Mavzu: raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar reja: Analogli signallar




Download 412,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi412,71 Kb.
#259111
  1   2   3
Bog'liq
53ae342d-feac-476b-8af9-73b374e46844



MAVZU:
RAQAMLI-ANALOG VA ANALOG-RAQAMLI
O’ZGARTIRGICHLAR 
Reja: 
1.Analogli signallar 
2.Raqamli signallar. 
3.Analog-raqamli signallarni almashtirish 
4.Raqamli-analog o‘zgartirgich sxemasi.
Tayanch so’z va iboralar: 
Raqamli signallar,
 
Operatsion kuchaytirgich, 
raqamli-analog o‘zgartirgich, analog-raqamli o‘zgartirgich. 
MikroEHMlar, turli avtomatlar, ilmiy tajribalarni olib borishni
boshqaradi. Bu va boshqa qurilmalar, oʻlchov asboblari va tizimlarida
uzluksiz (analog) elektr signallari bilan ishlaydigan elektr datchiklar
ishlatiladi. Datchik va ijro organlari (masalan, elektrodvigatellar) ni
mikroEHM bilan bogʻlash uchun analog signalni shu signal amplitudasiga
proporsioanl songa oʻzgartirish va aksincha oʻzgartirish talab qilinadi.
Analog shakldagi ma’lumotni raqamli shaklga oʻzgartirish prinsipini
richagli tarozilarda oʻlchash jarayoni bilan solishtirish mumkin. Tarozida 
oʻlchashni amalga oshirish uchun uning bir elkasiga noma’lum ogʻirlikdagi
yuk qoʻyiladi, ikkinchi elkasiga esa, toshlar. Toshlar (masalan 1 g
ogʻirlikdagi) tarozi muvozanat qolga kelguncha qoʻyilib boriladi. Toshlar
soni yukning grammlardagi vazniga toʻgʻri keladi. 1 g. Ogʻirlikdagi toshlar 
bilan oʻlchanganda analog kattalik 0,5 g. xatolik, 10 g.li toshlar bilan
oʻlchanganda esa 5 g. xatolik bilan oʻlchanadi. Bu xatolik kvantlash xatoligi 
deb ataladi.
Oʻlchash algoritmiga mos ravishda richagli tarozi rolini ikki kirishli
solishtirish sxemasi (komparator) bajaradi. Tarozining bir elkasiga
oʻzgarmas kattalikdagi oʻlchanayotgan kuchlanish oʻrnatiladi, ikkinchi
elkasiga raqamli datchik nazorati ostida pogʻonasimon ortib borayotgan 
kuchlanish beriladi. Kuchlanishning har bir pogʻonasi tarozi elkasiga
qoʻshimcha tosh qoʻyish amaliga mos keladi. Olingan ma’lumot esa 
tarozilar muvozanatga kelgach qayd etiladi.
Solishtirish jarayoni maxsus signal yordamida startstop trigger 


sxemasining ishga tushirilishi bilan boshlanadi. Triggerli sxema 
pogʻonasimon ortib boruvchi kuchlanish generatori va ikkilik hisoblagichni
boshqaruvchi toʻgʻri burchakli impulslar shakllantiradi. Bu generator 
pogʻonpsimon kuchlanish ishlab chiharadi, hisoblagich esa hisobni noldan 
boshlaydi.
Pogʻonasimon kulchanish kirish bilan tenglashsa, uni komparator qayd
etadi, startstop trigger dastlabki holatiga qaytadi va toʻgʻri burchakli 
signallarning kelishi qoʻshimcha mantiqiy element yordamida blokirovka 
qilinadi.
Bunday sodda oʻzgartirish sxemasi yordamida analog kattalik 
raqamli shaklga ancha uzoq vaqt davomida oʻzgartiriladi, chunki 
pogʻonasimon kuchlanish ketma-ket kiritiladi.
Oʻzgartirish vaqtini qisqartirish maqsadida pogʻonasimon kuchlanish 
generatori raqamli-analog oʻzgartirgich bilan almashtiriladi. Shuning uchun 
analog-raqamli oʻzgartirgich (AROʻ) sxemasiga raqamli-analog oʻzgartirgich 
(RAOʻ) sxemasi bilan tanishib boʻlgach qaytamiz. 
Kompyuterlar va komunikatsiya vositalari zamonaviy axborot 
texnalogiyalarining asosi bo‘lib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir 
joydan ikkinchi joyga tezkor etib boradi, yangiliklar tez tarqaladi. Kompyuter 
yordamida aloqa qilish uchun foydalanuvchiga modem zarur bo‘ladi.
Uzatilayotgan ma’lumot tovush, matn yoki videotasvir iborat bo‘lishi 
mumkun. 
Ma’lumotlar ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi mumkin: analogli va 
raqamli. Analogli signallar uzluksiz uzatiladi. Raqamli esa diskret shaklida.

Download 412,71 Kb.
  1   2   3




Download 412,71 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar reja: Analogli signallar

Download 412,71 Kb.
Pdf ko'rish