|
Polimerlar xaqidagi fanning rivojlanishida O`zbekiston kimyogar olimlarininmg qo’shgan xissasi
|
bet | 3/9 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 56,65 Kb. | | #228202 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu1.2. Polimerlar xaqidagi fanning rivojlanishida O`zbekiston kimyogar olimlarininmg qo’shgan xissasi
Polimerlar kimyosi avval kolloid kimyo tarkibida rivojlanib kelgan, keyinchalik juda ko’p kashfiyotlar qilinishi natijasida polimerlar kimyosi aloxida fan sifatida ajralib chiqdi va o’zining nazariyasiga ega bo’ldi.
Zamonaviy makromolekulyar tuzilish nazariyasi asosida quyidagilar yotadi:
1. Polimer birikmalar makromolekulalar majmuasidan iborat bo`lib, ular tuzilishi va zvenolar tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi.
2. Makromolekulaning asosiy zanjirini tashkil etgan atomlar makromolekulaning konformatsion o`zgarishlariga olib keluvchi kovalent bog’lar atrofida to`xtovsiz tebranma harakat qiladi.
3. Polimerning xossalari uning molekulyar massasi, makromolekulasining tuzilishi, ularning bukiluvchanligi, kimyoviy tarkibi hamda makromolekulyar ta`sir tabiatiga bog’liq.
4. Polimer eritmalari termodinamik barqaror sistemalar bo`lib, quyi molekulyar birikmalarning chin eritmalaridan farq qilmaydi, ammo assotsilanish va sol’vatlanish kuchlari shunchalik yuqoriki, ular juda suyultirilgan eritmalarga ham taalluqlidir.
Shu o`rinda O`zbekiston kimyogar-polimerchilarining paxta tsellyulozasi kimyosi va fizikasi, polimerlarning radiatsion kimyosi (akad. Usmonov H.U., professorlar Tillaev R.S., Toshmuxamedov S.O., Azizov U.A., Roziqov K.H., Ayxodjaev B.I., Raxmonberdiev G’. va boshqalar), ftorpolimerlar (prof. Yo`lchiboev A.A.) va tibbiy polimerlar (prof. Musaev O`.N., akad. Rashidova S.SH., prof. Najmiddinov SH., prof. To`raev A.S. va boshqalar) sohasidagi fundamental tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega. Bu tadqiqotlar polimerlar kimyosini o`rganishni O`zbekistonda boshlagan alloma – O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi, akademik H.U.Usmonov nomi bilan bog’liq.
O`zbekiston paxta yetishtiruvchi yetakchi mamlakatlardan hisoblanib unda tabiiy polimer – tsellyulozaning bexisob zaxirasi mavjud. Bundan tashqari ko`plab pentozan tutuvchi xomashyolarning ko`pligi va tabiiy gazning mavjudligi polimerlar kimyosi va texnologiyasining yirik markazini aynan O`zbekistonda tashkil etishni taqozo etgan edi.
1950 yilda O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Kimyo institutida paxta tsellyulozasi va efirlarining termodinamik, fizik-kimyoviy va mexanik xossalarini tadqiq qilishni boshlagan tabiiy polimerlar kimyosi laboratoriyasi tashkil etildi. Buni O`zbekistonda polimerlar haqidagi fanga asos solingan davr deb hisoblash mumkin. Polimerlar haqidagi dastlabki ishlar, shuningdek sohaga oid institut va laboratoriyalarning tashkil etilishi, H.U.Usmonovning ustozi akademik V.A.Kargin nomi bilan bog’liq.
Tabiiy polimerlar kimyosi laboratoriyasida tsellyuloza biosintezi, uning strukturasi, fizik-kimyoviy, termodinamik va boshqa xossalarini tadqiq qilish rivojlantirildi.
Akrilnitrilning vinilatsetat, stirol, metilmetakrilat, vinilpirrolidon bilan sopolimerlari hamda akril kislotasining efirlari sintez qilindi va ularning akrilnitril bilan sopolimerlanish reaktsiyalaridagi faolligi o`rganildi. Sintetik polimerlarni sintez qilish va xossalarini o`rganishda akad. M.A.Asqarovning xizmatlari katta.
Akad. Axmedov K.S. rahbarligida dispers sistemalarning fizik-kimyoviy xossalarini kerakli yo`nalishga qaratish uchun suvda eriydigan polielektrolitlar, sirt faol moddalar ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.
1960 yildan boshlab Mirzo Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining kimyo fakul’tetida sintetik polimerlarni radiatsion modifikatsiyalash sohasida har tomonlama tadqiqotlar boshlandi va yangi termo-xemo- va yoruqqa bardosh ftorpolimerlar olish usullari ishlab chiqildi.
Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib universitetda fiziologik faol polimerlar kimyosi va fizik-kimyosi o`rganila boshlandi. Bu sohada professor O`.N.Musaev va shogirdlari tomonidan alkaloidlar va dori vositalari asosida farmakologik faollikka ega bo`lgan qator yangi suvda eruvchan polimerlar sintez qilindi. Keyingi yillarda O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida akademik S.SH.Rashidova rahbarligida o`ziga xos spetsifik xususiyatlarga ega polimerlarni sintez qilish va tadqiq qilinishi mazkur sohani rivojlantirishga munosib hissa qo`shmoqda.
Polimerlar oddiy moddalardan farqlanuvchi xossalari orqali polimer materiallarning turli sohalarda keng ishlatilishini va ularning ahamiyatini tuShuntirishga asos bo`ladi.
Quyi molekulyar birikmalar engil harakatchanligi hisobiga bir-biri bilan yoki yuqori molekulyar birikmalar bilan tez reaktsiyaga kirishadi va polimerlarni o`zgartiradi yoki parchalaydi. Shunday qilib ular makromolekulalarning tabiatda tashuvchilari hisoblanadi. Makromolekulalarning murakkabligi va kam harakatchanligi yuqori molekulalarning uzoq mavjud bo`lishini hamda turli-tumanliligini ta`minlaydi. Yuqori molekulyar birikmalarning hosil bo`lish, o`zgarish va parchalanishining aniq yo`llari juda murakkab va o`ziga xos.
Yuqori molekulyar birikmalarning alohida xossalari ularning barcha xossalari bo`yicha quyimolekulyar birikmalardan farq qilishiga avvalo makromolekulalarning kattaligi oqibatidandir. Quyi molekulyar birikmalarga xos haydash va qayta kristallash kabi kimyoviy moddalarni ajratib olish va tozalashning ma`lum usullaridan yuqori molekulyar birikmalar uchun foydalanib bo`lmaydi, hatto juda chuqur vakuumda haydaganda ham polimerlar parchalanib ketadi.
E`tiborli tomoni shundaki, yuqori molekulyar birikmalarning juda suyultirilgan eritmalari ham quyi molekulyar birikmalarning kontsentrlangan eritmalaridan yuqori qovushqoqligi bilan ajralib turadi. Yuqori molekulyar birikmalar quyi molekulyar birikmalarga qaraganda juda sekin eriydi va bu jarayon bo`kish orqali sodir bo`ladi.
Yuqori molekulyar birikmalardan iborat pardalar, tolalar va boshqa buyumlar alohida mexanik xossalari bilan farqlanadi va ular makromolekulalarning kattaligi, bukiluvchanligi, shakli, tuzilishi va o`zaro joylashish xarakteri hamda haroratga bog’liq. Yuk ta`sirida namunaning to`liq deformatsiyasi oddiy materiallardagi kabi darhol sodir bo`lmay, ma`lum vaqt oralig’ida kechadi va bu vaqt haroratga nomutanosib.
|
| |