• Nazorat savollari.
  • mavzu soat juftlik Muloqot samaradorligini belgilovchi omillar




    Download 45.31 Kb.
    bet3/3
    Sana26.01.2024
    Hajmi45.31 Kb.
    #146526
    1   2   3
    Bog'liq
    Muloqot 5-mavzu

    Pantomimika- inson tanasi yoki uning qisimlari yordamida ifodalanadigan harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so‘zlar 7% ni, tovushlar va intonatsiya 38%, nutqsiz muloqot esa 55% ni, tashkil qiladi.
    Publitsiya aytganidek, biz “Ovoz bilan gapiarmiz tana bilan suhbatlashamiz”. Noverbal kommunikatsiyaning boshqa belgilari tizimlari ko‘rib chiqsak maqsadga muvofiqdir. Paralingvistika va ekstralingvistika belgilar tizim-bu lokalizatsiya tizimi bo‘lib, u ovoz sifatida diapozonini nutqdagi pauzalar, yo‘tal, yig‘i, kulgu, nutq tempida namoyon bo‘ladi. Muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilarni bir-biriga nisbatan joylashishlari ham ahamiyatga ega.
    Masalan, auditoriyadagi stollar joylashishi muloqot uchun juda noqulaydir. Ayniqsa, seminar mashg‘ulotlari jarayonida o‘qituvchi, ma’ruzachi muloqoti vaqtida qolganlari munozarada faol ishtirok etish imkoniyatiga ega emasdirlar. Seminar yoki shu kabi suhbatlarni “T” shaklida joylahgan stol stullarda o‘tkazish ham foydali, lekin dumaloq shakilda joylashtirilgan stol, stullarda muloqot juda samarali bo‘ladi. Vizual muloqotda “ko‘z kontakti” belgilar tizimi ham qo‘llaniladi. Ushbu tizim pedagoglar, rahbarlar ish faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. Qiziqarli belgilar tizimi sifatida muloqot jarayonida gul, fotorasm va boshqalardan foydalanish mumkin. Ehtimol gullar orqali insonlar ma’lum bir ma’lumotni uzatish imkoniyatiga egalar. Shu bois gullar tarixi haqida ayrim ma’lumotlarni keltiramiz. Gullar tili qadimda Sharqda paydo bo‘lgan. Uni ayollar yaratishgan. O‘z yuzini ochish imkoniga ega bo‘lmagan ayollar o‘z hislarini, kyfiyatlarini gullar orqali ifodalashga harakat qilganlar.
    Gullar azaldan sog‘inch, yolg‘izlik, g‘unchalarining soni uchrashuv kunini, qo‘ng‘iroqni, gullar soni uchrashuv vaqtini anglatgan. XIX asrga kelib, gullar tili dastlab Fransiyada, so‘ng Angliya va butun dunyoga yoyilgan.

    Nazorat savollari.

    1. Muloqot samaradorligini belgilovchi omillar nimalarda namoyon bo‘ladi?

    2. Muloqot samaradorligiga ta‘sir etuvchi shaxs sifatlari haqida fikr bildiring.

    3. Empatiya, identifikatsiya, refleksiya muloqot jarayonidagi vazifasini bilasizmi?

    4. Muloqot samaradorligida noverbal kommunikatsiyani o‘rni haqida fikr bildiring.

    5. Qiziqarli belgilar tili haqida bilganlaringizni aytib bering.

    Download 45.31 Kb.
    1   2   3




    Download 45.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    mavzu soat juftlik Muloqot samaradorligini belgilovchi omillar

    Download 45.31 Kb.