• Ma’lumotlar bazasini loyihalashda quyidagilarga e’tibor berish kerak 1. ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash 2. Maʼlumotlar Bazasining tuzilishini rejalash
  • Mavzu: Relyatsion ma‘lumotlar bazasini loyihalash Reja: relyatsion model haqida tushuncha Ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana05.06.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #69967


    Mavzu: Relyatsion ma‘lumotlar bazasini loyihalash
    Reja:
    1) Relyatsion model haqida tushuncha
    2) Ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash


    Eng kengtarqalgan model, relyatsion model, ma'lumotlarni jadvallarga ajratadi.
    Har bir jadval ustunlar va qatorlardan iborat. Har bir ustunda biror obyektga oid
    atributlar keltirilgan, masalan mahsulot narx, foydalanuvchi ismi yoki tug'ilgan
    sanasi, pochta indeksi va hokazo. Bu atributlar birgalikda domen deb
    ataladi. Jadvalning qatorlari esa aynan bitta obyekt(buyum, shaxs, joy) haqidagi
    ma'lumotlarni saqlaydi.
    Quyida biz Foydalanuvchilar haqida ma'lumot saqlash uchun Foydaianuvchiiar
    jadvalini yaratdik.Jadvaladagi
    ID
    , ism, Famiiiya, Teiefon foydalanuvchining
    attributlari hisoblanadi. Birgalikda esa attributlar domen deb ataladi.



    MB bir nechta jadvallardan iborat bo’lishi tabiiy. Misol uchun Mahsulotlar haqidagi
    ma'lumotlarni saqlash uchun alohida jadval, xaridor uchun alohida jadval. Mijozlar
    uchun alohida jadval va hokazo. Biror jadvalni boshqa jadvlaga bog’lash uchun
    jadval attributlaridan biri (yoki attriburtlar birikmasi) primary (asosiy) kalit etib
    tayinlanadi. Boshqa jadvallar esa bu attributga foreign key deb murojaat qiladi.
    Relational Model jadvallar o'rtasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Masalan
    mijozlar va ularsotib olgan mahsulotlar jadvali, yoki talabalar va ular o'qiyotgan
    fanlar alohida jadvallarda saqlansada, ular o'rtasidagi munosabat relational model
    yordamida ko'rsatiladi. Bunday munosabatlar one-to-one (birga-bir), one-to-many
    (birga-ko’p) yoki many-to-many (ko‘pga-ko‘p) ko'rinishida bo’lishi mumkin.



    Ma’lumotlar bazasini loyihalashda quyidagilarga e’tibor berish kerak
    1. ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash
    2. Maʼlumotlar Bazasining tuzilishini rejalash
    3. Jadvallar oʻrtasida munosabat


    Maʼlumotlar bazasiga har tomonlama qarashni unutmaslik kerak. Masalan, onlayn 
    doʻkon uchun baza yaratganda, bazaga mijoz sifatida, yoki sotuvchi sifatida 
    qarashingiz mumkin va bu ikkisi uchun bir hil maʼlumotlar turli koʻrinishda 
    koʻrsatilishi kerakligini hisobga oling.
    1) Talablar va maqsdalarni aniqlash uchuh quyidagi qadamlarni bajarish mumkin:
    2) Bazani ishlatadigan odamlardan intervyu oling
    3) Hisob-fakturalar, ish jadvallari, so’rovnomalar kabi biznes hujjatlarni tahlil qiling
    4) Mavjud ma’lumotlar tizimlarini oʻrganing (shu jumladan jismoniy va raqamli 
    fayllar


    Navbat ma’lumotlar bazasiga kiritilishi kerak bo’lgan barcha maʼlumotlarni yig’ib, ularni 
    turlarga ajratish: shaxslar, joylar, buyumlar, talabalar, fanlar, hodisalar va hokazo. Har bir 
    turdagi maʼlumotlarning attributlarini ham aniqlab oling:
    Xaridorlar
     Ism
     Manzil
     Shahar, tuman, viloyat
     E-pochta manzili
     Telefon raqami
    Mahsulotlar
     Nomi
     Narxi
     Zaxiradagi miqdori
     Buyurtma miqdori


    Buyurtmalar
    Buyurtma ID
    Buyurtmani qabul qilgan sotuvchi
    Sana
    Mahsulotlar
    Miqdor
    Narx
    Jami
    Keyinchalik bu ma`lumotlar bevosita MB jadvallarini shakllantirishda ishlatiladi. 
    Maʼlumotlarni imkon qadar mayda boʻlaklarga boʻling. Misol uchun, manzilni 
    shahar, tuman, viloyat qilib ajratsangiz, kelajakda MBdagi foydalanuvhchilarni 
    tuman, shahar yoki viloyat boʻyicha ajratib olishingiz qulay boʻladi.

    Download 0.53 Mb.




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Relyatsion ma‘lumotlar bazasini loyihalash Reja: relyatsion model haqida tushuncha Ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash

    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish