boshlanadi(agar kerak bo‘lsa).
Bu utilitadan boshqa yana juda ko‘p utilitalar mavjud(Auslogics Disk Defrag, WindowsDefrag, Defraggler ), lekin ishlatib ko‘rganim faqat shu utilita.
|
| |