Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida




Download 188,15 Kb.
bet5/7
Sana14.05.2024
Hajmi188,15 Kb.
#232559
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu ‘‘O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish logistikasini

Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.01.2022 yildagi PQ-104-son Qarori
2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida 2021-yilda xizmatlar ko‘rsatish hajmi qariyb 20 foizga o‘sdi.
Shu bilan birga, xizmatlar sohasini rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish orqali bozor xizmatlari hajmini 2022-yilda 1,5 baravarga oshirish hamda qo‘shimcha 1,5 million yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari mavjud.
Hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etish maqsadida:
1. Respublika hududlarining aholisi soni va zichligi, geografik joylashuvi, ixtisoslashuvi va infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib, xizmatlar sohasini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilansin:
a) har bir tuman va shaharlarda:
budjet mablag‘lari hisobiga 2021-2022-yillarda shaharsozlik loyihalari asosida mukammal ta’mirlangan, tashqi yoritish, sug‘orish va drenaj tizimlari modernizatsiya qilingan, piyoda va velosiped yo‘laklari qurilgan hamda aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalarni savdo, xizmat ko‘rsatish, sayilgoh va ko‘ngilochar ko‘chalarga aylantirish;
raqamli xizmatlar ulushini bosqichma-bosqich oshirish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash va sifatli aloqa va internet xizmatlari qamrovini, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimi xizmatlaridan foydalanish ko‘lamini keskin kengaytirish;
b) Toshkent, Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari hamda boshqa shaharlarda ko‘pi bilan har 3 — 5 ta mahalla uchun aholi gavjum bo‘lgan ko‘chani obodonlashtirib, piyodalar yo‘lakchalarini kengaytirish va ularni yoritish orqali mahallalararo savdo-xizmat ko‘chasini tashkil etish;
v) aholisi 300 mingdan kam bo‘lgan tumanlarda:
sanoat va xizmatlar sohasi yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgan tumanlarda — savdo, mehmonxona, ovqatlanish va logistika xizmatlarini, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar maskanlarni tashkil etishga ustuvorlik berish;
tog‘li, tog‘oldi, rekreatsion turizm salohiyati yuqori tumanlarda — avtomobil yo‘llari, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti hamda boshqa infratuzilmani yaxshilash va tayyor loyihalar asosida turizm xizmatlarini rivojlantirish;
chegara hududlarda joylashgan hamda hududidan xalqaro avtomagistral va temir yo‘llar o‘tgan tumanlarni — savdo, turizm, logistika hamda yo‘l bo‘yi xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashtirish;
qishloq xo‘jaligi ulushi yuqori bo‘lgan tumanlarda — zamonaviy agroxizmatlarni rivojlantirish;
g) o‘rta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan tumanlarda — zamonaviy bozor xizmatlari, ta’lim, tibbiyot, san’at, turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish hamda transport xizmatlarini rivojlantirish;
d) Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida — yuqori daromadli xizmatlarni, ayniqsa, yirik savdo va ko‘ngilochar xizmat ko‘rsatish obyektlarini ko‘paytirish, ta’lim va tibbiyot muassasalari joylashgan hududlarda ixtisoslashgan klasterlar tashkil etish.
2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash. Bunda:
mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi;
mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi;
b) tadbirkorlik subyektlariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari) bo‘yicha:
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 90 foizga kamaytirish. Bunda, 2027-yil 1-yanvargacha yangidan quriladigan obyektlarga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 5 yil muddat davomida qo‘llash;
foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish huquqini berish;
v) 2022-yil 1-apreldan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar 1-ilovada keltirilgan tuman va shaharlarda belgilanadigan turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun:
aylanmadan olinadigan soliq stavkasini — 1 foiz;
ushbu hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i miqdorlarini — mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilash.
Bunda, tuman va shaharlarning turizm hududlari chegaralari Turizm va sport vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari xulosalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan belgilanadi;
g) jismoniy shaxslar tomonidan mahallalararo savdo-xizmat ko‘chalari bo‘yida joylashgan turarjoy obyektlarini ushbu bandning “a” kichik bandida keltirilgan xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha noturarjoy obyekti toifasiga o‘tkazilganda 2024-yil 1-yanvarga qadar ularga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan stavkasini saqlab qolish;
d) 2022-yil 1-yanvardan uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasini 10 foiz etib o‘rnatish;
e)2022-yil 1-apreldan boshlab qishloq joylarda antenna-machta metall konstruksiyalarini, ularga o‘rnatilgan va ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar hamda ular egallagan yer uchastkalarini yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etish

Download 188,15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 188,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Download 188,15 Kb.