Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, interaktiv xizmatlar elektron tijorat tizimini amalda joriy etilishi xoridor, mijoz yoki buyurtmachi uchun bir qator afzalliklarni yaratsa, xizmatni yoki mahsulotni taklif qiluvchi korxona va tashkilot uchun ham iqtisodiy samara keltiradi. Hukm surayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat va mahsulotlar bozorida raqobat muntazam kuchayib boradi. Interaktiv xizmat turlari muntazam tarzda oshib boradi va ularning amaliy tadbiqi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, davlat boshqaruv idoralari faoliyatidagi interaktiv xizmatlarda shaffoflikni ta’minlashda munosib hissa qo‘shadi. Interaktiv xizmat turlari.
“Interaktivlik” tushunchasi. Interaktivlik - texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi muloqot. Demak, kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, biz u yordamida kompyuter bilan muloqot o‘rnatamiz.Interaktivlik muloqot tizimini tashkil etish bilan bog‘liq. Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.
“Interaktiv xizmat” tushunchasi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi uchun moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat ko‘rsatilgan.
Hozirgi vaqtda, mamlakatimizda interaktiv xizmatlar tashkil etish, shakllantirish va ularni boshqarishga katta e’tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlar tashkil etishning eng tez va qulay yaxshi yo‘li - Internet tarmoqlari orqali amalga oshirishdir.
Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlariga quyidagilar kiradi:
Transport vositalarining harakatlanish jadvali. Respublikadagi transport vositalari harakatlarining jadvali bir nechta saytlarda berilgan. Foydalanuvchi saytdan transport vositalari qatnovi jadvallari orqali o‘ziga kerakli ma’lumotlarni oladi. Quyida ushbu web-sahifalar keltirilgan:
http://www.orexca.com – Sayyohlar uchun mo‘ljallangan veb sahifa;
http://www.tgpt.uz – Toshkent shahridagi transport vositalari qatnovi haqidagi veb sahifa;
http://www.goldenpages.uz/ - O‘zbekiston transport qatnovi reys jadvallari sahifasi.
2.2.1-chizma. O‘zbekiston transport qatnovi reys jadvallari
Aviareyslar jadvali. Aviareyslari bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun http://uzairways.com – “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi veb-sahifasiga murojat qilinadi. Saytda xalqaro va O‘zbekiston miqyosidagi aviaqatnov jadvallari berilgan
2.2.2-chizma.“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi veb-sahifasi
Temir yo‘l transporti qatnovi jadvali. Respublika ichki va tashqi temir yo‘l qatnovlari jadvallari va ular haqidagi ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan topish mumkin:
uzrailpass.uz - temir yo‘l transport qatnovi jadvali.
2.2.3-chizma - temir yo‘l transport qatnovi jadvali
www.roxanatour.com - Sayyohlik firmasi sayti. Bu saytdan xalqaro va O‘zbekiston ichidagi temir yo‘l transporti va havo yo‘llari qatnovi jadvallari, shuningdek, mehmonxonalar va ularga buyurtmalar berish xaqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Bank xizmati ma’lumotlari va valyuta kurslari. O‘zbekistondagi barcha banklar haqida ma’lumotlar va yangiliklarni, quyidagi saytlardan olish mumkin:
www.bank.uz ;
www.mikrokreditbank.uz;
www.agrobank.uz;
www.asakabank.com;
www.new.nbu.com;
www.uzpsb.uz;
www.infinbank.com;
www.xb.uz;
www.ipotekabank.uz;
sohada axborot
Internet resurslar
Foydalanilgan adabiyotlar
Internet resurslar
http://www.ziyonet.uz
http://www.my.gov.uz
http://www.gov.uz
|
|