makromolekulalarning egiluvchanligini aniklash usullarini , tola xosil kiluvchi
polimerlarni sintez kilishda va polimeranologik uzgarishlarda ximiyaviy
reaksiyalarni xamda struktura xosil kilish jarayonlarini ketma ket kurib chikish
maksadga muvofikdir.
Polimerlarning molekulyar massasi va polidispersligi.
Molekulyar massa polimerlar uchun eng muxim konstanta bulib, xar bir
yukori molekulyar birikmaga tula xarakteristika berish uchun zarurdir
.Polimerlarni kayta ishlash va ulardan olingan tayyor maxsulotni ishlatish
jarayonida vaktida sodir buluvchi uzgarishlarni molekulyar massa orkali aniklash
mumkin. Molekulyar massa moddaning okuvchanlik xarorati chegarasi, bukish va
eruvchanlik kabi xossalarni belgilaydi. Molekulyar massaning kiymati
polimerlarning mexanik xossalariga jumladan pishikligi, deformatsiyalanishi va
elastikligiga katta ta’sir kursatadi. Past molekulyar birikmalarning molekulyar
massa xakidagi oddiy va anik tushunchalar yukori molekulyar birikmalarda
murakkablashadi. Chunki bu moddalar uziga xos xossalarga,jumladan
polidisperslikka ega. Polidisperslikni urganish katta nazariy va amaliy axamiyatga
ega. Polidisperslik polimerlanish yoki polikondensatlanish reaksiyalari
mexanizmiga,unining tugalanishiga, polimerlarning kayta ishlanish usuliga ,uning
destruksiyasiga va eskirishiga boglik.
Polidisperslik tajribada polimerlarning fraksiyalarga ajratib aniklanadi.
Fraksiyalarga ajratish ikki tipga bulinadi: preparativ fraksiyalash,bunda
fraksiyalar ajratib olinib ularning xossalari tekshiriladi. Analitik fraksiyalash,
aloxida fraksiyalar ajratib olinmay turib taksimlanish egri chizigi olinadi.
Fraksiyalab chuktirish, fraksiyalab eritish, fraksiyalab taksimlash va boshkalar
preparativ fraksiyalash deyiladi. Turbodimetrik titrlash, ultra-sentrafugada
sedimentatsion muvozanatni aniklash ,nur tarkalishini urganish kabilar analitik
fratsiyalashning eng muxim usullari xisoblanadi. Polimerlarning polidispersligi
odatda grafik shaklida beriladi.