|
Mavzu: Qurulish materiallarini me`yorlash uchun texnologik uskunalar
|
bet | 1/4 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 65,73 Kb. | | #159004 |
Bog'liq Industriya Mavzu: Qurulish materiallarini me`yorlash uchun texnologik uskunalar Reja: - Kolosnikli elaklarning tuzilishi.
- Valikli elaklarning ishlash prinsipi.
- Yoysimon elaklarning va barabanli elaklarning ishlash prinsipi.
Material zarralarini yirikligi, kattaligi bo‘yicha bo‘linishi (ajratilishi) jarayoni saralash deyiladi. Agar xom ashyo har xil materiallar qorishmasidan tarkib topgan bo‘lsa, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan bu materialni qorishmadan ajratib olinadi. Saralanayotgan vaqtda materialdan yana begona qo‘shimchalarni ham olib tashlanadi, qaysiki mahsulotni sifatini pasaytiradigan yoki mashinani ishchi organlariga salbiy ta'sir etadigan. Saralashdagi bu jarayon boyitish deyiladi. Material zarralarini yirikligi, kattaligi bo‘yicha bo‘linishi (ajratilishi) jarayoni saralash deyiladi. Agar xom ashyo har xil materiallar qorishmasidan tarkib topgan bo‘lsa, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan bu materialni qorishmadan ajratib olinadi. Saralanayotgan vaqtda materialdan yana begona qo‘shimchalarni ham olib tashlanadi, qaysiki mahsulotni sifatini pasaytiradigan yoki mashinani ishchi organlariga salbiy ta'sir etadigan. Saralashdagi bu jarayon boyitish deyiladi. Materiallarni saralash: mexanik, havoli, gidravlik va magnitli usullar bilan amalga oshiriladi. Mexanik saralash elaguvchi mashinalarda bajariladi va elovchi mashinalar deb nomlanadi. Elovchi mashinalar turli, reshyotli, kolosnikli bo‘ladi. Ular siljiydigan va siljimaydiganlarga bo‘linadi. Havoli saralash (separatsiya) separatorlarda bajariladi. Gidravlik saralashni har xil klassifikatorlar va gidrotsiklonlar amalga oshiradi. Magnitli saralashga esa magnitli separatorlar qo‘llaniladi. Mexanik saralash uchun mashinalar Maydalangan materiallarni mexanik usulda sinflarga bo‘linish jarayoni elash deyiladi. Saralash ishlari olib boriladigan mashinalarni esa elovchi mashinalar deyiladi. Elash jarayoni bir yoki bir necha ishchi yuzalarga ega: kolosnikli, reshetli, turli va valikli. Kolosnikli ishchi yuzalar parallel holda joylashgan alohida po‘lat plastinkalardan iborat. Kolosniklar yuzasi har xil formaga ega bo‘ladi. Reshetlilar esa tekis po‘lat yuzali yoki teshikli shtamplangan trubasimon yacheykali bo‘ladi. Tekis reshetalar tekis yuzali elashda ishlatiladi, trubasimon yacheykalar - barabanli elagichlarda ishlatiladi. Reshetalar dumaloq, to‘g‘ri burchakli yoki oval teshikli formalarga ega bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri burchakli teshiklar ba'zida reshetaning o‘qiga burchak ostida joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Elagichlarda yig‘ma reshetalarni ham qo‘llash mumkin, qaysiki alohida shtamplangan tekisliklardan tayyorlangan bo‘ladi.
|
| |