1-Ma’ruza: Polimerlar fizikasi va kimyosi haqida tushuncha
Reja:
1. Polimerlarning ajoyib xossalari va ularning boshka birikmalardan
farqi.
2. Polimerlarning tuzilishi va nomlanishi.
3. Polimerlarni sinflash.
4. Polimerlarning molekulyar massasi va polidispersligi.
5. O’rtacha rakamli va urtacha massali molekulyar massa, ularning
aniklash usullari.
Polimerlar - yukori molekulali birikmalar bo’lib (YuMB) juda katta
molekulyar massaga ega. Polimerlar tarkibida bir-biri bilan boylangan minglarcha
atomlar kiradi. Polimerlar ajoyib xossalarga ega bulganligi sababli xalk
xujaligining juda kup soxalarida xususan tukimachilik va yengil sanoatda
ishlatiladi. Bu xossalar kuyidagilardan iborat:
---yukori
elastiklik xossalari, ya’ni parchalanmasdan va buzilmasdan yukori
bulmagan xaroratda chuziluvchanlik.
---okuvchanlik xossalari, ya’ni yukori bulmagan (150-300
0
S) xaroratda okuvchan
xolatga utishi. Metallarga nisbatan polimerlardan maxsulot olish osonrok, chunki
metallar 500-1500
0
S xaroratda eriydilar.
---tola va parda (plenka)lar xosil kilish xossalari, boshka birikmalar bunday
xossaga ega emas. Shu sababli
polimerlardan xar xil tolalar, pardalar, sintetik
charm va boshka maxsulotlar olinadi.
---past solishtirma ogirlik xossalari, polimerlar solishtirma ogirligi 2 dan yukori
bulmay kup vakt 1:1,5 ga teng bulib katta solishtirma mustaxkamlikga ega.
---yukori dielektrik xossalari.
---bukishga moyillik, ya’ni erishning birinchi boskichi.
Xalk xujaligida texnika tarakkiyotining asosiy yunalishlardan
biri polimerlar
ximiyasi va ximiyaviy texnologiyasini jadal rivojlantirishdir.
Ma’lum polimer materiallar ishlab chikarishda uch yunalishda rivojlanadi: Plastik
massalar, kimyoviy tolalar, elastomerlar (kauchuklar). Bularni bir biridan ajratish
kiyin . Uchoviga ba’zida bir xil xom ashyo ishlatiladi. Polimerlarni xosil kiladigan
kuyi molekulyar moddalarni monomerlar deyiladi. (Mono- bir demakdir). Agar
polimer xosil bulishida monomer molekulasi tulik uzgarmagan xolda
makromolekula tarkibiga utsa, takrorlanuvchan zvenoni monomer bugin deb
ataladi. Polimerlar molekulasi oddiy bgginlardan tashkil topgan bulib ular
kuyidagicha uzaro boglanadi. -A-A-A-A-A-A (-A-)n
bu yerda A- takrorlanuvi
zveno - bggin n- bgginlar soni,ya’ni polimerlanish
darajasi.
Polimerlanish darajasi (n) polimerning molekulyar massasi (M) va monomer
molekulyar massasi (m) bilan uzaro
n=
m
М
nisbatda boglanadi.
Bunda M = n*m
Polimerlar nomi "poli" old kushimchasi va polimerlar zanjirining elementar
zvenosi (monomer) nomidan xosil kilinadi. Masalan: etilen- polietilen, propilen -
polipropilen,
vinilxlorid - polivinilxlorid, kaprolaktam - polikaprolaktam va
xokazo.
Bir xil tarkibli monomerlardan xosil buladigan makromolekulani
gomopolimerlar deyiladi.
Polimer xosil bulishida turli xil monomerlar ishtirok etsa, bunday polimerlar
sopolimerlar deyiladi.
Tukimachilik va yengil sanoat asosiy xom ashyolari tolalar xisoblanadi.Bu
xom
ashyo tabiiy, sun’iy yoki sintetik tolalar bulishi mumkin. Tolalarning asosini
esa
polimerlar
tashkil
etadi.
Tola
xosil
kiluvchi
polimerlarni
kuyidagi:a)makromolekulalarining shakliga kura,b)asosiy zanjirining ximiyaviy
tuzilishiga
kura,v)
kelib
chikishiga
klassifikatsiyalash
mumkin.
Makromolekulalarining shakliga kura klassifikatsiyalash
1. Chiziksimon polimerlar
2. Narvonsimon polimerlar kupincha ikki boskichli ishlov berish natijasida
olinadi. Masalan, poliakrilonitril birinchi boskich
ishlov berilganda yuzaga
joylashgan struktura xosil bulib, termik ishlov berilgandan keyin norvonsimon
strukturaga aylanadi. Bunday strukturani xosil bulishi 1.1 plakat yoki 1.1 slaydda
keltirilgan.
3. Tarmoklangan polimerlar. Tarmoklangan polimerlarni orientatsiyalash va tekis
joylashtirish kiyin bulgani sababli ulardan pishik tolalar olib bulmaydi. Ammo bir
xil strukturali tolalar olishda tarmoklangan polimerlarni,
shu jumladan payvand
sopolimerlarni, chiziksimon tola xosil kiluvchi polimerlarga yoki xar xil polimerlar
aralashmasiga kushib ishlatish katta axamiyatga ega.
Makromolekulaning shakliga kura, polimerlarning fazoviy tuzilishlari, ya’ni
tursimon
shaklli
makromolekulalar
keng
tarkalgan.
Tursimon
makromolekulalarga rezina maxsulotlari, kauchukni kayta ishlangan polimerlar,
ba’zi plastmassalar(termoreaktiv) va oshlangan teri charm maxsulotlari kiradi. Bu
polimerlardan tola olinmaydi.