|
Mavzu: Parallel tizimlar arxitekturasi. Parallel kompyuterlar massivi. Reja
|
bet | 5/5 | Sana | 13.10.2024 | Hajmi | 29,59 Kb. | | #274874 |
Bog'liq Namuna-mustaqil ishKlasterlar turlari
Shartli ravishda klasterlarni sinflarga ajratish Yazek Radaevskiy va Duglas Edlaynlar tomonidan taklif etilgan:
I sinf. Ushbu sinf mashinalari ko‘plab kompyuter komponentalarini sotadigan (arzon narx, oddiy xizmat ko‘rsatish, turli manbalardan qurilmaviy komponentlarni olish imkoniyati) bir butun standart detallar yordamida quriladi.
II sinf. Bu tizim eksklyuziv yoki keng tarqalmagan detallardan tashkil topadi. Bu bilan qiymati oshishi evaziga juda yaxshi natijaga erishiladi.
Klasterlar turli maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin. Nisbatan ko‘p qo‘llaniladigan soxalari quyidagilar:
Yuqori ishonchli tizimlar;
Yuqori samarador xisoblashlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan tizimlar;
Ko‘p oqimli tizimlar.
Klasterlash orqali ishlash qobilyatini yanada oshirishdagi yutug‘i qaysidir tugun ishlamay qolganda yaqqol namoyon bo‘ladi: bunda klasterning boshqa tuguni buzilgan tugun yuklamasini o‘ziga olishi va shu bilan foydalanuvchilar murojaatlardagi uzilishlarni sezmasliklari mumkin. Klasterni masshtablashtirish imkoniyati esa foydalanuvchilar keng sinfi uchun ilovalarni ishlash tezligi va samaradorligini bir necha barobar oshirish uchun xizmat qiladi.
Yuqori darajali ishlab chiqarishni xisoblashlar uchun muljallangan klasterlar parallel xisoblashlar negizida ishlaydi. Ushbu klasterlar ko‘p miqdordagi kompyuterlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bundan kompyuterlarni ishlab chiqish esa murakkab jarayonlardan bo‘lib, xar bir qadamida extiyotkorlik bilan yondoshish talab qilinadi, ya’ni installyatsiya, ekspluatatsiya va katta miqdordagi kompyuterlarning bir vaqtda boshqaruvi, bitta tizimli faylga (yoki fayllarga) parallel va yuqori samarali ishlanishda murojaat qilishning teznik usullari va tugunlar orasidagi protsessorlararo aloqa, parallel rejimda ishlash koordinatsiyasi. Bu muammolarni barcha klaster uchun yagona operatsion tizim ishlab chiqish bilan xal qilish mumkin.
1994 yili Tomas Sterling va Don Bekkerlar Intel DX4 protsessorlaridan tashkil topgan, 16 ta tugunli, ikkilangan kanallardan iborat 10Mbit/s Ethernet tarmog‘i orqali birlashtirilgan klasterni yaratdilar. Ular bu klasterni qadimiy skandinavlar eposi qaxramoni nomiga atab “Beowulf” deb nomladilar. Ushbu klaster NASA Goddard Space Flight Center markazida Earth and Space Sciences loyixasini muxim xisoblash resurslari bilan qo‘llab-quvvatlash uchun yaratildi. Klasterlar ustidagi loyixa – konstruktorlik ishlari tufayli tezlik bilan xozirgi kunda mashxur bo‘lgan Beowulf loyixasi nomiga o‘zgarib ketdi. Ushbu loyixa parallel klasterli kompyuterlarni qurishda asos vazifasini o‘taydi va parallel xisoblashlarda qo‘llash orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkin bo‘lgan ko‘p protsessorli arxitekturani tavsiflab beradi. Beowulf-klaster odatda, standart kompyuter tarmog‘i vositasida birlashtirilgan bitta server tugun (asosiy tugun deb ataladi), shuningdek, bir yoki bir nechta unga bo‘ysunuvchi tugunlar (xisoblovchi tugunlar)dan tashkil topgan bo‘ladi. Tizim standart qurilmaviy komponentlar, ya’ni Linux operatsion tizimi ostida ishlovchi shaxsiy kompyuterlar, standart tarmoq adapterlari (masalan Ethernet) va kommutatorlar yordamida quriladi. Beowulf klaterini qurishda quyidagi dasturiy maxsulotlar talab qilinadi: Linux operatsion tizimi, xabar jo‘natib qabul qiluvchi PVM, MPI tizimlar, topshiriqlar navbatini boshqarish tizimlari va boshqa standart maxsulotlar. Server tugun butun klasterni va mijozga yo‘naltirilgan tugunlarga xizmat qiluvchi fayllarni nazorat qiladi.
Hulosa
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. С.А. Немнюгин. Средства программирования для многопроцессорных вычислительных систем. Учебная пособия для образования и студ. ВУЗов/ С.А. Немнюгин - M.: Санкт-Петербург 2007.
2. Оленев Н.Н. Основы параллелного программирования в системе MPI. M.: ВТС РАН. 2005. 80 с. Web: http://www.ssas.ru/olenev/MPIbook1.pdf
3. Долматова А.И. , Оленев Н.Н. Параллельные вычисления в моделировании региональной экономики: учебное пособие / Долматова А.И., Оленев Н.Н. – Киров: ПРИП ФГБОУ ВПО «ВятГУ», 2012. – 125 с. Web: http://www.ssas.ru/Dolmatova_Olenev/MPIbook1.pdf
|
| |