• II.Topshiriqlar
  • IV.Nazorat savollari va testlari: 1
  • VI.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
  • Mavzu: Server tomondan boshqaruv elementlari. I. Ishning maqsadi




    Download 197.21 Kb.
    Sana27.03.2024
    Hajmi197.21 Kb.
    #178308
    Bog'liq
    mavzu 8


    O`quv-malakaviy amaliyot 8-topshiriq

    Mavzu: Server tomondan boshqaruv elementlari.
    I.Ishning maqsadi:
    Talabalarda C# muhitida Server tomondan boshqaruv elementlari bo’yicha nazariy va amaliy ko’nikma hosil qilish.
    II.Topshiriqlar:

    1. Kliyent tomondan holatni boshqarish va server tomondan boshqaruv elementlarini qo’llanilishi bilan tanishish.

    III.Topshiriqning bajarilishi:
    Server mijoz kompyuterlari soʻroviga javob berish uchun moʻljallangan, nisbatan yuqori hisoblash imkoniga ega boʻlgan kompyuter. Server ma'lum bir sohaga xizmat qilishi ham mumkin. Server tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari internetga kirish darvozalari hisoblanadi.
    Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi. Ajratilgan server, Virtual server, Proksi-server,Ajratilgan server va Protokol. Yirik kompaniyalar ko`pgina kompyuterlarga ega bo`lishadi. Tashkilotning barcha tarmoq xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter ajratilib, unga maxsus dasturlar o`rnatiladi, internetga doimiy holda ulanadi va uni ajratilgan server deb atashadi. Bu server orqali barcha kompyuterlar internetga chiqa olishadi. Web server tushunchasini ikki xil ma'noda ishlatish mumkin. Agarda gap WWW xizmatini ko'rsatish haqida borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga Web sahifa va saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur ma'nosini anglatadi. Web serverni siz oʻz uyingizda yaratishingiz mumkin. Uning uchun bitta kompyuter ajratib, unga biror veb dastur oʻrnatasiz va bu dasturni yaxshilab sozlashingiz kerak boʻladi. Soʻng oʻz saytingizni shu serverga joylashtirasiz va biror domen sotib olasiz. Bundan kelib chiqadiki, saytingiz ishlashi uchun siz ajratgan kompyuter doim yoqilgan holatda boʻlishi kerak. Web serverga oʻrnatiladigan web dastur turlari koʻpdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta Apachedir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan chiqarilgan.
    Visual Studio o'zining shaxsiy ASP.NET Web Development Serveriga ega bo'lagani uchun IIS bilan ishlashga hech qanday hojat qolmaydi. Quyidagi sxemada Web-brouzerdan kelib tushgan so'rov bo'yicha bajariluvchi ASP.NET muhitini qanday ishlashini 2-rasmda ko'rishimiz mumkin.

    Web-loyihalar bilan ishlash jarayonida ko'pgina hollarda mavjud bo'lgan instrumentlar to'plami kerakli talablarni qanoatlantirmasligi muammosiga duch kelamiz. Web-ilova web-serverni HTML-kodni kliyentga yuborishga majbur qiladi. Bunday kodlar Internet Explorer kabi web-brouzerlarda aks etadi.Brouzerning Adreslar satriga foydalanuvchi URL-adresni kiritganda Webserverga HTTP- so'rov yuboriladi. HTTP-so'rov tarkibiga so'ralgan fayl nomi va quyidagi qo'shimcha ma'lumotlar kiradi: identifikatsiyalanuvchi kliyent ilovasi, klient tomonidan qo'llab-quvvatlanuvchi tillar, kerakli so'rov bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar. Web-server Web-brouzer asosida foydalanuvchiga matnli darcha, tugmalar va ro'yxatlarni ko'rsatuvchi tarkibiga HTML-kod kiruvchi HTTP protokolini qaytaradi Hozirgi kunda Amerika, Yevropa va Isroilda ASP.NET dasturchilar PHP dasturchilariga nisbatan o'n barobar ko'p. Bu esa shuni izohlaydiki, katta va qimmat hisoblanadigan loyihalarni yaratishda PHP dan ko'ra ASP.NET da yozilgan dasturlar tezroq ishlaydi va deyarli ishdan chiqmaydi.



    IV.Nazorat savollari va testlari:
    1. Server tomonda qanaqa boshqaruv elementlaridan foydalaniladi?
    2. Visual Studio o'zining qanday shaxsiy Serveriga ega bo'lagani uchun IIS bilan ishlashga hech qanday hojat qolmaydi.?
    3. Web-loyihalar bilan ishlash jarayonida ko'pgina hollarda mavjud bo'lgan instrumentlar qanday foydalaniladi?

    V.Xulosa:
    Ushbu topshiriqni bajarish davomida server tomonidan qanday boshqaruv elementlaridan foydalanilishi haqida, boshqaruv elementlaridan qay tartibda foydalanish hamda boshqaruv qismida boshqaruv elementlarini ahamiyati, ularning havfsizligi haqida yangi bilimlarga ega bo’ldim. Boshqaruv elementlari yordamida boshqaruv panelida ma’lumotlarni boshqarishda ya’ni ularni kiritish, tahrirlash, o’chirish hamda chop etishda foydalanilishini korib chiqdim.


    VI.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

    1. https://metanit.com/sharp/tutorial

    2. https://www.tutorialsteacher.com/csharp

    3. www.ziyonet.uz.

    4. Чамберс Джеймс, Пэкетт Дэвид, Тиммс Саймон. ASP.NET Core. Разработка приложений.-Спб.: Питер, 2018.-464 с.

    5. Сеппа Д. Microsoft ADO.NET. Пер. с англ. –М.: Издательско-торговый дом «Русская редакция», 2003. -640 с.

    Download 197.21 Kb.




    Download 197.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Server tomondan boshqaruv elementlari. I. Ishning maqsadi

    Download 197.21 Kb.