-usul Kommutatorning muhimliligi (priority) bo`yicha Rootni tayinlash




Download 0.62 Mb.
bet3/5
Sana04.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#33143
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-laboratoriya ishi
Презентация тургенов, 2 5300819405175788052, bayon, изучение риска использования виртуальной валюты при совершении транзакций на примере сети Биткойн, Arabcha so`zlar, Ochiq dars taqdimot, qissasi-ar-rabg-uziy-asarining-o-ziga-xosligi-va-janrlar-tarkibi (9), Dastulash 2 oraliq test, geometriya 10 uzb, трема жамоа Сирдарё вилояти 2023 йил гулистон шахар, AMALIYOT HISOBOTI, 3-топширик учун қўлланма (1), 5-xalq doc
2-usul Kommutatorning muhimliligi (priority) bo`yicha Rootni tayinlash:
s panning-tree vlan vlan-id priority value - tarmoq uchun asosiy bo`lgan kommutatorni (ildiz kommutatorni) ko`rsatish uchun foydalaniladi. Muhimliligi (priority) kichik kommutator asosiy kommutator hisoblanadi. (masalan, spanning-tree vlan 1 priority 24576). Tarmoqdagi kommutatorlar dastlabki holatda barchasi bir xil bo`ladi (Priority 32769).

Priorityni o`rnatishda qadamlar soniga e’tibor beriladi, ya’ni har bir qadam uzunliligi 4096 ga teng.




Bu usul bo`yicha sw4 ni root switch qilib sozlaymiz (Eslatma: sw2ga sozlangan kommandani olib tashlang. sw2(config)#no spanning-tree vlan 1 root primary).


Switch>enable
Switch#configure terminal
Switch(config)#hostname sw4
sw4(config)#spanning-tree vlan 1 priority 24576
Sw4(config)#exit

Yuqorida keltirilgan tarmoq parametrlari sozlangandan keyin kommutatorlar bir-biriga xabar jo`natib, LAN tarmog`i uchun ildiz kommutatorni tanlab oladi. Xozirgi mavjud konfiguratsiyalarni ko`rish uchun:
show spanning-tree – kommutator uchun ko`prik (most) muhimliliklarini ko`rishda foydalaniladi
show spanning-tree active - spanning-tree protokolida ishlayotgan faqat faol interfeyslarning konfiguratsiyasini ko`rsatadi.
show spanning-tree summary —port holatlari haqida ma’lumot beradi.
show spanning-tree root — ildiz ko`prigining konfiguratsiyasi haqida ma’lumot beradi.
show spanning-tree detail —port haqida batafsil ma’lumot olish
show spanning-tree interface — STP interfeysi va konfiguratsiyasi holati haqida ma’lumot beradi.
2-topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot


Agregatsiya kanal (ingilizcha link aggregation) – bir nechta fizik kanalni bitta mantiqiy kanalga birlashtirish imkonini beradigan texnologiya. Agregatsiya kanal fizik kanal bo`ylab mantiqiy kanalda trafiklarni taqsimlash va bitta yoki bir nechta jismoniy kanallarni bitta mantiqiy kanalda ichki rad etilish holati sodir bo`lganda zahiralash imkonini beradi. Bunday texnologiya kanal o`tkazish qobilyatini va ishonchligini oshirish imkonini beradi. Tarmoq topologiyasi 5.6-rasmda keltirilgan

5.6 - rasm. Kommutatorlar o`rtasida agregatsiya kanalning tashkil etilishi


Agregatsiya kanallar to`g`risida umumiy axborotlar


Agregatsiya kanallar ikkita masalani echish imkonini beradi:

    • Kanalni o`tkazish qobiliyatini oshirish

    • Kanallardan biri qatordan chiqqanda zahirani ta’minlaydi.

Agregatsiya kanallar ikkita kommutator, kommutator va marshrutizator, kommutator va xostlar o`rtasida yaratilishi mumkin.
Cisco da kanallarni agregatsiyalash uchun quyidagi uchta variantdan biridan foydalanish mumkin:

    • LACP (Link Aggregation Control Protocol) standart protokol;

    • PAgP (Port Aggregation Protocol);

    • Protokoldan foydalanmaydigan statik agregatsiyalash.

EtherChannel mantiqiy kanal fizik kanal bo`ylab kadrlarni taqsimlaydi, raqamli belgiga ega kadrda manzil to`g`risida axborotlarga tegishli ikkilik shablonda ifodalaydi, dastlabki bosqichida mantiqiy kanalda fizik kanallardan biri tanlaniladi. EtherChannel kanallarni taqsimlash Cisco xeshlash algoritmiga asoslanadi.


Cisco qurilmasida kanalni agregatsiyalashni sozlashda bir nechta terminlardan foydalaniladi:

    • EtherChannel — kanallarni agregatsiyalash texnologiyasi. Termin kanallarni agregatsiyalash uchun Cisco da foydalaniladi. EtherChannel dan ekranlanmagan juft o`ramli kabellar (UTP) yoki bir va ko`p moddali optik tolali kabellar orqali lokal tarmoqda kommutatorlarni, marshrutizatorlar, serverlar, mijozlar bir-biri bilan bog`lashda foydalaniladi.

    • port-channel — mantiqiy interfeys, ya’ni fizik interfeyslarni birlashtiradi.

    • channel-group — bu buyruq qaysi mantiqiy interfeys fizik interfeysda joylashganligini va qaysi agregatsiyalash rejimidan foydalanishi ko`rsatadi.


5.7-rasm. Port-channel mantiqiy interfeys


Bu terminlar kanallarni agregatsiyalashda foydalaniladi.


Sxemada channel-group buyrug`idan keyingi son Port-channel mantiqiy interfeys raqamini bildiradi. Ikki tarafi Agregatsiyalangan kanalli mantiqiy interfeys raqami bir-biriga mos kelishi kerak. Raqam bitta kommutatorda turli port guruxlarini farqlashda foydalaniladi.

Download 0.62 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-usul Kommutatorning muhimliligi (priority) bo`yicha Rootni tayinlash

Download 0.62 Mb.