• Yangi mavzu bayoni
  • Mavzu: Reaktiv harakat a Ta’limiy: Reaktiv harakat haqida tushuncha berish




    Download 6,09 Kb.
    bet2/3
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,09 Kb.
    #99609
    1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu Reaktiv harakat a Ta’limiy Reaktiv harakat haqida tushun-fayllar.org

    Darsga tayyorgarlik ko`rish

    Takrorlash

    Takrorlash

    1. To’qnashishlar necha xil bo’ladi.

    2. to’qnashishdan keyingi tezlikni topish formulasini ayting.

    Yo’nalish bir xil va qarama-qarshi holat uchun.

    3. Noelastik to’qnashishga misollar keltiring.

    4. Bir xii yo'nalishda, 2v va v tezlik bilan harakatlanayotgan, massalari mos ravishda 2m va m bo'lgan jismlar o'zaro noelastik to'qnashgandan keyin qanday U tezlik bilan harakat qiladilar?

    5. Tezligi 0,5 m/s, massasi 20 t bo'lgan vagon tezligi 0,2 m/s, massasi 15 t bo'lgan vagonni quvib yetdi va unga ulanib qoldi. Vagonlarning birgalikdagi tezligi qanday (cm/s)?

    Yangi mavzu bayoni

    Yangi mavzu bayoni

    Reaktiv harakat. Raketaning tuzilishi va ishlash prinsipi



    Yopiq sistemaning bir qismi biror tezlik bilan harakat qilsa, sistemaning qolgan qismi unga qarama­qarshi yo‘nalishda harakatga keladi. Vujudga kelgan bunday harakat reaktiv harakat deyiladi.
    Reaktiv harakatni tasavvur qilish uchun quyidagi tajribani o‘tkazaylik. Probirkaning yarmigacha suv quyib, tiqin bilan yopaylik va 123­rasmdagidek aravachaga o‘rnataylik. Quruq yonilg‘i alangasida probirkadagi suvni isitaylik. Suv qaynash darajasiga yaqinlashganda tiqin katta tezlik bilan otiladi, aravacha esa tiqin yo‘nalishiga qarama­qarshi tomonga harakatlanadi. Bunda tiqinni probirkadan otib chiqaruvchi bug‘ning bosim kuchiga qarama­qarshi yo‘nalgan reaktiv kuch paydo bo‘ladi. Reaktiv kuch ta’sirida aravacha tiqin harakatiga qarama­qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.
    Keyingi 50–60 yil ichida fazoga ko‘plab kosmik kemalar, Yerning sun’iy yo‘ldoshlari uchirildi. Ularni Yerdan orbitaga raketalar olib chiqadi.
    Reaktiv kuch ta’sirida harakatlanadigan kosmik uchish sistemalari raketa deb ataladi.
    Raketaning harakati reaktiv harakatga asoslangan. Uning tuzilishi sxematik ravishda rasmda tasvirlangan. Raketa, asosan, to‘rt qismdan iborat. 1-qismda Yer atrofidagi orbitaga chiqarib qo‘yiladigan kosmik kema yoki sun’iy yo‘ldosh joylashgan. Raketaning 2-­qismini yoqilg‘i va raketani Yerdan uchirish jihozlari tashkil etadi. 3-­qismda yoqilg‘i yonish kamerasi joylashgan bo‘lib, bu yerda yo qilg‘i yonishi natijasida yuqori harorat va bosimli gaz yig‘iladi. Bunday gaz reaktiv soplo (4­-qism) orqali juda katta tezlikda tashqariga chiqariladi.
    Impulsning saqlanish qonuni asosida hosil bo‘ladigan reaktiv harakat kosmonavtikaning asosi hisoblanadi. Kosmik raketa va kemalarning yaratili shiga olimlardan K. E. Siolkovskiy (1852–1935), S. P. Korolyov (1906–1966), M. V. Keldish (1911–1978), V. Braun (1912–1976), G. Obert (1894–1989) va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Hozirda kosmonavtika sohasi yuksak darajada taraqqiy etib bormoqda.

    Download 6,09 Kb.
    1   2   3




    Download 6,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Reaktiv harakat a Ta’limiy: Reaktiv harakat haqida tushuncha berish

    Download 6,09 Kb.