-rasm. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi




Download 109,01 Kb.
bet2/2
Sana16.05.2024
Hajmi109,01 Kb.
#238513
1   2
Bog'liq
Respublikamizda innovatsion taraqqiyotning o’ziga xos yo’llari

1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi.


Manba: O„zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo„mitasi ma‟lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

  1. rasmda keltirilgan ma‘lumotlarga asosan O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIM dagi ulushi 2000-yilda 31 foizni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2017-yilga kelib 53,3 foizga yetdi va 2000-yilga nisbatan 1,7 barobar oshdi. Bunday natija birinchi navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasi bo’lib, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishiga unga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma muassasalarining tashkil etilishi va xizmat sifati darajasining yaxshilanib borayotganligidan deb izohlash maqsadga muvofiqdir.




Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta‘minlash, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2017-yil davomida 38,2 mingdan ortiq yangi kichik tadbirkorlik sub‘ektlarini tashkil etish imkonini berdi yoki 2016-yilga nisbatan 122,0 foizga ko’paydi. Mazkur kichik biznes subyektlarining eng ko’p qismi sanoat tarmog’ida (27 foiz), savdo sohasida (21 foiz), qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida (13 foiz) va qurilish tarmog’ida (10 foiz) tashkil etgan (2-rasm).



  1. rasm. 2017-yil yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi (foizda)[6].




2018-yil yanvar-sentabr oylariga kelib, 38,1 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilinib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 23,6 foizga ko’paydi. Eng ko’p kichik korxona va mikrofirmalar savdo sohasida (23,1 foiz), sanoat tarmog’ida (22,4 foiz), qurilish tarmog’ ida (12,9 foiz), qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida (11,8 foiz), yashash va ovqatlanishda (7.6 foiz), tashish va saqlashda (4 foiz) tashkil etilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy xususiyati shuki, uning uchun mintaqaviy omillar qoida tariqasida, investorlar jalb etish jarayoniga ta‘siri jihatidan ustunlik qiladi. Investitsiyaviy muhit tahlilini tarmoqlar bo’yicha olib borish zarurligini ko’rsatib o’tish kerak. Chunki, ijobiy investitsiyaviy omillar turli tarmoqlar uchun o’ziga xos jihatlarga ega. Shu bois ham, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ish muhitini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar faol davom ettirilmoqda. Bu esa o’z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududlar bo’yicha ulushini ham oshirmoqda.
Download 109,01 Kb.
1   2




Download 109,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi

Download 109,01 Kb.