Mavzu: Respublikamizda innovatsion taraqqiyotning o’ziga xos yo’llari




Download 109,01 Kb.
bet1/2
Sana16.05.2024
Hajmi109,01 Kb.
#238513
  1   2
Bog'liq
Respublikamizda innovatsion taraqqiyotning o’ziga xos yo’llari


Mavzu:Respublikamizda innovatsion taraqqiyotning o’ziga xos yo’llari


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta‘minlovchi asosiy bo’g’in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Respublikamizda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqarorligini ta‘minlash va uni qo’llab-quvvatlash mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri qilib belgilangan.
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi muhim roli shundan iboratki, uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta‘minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining oshishini ta‘minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo’jalik faoliyatining shakli sifatida yuqori darajada universalligi, faoliyatning keng doirasi, ixchamligi va har qanday sharoitga tez moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jamiyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy farovonlikni oshirishning kafolati desak mubolag’ a bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek,
―Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o’rinlari yaratib, nafaqat o’zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so’nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bo’lishi shart. Kerak bo’lsa, xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o’zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug’dirib berishimiz lozim‖[1].
Hozirgi kun dunyo iqtisodiyotini innovatsion yangiliklarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ayni paytda jamiyat hayotida innovatsion soha shu darajada jadal rivojlanmoqdaki, iqtisodiyotda innovatsiyalarning ulushi kundan kunga oshib bormoqda va buning natijasida innovatsiya xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning asosiy boyligiga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek, ―Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo’ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o’ziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz‖[1].
A.Smit fikricha, ―tadbirkor – kapital egasi. U muayyan tijorat g’ oyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bog’liqdir. Tadbirkorlikdan olingan daromad, A.Smit fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o’zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qiladi‖.
2018-yil 5-may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida‖gi PQ 3697-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, o’tkazilgan tahlil natijalari mamlakatda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to’sqinlik qiluvchi, jumladan, quyidagi qator tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi[2]:
birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini hisobga olgan holda ilg’or va zamonaviy innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar va innovatsiyalar bozorini tizimli tahlil qilish yo’lga qo’yilmagan;
ikkinchidan, innovatsion loyihalar-startaplarga investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasiga innovatsiyalarni faol joriy qiluvchi iqtidorli tadbirkorlar faoliyatiga ko’maklashish va muvofiqlashtirish ishlari lozim darajada amalga oshirilmayapti;
uchinchidan, innovatsion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovatsion va muvaffaqiyatli texnologik loyihalar- startaplarni ishlab chiqish va ilgari surish bo’yicha zarur ko’nikmalarga ega tadbirkorlarning yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda;
to„rtinchidan, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ma‘lumotlar bazasi mavjud emas, yangi resurslarni yaratish va tajribani biznes- tuzilmalarga o’tkazish amaliyoti rivojlanmasdan qolmoqda;
beshinchidan, innovatsion ishlanmalar bozorini qo’llab-quvvatlash mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovatsion g’oyalardan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish yo’lga qo’yilmagan, innovatsion ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga javob bermaydi;
oltinchidan, innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar sohasiga texnika oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari va iqtidorli yoshlarni jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni yaratishga lozim darajada e‘tibor qaratilmayapti;
yettinchidan, aholi o’rtasida innovatsion tadbirkorlikni ommalashtirish ishlari samarali olib borilmayapti, innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga va ilgari surishga jalb qilishda texnik va psixologik to’siqlar saqlanib qolmoqda.
Kichik biznesni rivojlantirishda innovatsiyaning ahamiyati juda ham katta. Korxonalarda innovatsion yangiliklarni o’z vaqtida va o’z o’rnida qo’llash xarajatlarning keskin kamayishiga hamda mehnat unumdorligining o’sishiga olib keladi. Buni biz rivojlangan mamlakatlar tajribasida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Masalan Yaponiya, Amerika, Germaniya kabi mamlakatlar shular jumlasidandir.[3]
―Forbes‖ jurnalining ma‘lumotiga ko’ra, dunyodagi eng yuqori darajadagi innovatsion kompaniyalarning deyarli 10 foizi Yaponiyada joylashgan ekan. Dunyoni o’zgartira olgan eng katta ixtirolarning ko’pchiligi aynan Yaponiyada yaratilgan. Masalan, cho’ntak kalkulyatori (1970), android robotlar (2003), ekspress poyezdlari (1964) va boshqalar‖[4]. Endi Germaniyaga to’xtaladigan bo’lsak,
―National Geographic‖ Germaniyani ―Yevropaning eng kuchli iqtisodiy va industrial kuchi‖ deb ta‘riflaydi, chunki Germaniya tadqiqot, texnologiya va ilm-fanni rivojlantirishga juda ko’p kuch va vaqt sarflaydi. Gete institutining ma‘lumotiga ko’ra, ―2016-yilda Germaniya hukumati tomonidan 80 milliard yevro ilmiy tadqiqotni rivojlantirishga ajratilgan. Germaniya bu borada AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadigan yirik global investordir. Germaniya tadqiqot va rivojlanishga katta miqdorda iqtisodiy chiqimlarni bag’ishlaydigan eng yaxshi o’n mamlakat ichida. Shuningdek, u yangi innovatsiyalarni yaratish bo’yicha ham birinchi o’ntalikda‖. Bilamizki, Germaniya – kichik va o’rta biznes mamlakatdir. Germaniyada 500 tagacha ishchisi bo’lgan har qanday tadbirkorlik kichik biznes hisoblanadi va u



yerdagi kompaniyalarning 99 foizini aynan shu turdagi kompaniyalar tashkil etadi. Buni aniq sonlar bilan aytganda 3,6 mln kompaniya yoki Germaniyadagi barcha ish o’rinlarining 80 foizi demakdir‖ [5]. Bulardan shu narsa yaqqol ko’rinadiki, rivojlangan mamlaktlarda kichik biznes mamlakat iqtisodiyotining taqdirini belgilaydigan asosiy omildir.
Rivojlanayotgan davlat sifatida O’zbekistonda ham kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini ta‘minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda kichik biznes taraqqiyoti natijasida ularning mamlakatga yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmog’idagi ulushining ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. (1-rasm)



Download 109,01 Kb.
  1   2




Download 109,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Respublikamizda innovatsion taraqqiyotning o’ziga xos yo’llari

Download 109,01 Kb.