• RGB rang moduli.
  • Mavzu: Rang modellari. Grafik o‘lchov birliklari




    Download 371,98 Kb.
    bet1/3
    Sana21.12.2023
    Hajmi371,98 Kb.
    #125996
      1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu1


    Mavzu: Rang modellari. Grafik o‘lchov birliklari.
    Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi, ushbu sohani takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo‘nalishlarni o‘rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o‘zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o‘zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama-skanerlar, grafik ish majmualari, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
    Tasvir imkoniyati tasvir haqidagi ma’lumotda saqlanadi va tasvirning boshqa, ya’ni fizik xususiyatlari bilan bog‘liq. Tasvirning fizik o‘lchami ham piksellar singari uzunlik o‘lchamlarida belgilanadi. Rang bilan bog‘liq asosiy xususiyatlar, bu – rang imkoniyati va rang namunasidir. Rang imkoniyati bir vaqtning o‘zida hosil qilinadigan maksimal ranglar sonini belgilaydi. U rangni qo‘llash jarayonida qo‘llanilgan baytlar soniga bog‘liq. Masalan, ikki rangli (qora-oq) tasvirni kodlash uchun har bir piksel uchun bir bitdan ajratish yetarli. Ranglar uchun bir baytni ajratish ular kombinatsiyasidan 256 ta har xil ranglarni kodlash imkoniyatini beradi. Ikki bayt esa 216=65536 har xil ranglarni kodlash imkoniyatini yaratadi. Bu kodlash rejimiga High Color deyiladi. Agar ranglarni kodlash uchun uch bayt ajratilsa 224≈16,5 milliontacha rangni kodlash mumkin. Bu rejimga True Color deyiladi. Rang jilosiga, uning tashkil etuvchi komponentlarga ajratish – rang modeli deyiladi. Turli rang modellari mavjud bo‘lib, kompyuter grafikasida asosan RGB, CMYK va HSB turlaridan keng foydalaniladi.
    RGB rang moduli. RGB (Red, Green, Blue — qizil, yashil, ko‘k) rang moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda qulay va u bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan uchta qiymatdan foydalanadi. Buni uch o‘lchamli koordinata sistemasi ko‘rinishida ifodalash mumkin. Har bir koordinatalar o‘qida 0 dan 255 gacha diapazondagi bitta rang joylashtiriladi. Natijada rangli kub hosil bo‘ladi va uning ichida RGB modulning barcha ranglari joylashadi. Bu kubning hajmini hisoblash natijasida RGB modulning ranglar soni 16 777 216 ta bo‘lishi mumkinligini aniqlaymiz, ularni 24 razryadli ranglar platasi yordamida monitorda aks ettirish mumkin. RGB ranglar majmuasi bilan ishlangan barcha tasvirlarni turli formatda diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar tabiatda uchramaydi. RGB rang moduli additiv bo‘lib, har qanday rang uch asosiy (qizil, yashil va ko‘k) ranglarning turli miqdorlari birikmasidan hosil qilinadi.

    Download 371,98 Kb.
      1   2   3




    Download 371,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Rang modellari. Grafik o‘lchov birliklari

    Download 371,98 Kb.