|
Mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi
|
bet | 1/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 37,99 Kb. | | #231211 |
Bog'liq Mavzu sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi
MAVZU: SEZGI VA IDROKNING PSIXOLOGIK MOHIYATI, FIZIOLOGIYASI.
REJA:
Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.
Idrok haqida tushuncha.
Idrokning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari.
Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya.
Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish.
Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. Ma`lumki bizni o`rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko`p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta`mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g`adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a`zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
Sezgi deb- atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a`zolarimizga bevosita ta`sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo`lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo`zg`atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta`sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma`lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o`tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo`lgani bilan uning yuzaga kelishi o`z-o`zidan hosil bo`lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Sezgi a`zolariga ta`sir etadigan narsa va hodisaning bo`lishi.
Sezuvchi apparat, ya`ni analizatorning mavjud bo`lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
Analizator - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta`sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo`lgan qo`zg`alishni psixik jarayonga, ya`ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo`lib, ular quyidagilardan iborat:
periferik (reseptor) - tashqi quvvatni nerv jarayoniga o`tkazadigan maxsus transformator qismi;
analizatorning periferik bo`limining markaziy analizator bilan bog`laydigan yo`llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
analizatorning periferik bo`limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo`ladigan qobiq osti va qobiq bo`limlari.
Analizator nerv jarayonlarining yohud reflektor yoyining butun yo`li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi reseptordan ta`sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo`llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o`zaro munosabati murakkab organizmning tevarak-atrofdagi olamda to`g`ri mo`ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta`minlaydi.
|
| |