• 2.3.Respublikamizda savdo va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlantirish istiqbollari.
  • Mavzu: ‘‘O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish logistikasini rivojlantirishga davlat siyosatining ta’siri”. Kirish. Asosiy qism




    Download 188,15 Kb.
    bet1/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi188,15 Kb.
    #232559
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mavzu ‘‘O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish logistikasini


    Mavzu: ‘‘O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish logistikasini rivojlantirishga davlat siyosatining ta’siri”.
    Kirish.
    Asosiy qism.
    2.1 Savdo va xizmat ko`rsatish logistikasining nazariy asoslari.
    2.2.Logistika tamoyillari asosida savdo va xizmat ko`rsatishni takomillashtirish.
    2.3.Respublikamizda savdo va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlantirish istiqbollari.
    2.4. O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish logistikasini rivojlantirishga davlat siyosatining ta’sirining o`rni va axamiyati
    Xulosa va takliflar
    Foydalanilgan adabiyotlar.

    Kirish.
    Har bir davlat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida logistika muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy logistika ichki bozorda mahsulot va xom ashyo harakatini optimallashtirish orqali tovar va xizmatlarning xaridorlar uchun qulay sharoit va maqbul narxlarda etkazib berilishini ta'minlaydi.


    Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha bo'lgan jarayonni oqilona boshqarish maqsadida transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish, temir yo'l transportini modernizatsiya qilish, yo'llar, aeroportlar, logistika markazlari, chegara, bojxona, sanitariya, fitosanitariya, veterinariya, karantin va transport nazorati shoxobchalari o'tkazuvchanlik imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
    Mamlakatimizda Germaniya, Fransiya, Rossiya, Gruziya, Qozog'iston kabi davlatlarning logistika sohasidagi tajribalari o'rganilib, turizm, savdo va boshqa xizmat ko'rsatish sohalarida ko'p tarmoqli xizmat turlarini o'zida jamlagan, barcha qulayliklarga ega logistika markazlari tashkil etilmoqda.
    Xususan, yurtimizda ana shunday logistik markazlaridan biri Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan. Mazkur markaz O'zbekistonning eksport salohiyatini mustahkamlash bilan bir qatorda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni dunyoning ko'plab davlatlariga o'z vaqtida va xavfsiz etkazib berishga ixtisoslashgan. Markaz bugungi kunda yurtimizga 50 ga yaqin mamlakatdan import yuklarini temir yo'l va avtomobil` yo'llari orqali vagonlar, konteynerlarda transport-logistik xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.
    Shuningdek, ichki va tashqi bozor ko'rsatkichlari, talablari inobatga olinib, xalqaro va milliy miqyosda yuk tashish xizmatlarini ko'rsatish, yuklarga tezkor va sifatli ishlov berish, ularni jo'natish bo'yicha logistika tarmoqlari barpo etildi. “Yagona oyna” tamoyillari asosida O'zbekiston va xorijiy davlatlar tadbirkorlari uchun qo'laylik yaratish maqsadida “O'zbekiston omborlari va logistika markazlari” raqamli platformalari yaratildi.
    Mazkur platformalar respublika hududida mavjud omborlar va logistika markazlarining joylashuvi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan. U orqali O'zbekiston va xorijiy mamlakatlar tadbirkorlari tovarlar nomenklaturasi bo'yicha ombor yoki logistika markazi (qishloq xo'jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika, farmatsevtika mahsulotlari va h.k.) ixtisoslashuvi, yopiq va ochiq omborlar hududidagi bo'sh joylar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari va tez buziladigan tovarlar uchun muzlatgichli omborlar mavjudligi to'g'risida bepul ma'lumot olishi mumkin.Eng muhimi, raqamli platforma samarali transport va ombor xizmatlarini tashkil etish, transport va logistika kompaniyalari faoliyati uchun raqobat muhiti va qulay shart-sharoitlar yaratish, yuk tashish tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
    Ta'kidlash joiz, xizmatlar sohasi mamlakat iqtisodiy o'sishi, arzon ish o'rinlari yaratish, bandlikni ta'minlash va kambag'allikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro mehnat tashkiloti hisob-kitobiga ko'ra, xizmatlar sohasining 1 foizga o'sishi kambag'allikni o'rtacha 1,5 foizga qisqartiradi.
    Shundan kelib chiqib, yurtimizda xizmatlar sohasiga qulay kredit, subsidiya va yangi engilliklar paketi joriy etilmoqda, bir qator soliqlar imtiyozli stavkada qo'llanilmoqda, shuningdek, yo'l, elektr, internet kabi infratuzilmalar yaratilmoqda.
    Bundan tashqari, eksport qilinadigan barcha tovarlar va xizmatlar uchun bojxona to'lovlari bekor qilindi, litsenziyalash va eksport tizimi soddalashtirildi. Tovarlarning 60 foizdan ortiq turlari uchun bojxona to'lovlarining “nol`” darajasi belgilandi. Bojxona to'lovi stavkasi 6,45 foizgacha pasaytirildi.
    Savdo va xizmat ko'rsatish sohalarining hamyonbopligini ta'minlash, temir yo'llarda logistika xizmatlarini rivojlantirish, O'zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.
    Xususan, eksport qatnovida tashiladigan yuklarni tashishda xalqaro tarif stavkalari o'rniga 60 foizgacha kamaytirilgan mahalliy tarif stavkalari, import qatnovida yuklarni tashishda 50 foizgacha hamda tranzit qatnovida Tojikiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston va Afg'oniston kabi bir qator davlatlarning yuklarini tashishda 65 foizgacha chegirmalar taqdim etildi. Shuningdek, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari shahar va tumanlarini bog'lovchi aylanma yo'nalishli elektropoezdlar harakati yo'lga qo'yildi.
    Bundan tashqari, yurtimizga tashrif buyuruvchi turistlarni tashish dasturi bo'yicha xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga erda ko'rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun e'lon qilingan tariflarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilindi. Xalqaro aeroportlarda xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalariga yerda ko'rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari tariflari 43 foizga tushirildi.
    Shuningdek, yo'lovchilarga qo'shimcha qulaylik va chegirmalar taqdim etish maqsadida “Uzbekistan Airways” tomonidan aviachiptalarini “Click” mobil` ilovasi orqali harid qilinganda 2 foizgacha “Kesh-bek” qabul qilib olish imkoniyati yaratildi. Aviakompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali to'g'ridan-to'g'ri xarid qilingan aviachiptalarga 3 foiz chegirma taqdim etilmoqda. “Toshkent” xalqaro aeroportida yo'lovchilar va kuzatuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida taksilar, sayyohlik avtobuslari va chet el delegatsiyalarining transport vositalariga aeroportning estakadasidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu kabi imkoniyatlar nafaqat fuqarolarimiz balki xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchi sayyohlarning uzog'ini yaqin, og'irini engil qilishda muhim omil bo'lmoqda.
    Yurtimizda turizm infratuzilmasi rivojlanib, turistlar uchun transport va mehmonxona, sayyohlik logistikasi bilan bog'liq barcha xizmatlarga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilmoqdaEndilikda, yurtimizga tashrif buyurmoqchi bo'lgan turistlar internet orqali o'z sayohatini rejalashtirishi, mehmonxona va aviakompaniyalar onlayn xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, mamlakat hududida maxsus mobil` ilovalar orqali taksi chaqirtirish, ovqat buyurtma qilish, restoranda joy band qilish kabi qulayliklar yaratildi.
    Sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida 2018 yilda 9 ta, 2019 yilda 47 ta, 2020 yilda 20 ta va 2021 yilda yana 5 ta mamlakat fuqarolari uchun viza talablari turli muddat doirasida bekor qilindi. e'tiborlisi, 80 ga yaqin mamlakat fuqarolari soddalashtirilgan tartibga ko'ra elektron viza rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu esa, yurtimizga tashrif buyuruvchi mehmonlarga qulayliklar yaratishga, turizmning rivojlanishiga, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishiga xizmat qilmoqda.
    Yurtimizda turizmni rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak baholanmoqda. Xususan, O'zbekiston “The New York Times” (AQSh) va “The Guardion” (Buyuk Britaniya) nashrlarining reytinglarida dunyoning turizm bo'yicha eng ommabop mamlakati, “Wegoplace” sayohatchilar portali tomonidan dunyoning eng xavfsiz 5 mamlakatidan biri hamda “CrescentRating” (Singapur) va “Mastercard” tashkilotlari tomonidan dunyoning ziyorat turizmi bo'yicha eng ommabop 10 mamlakatidan biri sifatida e'tirof etildi.
    Bir so'z bilan aytganda, erishayotgan yutuqlarimiz bilan birga o'z echimini kutayotgan masalalar ham bor. Buning uchun foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish, bunda har bir hududga alohida yondashuv, aholi soni, geografik joylashuv, iqtisodiy salohiyat va xizmat ko'rsatish sohalarining hamyonbopligini ta'minlaydigan zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish, davlat va xususiy sektordagi barcha ishtirokchilarning sa'y-harakatlarini birlashtirish va mustahkamlash, ularga keng imkoniyatlar berish lozim. Shu bilan birgalikda, logistika xizmatlarining rivojlanishi uchun davlat tomonidan ajratilayotgan mablag'lar, berilayotgan imtiyozlar va yaratilayotgan sharoitlardan samarali foydalanish bo'yicha vakillik organlari ham jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi kerak deb hisoblaymiz. Shundagina, ko'zlangan maqsadlarga erishamiz.



    Download 188,15 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 188,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ‘‘O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish logistikasini rivojlantirishga davlat siyosatining ta’siri”. Kirish. Asosiy qism

    Download 188,15 Kb.