Mavzu: Sotsial tashkilotlar faoliyatini boshqarish Reja: Bob. Boshqaruv sotsiologiyasi va uning ahamiyati




Download 98,59 Kb.
bet9/14
Sana15.01.2024
Hajmi98,59 Kb.
#137359
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kurs ishi 1

Maqsad-vazifa – bu yuqori turuvchi tashkilotning quyi turuvchi takshilotga buyurgan bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalari, rejalari. Misol uchun vazirlik kombayn ishlab chiqaruvchi zavodga ma'lusm miqdordagi mashinalarni ishlab chiqarish bo‘yicha vazifa beradi. Maqsad-vazifa o‘ta muhim sanaladi, shuning uchun mazkur maqsad yuzasidan va uning atrofida tashkilot birlashadi. Maqsad-vazifaning xususiyati shundavn iboratki, odatda ular tashkilot a'zolarining motivlari asosida shakllanmaydi. Misol uchun kombaynni ishlab chiqaruvchi ishchiga kombaynning kenragi yo‘q. U tashqilotning vazifasini bajarish uchungina va moddiy manfaat yo‘lida harakat qiladi.
Maqsad-yo‘nalish (orientatsiya) – ko‘pchilikning maqsadini ifodalaydi, ya'ni ishtirokchilarning umumiy maqsadlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bunday maqsadlarni faqatgina umumiy kuch bilan va tashkilotga birlashish orqali amalga oshirish mumkin. Albatta har bir individning o‘z maqsadlari bo‘ladi. Biroq ba'zi hollarda umumiy maqsadlar tashkilot uchun birlamchi va doimiy, o‘zgarmas tus oladi. Guruhiy maqsad sifatida ishchilarning ko‘proq maosh olish manfaati namoyon bo‘lishi mumkin.
Tizim maqsadi – bu sotsial tashkilotni imkon qadar mustaqil bir tizim sifatida saqlab qolishga harakatdir. Bunda elementlar o‘rtasidagi aloqalarni tartiblashtirish, tashkilotdagi muvozanatni saqlab qolish, uning barqarorligi va butunligini saqlab qolish nazarda tutiladi. Tashkitlot mustahkam bo‘lishi uchun uning ishchilari o‘rtasidagi aloqalar, norma va talablar doimiy bo‘lishi lozim. Tashkilotning mustahkamligini ta'minlash maqsadi har doim dolzarb sanaladi. Tashkilot kun tartibining ishchi personal xususiyatlariga mos ravishda tashkil etilishi, guruhda nizolar sonining kamaytirilishi, kadrlar qo‘nimsizligining pasaytirilishi kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali sotsial hamda ishlab chiqarish tashkilotlarida faoliyatning samaradorligi va tizimning mustahkamligi oshiriladi.
Bugungi kunda tizimning maqsadlari ko‘p tashkilotlar uchun birlamchi o‘ringa chiqib olmoqda. Tashkilotlar mavjud bo‘lgan sharoit va raqobat holatida barcha imkoniyatlarni ishga solib o‘z faoliyatini saqlab qolish uchun harakat qilishmoqda.
Yuqorida keltirilgan asosiy maqsadlardan farqli ravishda tashkilotlar o‘z oldiga ko‘plab oraliq va ikkilamachi maqsadlarni qo‘yishadi. Misol uchun o‘z xodimlarini rag‘batlantirish, ularning xulq-atvorlarini tartibga solish, mehnat sharoitini yaxshilash, mehnat samaradorligini oshirish va h.k.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, tashkilot o‘z tarkibiga bo‘limlarni olgan bo‘lishi mumkin. Shu sharoitda mazkur bo‘limlar asosiy va birlamchi maqsadga yetishishni ta'minlovchi qator oraliq va ikkilamchi vazifalarni bajarishi mumikn.


Download 98,59 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 98,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Sotsial tashkilotlar faoliyatini boshqarish Reja: Bob. Boshqaruv sotsiologiyasi va uning ahamiyati

Download 98,59 Kb.