|
Mavzu; Qaytmas jarayonlar termodinamikasi Reja qonun to’G’risida umumiy ma‘lumot ikkinchi qonunning asosiy vazifasi
|
bet | 3/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 21,53 Kb. | | #230584 |
ENTROPIYA
Agar Karno sikli bir qancha kichik sikllardan tashkil topgan deb faraz qilinsa, bunda siklning sovutkichi ikkinchi siklning issiqlik manbai bo’lib, bu manba olgan issiqlikning hammasini ikkinchi siklga bersa, ikkinchi siklning sovutgichi uchinchi siklning issiqlik manbai bo’ladi va hokazo, u holda tenglama quyidagicha yoziladi: yoki (V.1) yoki bu yerda - ishorasi yopiq kontur bo’yicha olingan integralni ifodalaydi. Matematik nazariyaga muvofiq agar yopiq kontur bo’yicha olingan integral nolga teng bo’lsa shunday bir funksiya borki uning to’la differensiali integral ostidagi ifodaga teng bo’ladi. Bu funksiya S bilan belgilanadi. Bu funksiyani Klauzius entropiya deb atagan. S ning to’la differensiali bo’ladi (V.2) Entropiya qiymati J/k mol · grad bilan ifodalanadi. Entropiya ham, huddi sistemaning ichki energiyasi singari sistemaning holat funksiyasi (to’liq funksiya) bo’lib, uning o’zgarishi faqat sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga bog’liq jarayonning yo’liga bog’liq emas. SHunga ko’ra, sistema bir holatdan ikkinchi holatga kelsa, entropiyaning o’zgarishi
bilan ifodalanadi. 1909 yilda yunon matematiki Karateodor entropiyaning haqiqatda ham mavjudligini isbotladi va termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni hech qanday farqsiz matematik usullar bilan ta‘riflanadi.
Entropiya moddaning miqdoriga bog’liq, demak, ekstensiv miqdordir. Entropiya additiv (yig’indi) miqdordir, ya‘ni sistema entropiyasi uni tashkil etgan tarkibiy qismlar entropiyasi yig’indisiga teng, uning o’zgarishi esa ayrim bo’laklar entropiyasi o’zgarishi yig’indisiga teng; murakkab jaroyon entropiyasining o’zgarishi jaroyonni tashkil etuvchi ayrim jaroyonlar entropiyalarining o’zgarishlari yig’indisiga teng.
6. IKINCHI QONUNNING ASOSIY TENGLAMASI
Yuqorida bayon etilganidek, entropiyaning qiymati isitgichdan olingan (yoki sovitkichga berilgan) issiqlik miqdoriga va bu jarayon qaysi temperaturada borganligiga bog’liq, ya‘ni S = φ (Q, T). Bu bog’lanish turli jarayonlar uchun turli ko’rinishda ifodalanadi. Karno sikliga ko’ra qaytar jarayonlarda bu bog’lanish(V.3) yoki (V.4)shaklida ifodalanadi.
tenglamadan bo’ladi. Qaytmas jarayonlarda issiqlik manbaidan olingan issiqlikning qaytar jarayonga nisbatan kamroq qismi ishga aylangan-ligidan, ya‘ni qaytar bo’lganidan,(V. 5) δQQaytar > δQQaytmas (V. 6)Demak (V.3) va (V.4) tenglamalardan har qanday qaytmas jarayon uchun: (V.7) yoki (V.8)bo’ladi. (V.3) va (V.7) tenglamalarni birlashtirib quyidagicha yozish mumkin:(V.9) yoki (V.10)tenglik ishorasi (=) qaytar va tengsizlik ishorasi (>
|
| |