|
Mavzu rejasi
|
bet | 3/4 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 209,69 Kb. | | #272263 |
Bog'liq Tanovorlarga ishlov berish operatsiyalarini tashkil etishda echiluvchi asosiy masalalar5.Mexanik ishlov berish
Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina asosiy jarayonlar: mashina detallariga mexanik ishlov berish, ularni yig’ish kirmasdan, balki yordamchi turdagi jarayonlar: detallarni tashish, nazorat qilish, kesuvchi asboblar va moslamalarni tayyorlash kabi jarayonlar ham kiradi. Texnologik jarayon material yoki zagotovkadan tayyor mahsulot olish maqsadida ularning shaklini, o’lchamlarini va xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket o’zgartirishdan iborat
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi davrlardan iborat bo’ladi: 1) zagotovka tayyorlash – quyish, bolg’alash, shtamplash yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish; 2) mashina detallarini yakuniy shakl va o’lchamlarga keltirish uchun metall kesish dastgohlarida ishlov berish; 3) yig’ma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni hosil qilish; 4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig’ish; 5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash; 6) mashina yoki mahsulotni bo’yash va ularni konservatsiya qilish. Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlarning barcha operatsiyalarida texnik nazorat o’tkaziladi. Texnik nazorat o’tkazishdan maqsad mahsulotni talab qilingan texnik shartlarga javob bera olishini tekshirishdan iborat. Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni kam material va mehnat resurslarini sarflagan holda talab etilgan texnik shartlar asosida tayyor mahsulot yaratishga qaratilgan bo’lishi kerak. Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida loyihali, ishchi, donaviy, namunaviy, standart, vaqtli, taraqqiy xarakterdagi (kelgusida qo’llaniluvchi), marshrutli, operatsiya uchun va marshrutli-operatsiyali bo’lishi mumkin.
Mashina va mexanizmlarni loyihalashada kinematik, mustahkamlik, bikrlik, yemirilishga chidamlilik hisoblari bilan bir qatorda aniqlik hisoblari ham bajariladi. Aniqlik - bu har qanday mashina va asbobning asosiy ko’rsatkichlaridan biri. Absolyut aniq detalni tayyorlash mumkin emas, chunki uni tayyorlash jarayonida turli xatoliklar tug’iladi. Shuning uchun ham mexanik ishlov berishda turli aniqliklarga erishiladi. Mexanik ishlov berish natijasida hosil bo’lgan detalning aniqligi qator omillarga bog’liq bo’ladi va quyidagilar bilan ifodalanadi: a) detalning yoki uning alohida konstruktiv elementlarining to’g’ri geometrik shakldan og’ishi; b) detalning haqiqiy o’lchamlarini uning nominal o’lchamlaridan og’ishi; v) detalning yuzalarini, o’qlarini o’zaro aniq joylashishdan og’ishi (masalan: o’zaro paralellikdan og’ish, o’zaro perpendikulyarlikdan og’ish va shu kabilar). Mexanik ishlov berishning tannarxi va mehnat sarfi talab etilayotgan detal aniqligiga bog’liq bo’ladi. Detalning aniqligi qancha yuqori bo’lsa uning tannarxi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Mexanik ishlov berilgan detal yuzasining sifati quyidagi ikki asosiy xususiyat bilan xarakterlanadi: a) mexanik ishlov berilgan metall sirtining fizik-mexanik xususiyatlari; b) yuzaning g’adir-budirlik darajasi (boshqacha qilib aytganda yuzaning tozaligi yoki tekisligi). Detal sirt qatlamining fizik-mexanik xususiyatlari mexanik ishlov berish usullari va metallning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Mexanik ishlov berish jarayonida hosil bo’lgan issiqlik va kuchlar ta’sirida metallning sirt yuzasini xususiyatlari o’zgaradi, ya’ni uning qattiqligi ortadi, qoldiq kuchlanishlar paydo bo’ladi, naklyop sodir bo’ladi, bularning barchasi plastik deformatsiya asosida vujudga keladi. Naklyoplanish darajasi va qoldiq kuchlanishlar kattaligi plastik deformatsiyani qanchalik chuqurlikda ta’sir etishiga bog’liq. Bu holat o’z navbatida kesish ma’romlariga bog’liq bo’ladi.
|
| |