• Tayanch
  • Katta
  • mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish




    Download 2,26 Mb.
    bet19/61
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,26 Mb.
    #228433
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
    Bog'liq
    mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish

    MAVZU. BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARI




    Reja

      1. Katta hajmli ma’lumotlar (Big Data)

      2. Neyrotexnologiya va sun’iy intellekt

      3. Blokcheyn va kvant texnologiyalari

    Tayanch iboralar: BigData, neyronlar, blokcheyn. To‘ldirilgan reallik
    Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi raqamli inqilobdan boshlandi. Raqamli inqilob 1950 yillarning oxirlarida paydo boʻlgan mexanik va analog elektron texnologiyalardan raqamli elektronikaga oʻtish davridir.
    Ushbu atama XX asrning ikkinchi yarmida raqamli hisoblash va aloqa texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan tub oʻzgarishlarni ham anglatadi. Qishloq xoʻjaligi va sanoat inqiloblari singari, raqamlashtirish yangi, ya’ni raqamli davrni boshlab berdi.
    Raqamli iqtisodiyotning soʻnggi texnologiyalariga katta hajmli ma’lumotlar, neyrotexnologiyalar, sun’iy intellekt, taqsimlangan reyestr tizimlari (blockchain), kvant texnologiyalari, yangi ishlab chiqarish texnologiyalari, sanoat Interneti, robototexnika, sensorika, simsiz aloqa, virtual va toʻldirilgan voqelik kabilar kiradi.

    Katta hajmli ma’lumotlar (Big Data)


    Katta hajmli ma’lumotlar 2000-yillarning oxirida paydo boʻlgan va ma’lumotlar bazasini boshqarishning an’anaviy tizimlari va Business Intelligence sinfidagi yechimlarga muqobil boʻlgan gorizontal miqyosli(scale-out) dasturiy vositalar yordamida samarali ishlov berilgan yetarlicha xilma-xillikda tuzilgan tarkiblangan va tarkiblanmagan ulkan hajmli ma’lumotlarni anglatadi. Ular axborotni taqsimotli tahlil qilish imkonini beradi.
    Katta hajmli ma’lumotlarning tahlili avvaldan noma’lum boʻlgan yangi axborotni olish uchun amalga oshiriladi. Bunday topilma-ixtirolar topishmoq, tasodifiy anglashni bildiruvchi insayt deb yuritiladi.
    Big data atamasini Nature jurnalining muharriri Klifford Linch tomonidan 2008 yil jahon axborot hajmining jadal oʻsishiga bagʻishlangan maxsus sonida qoʻllanilgan. Bungacha ham katta ma’lumotlardan foydalanilgan. Kuniga 100 Gbt dan ortgan axborot oqimini Big data guruhiga kiritiladi.


        1. rasm. Internet va mobil texnologiyalar

    Big Dataning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun “5V”qoʻllaniladi.


        1. rasm. 5 V ning doiraviy harakati

    2-rasmda keltirilgan 5 V ning har biriga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.



    Download 2,26 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




    Download 2,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish

    Download 2,26 Mb.