|
Mavzu: Sotsial tashkilotlar faoliyatini boshqarish Reja: Bob. Boshqaruv sotsiologiyasi va uning ahamiyati
|
bet | 1/14 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 98,59 Kb. | | #137359 |
Bog'liq kurs ishi 1
Mavzu:Sotsial tashkilotlar faoliyatini boshqarish
Reja:
Bob . Boshqaruv sotsiologiyasi va uning ahamiyati
1.1Boshqaruv sotsiologiyasining ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va metodlari
1.2“Sotsial boshqaruv” boshqaruv faoliyatining o‘ziga xos turi sifatida
1.3Boshqaruv sotsiologiyasining qonunlari, sotsial doktrinasi va tamoyillari
1.4Boshqaruvning samaradorligida sotsial nazoratning ahamiyati
2 Bob. Sotsial tashkilot (xizmat) faoliyati. Sotsial tashkilot (xizmat) faoliyatini rejalashtirish.
2.1.Rejalashtirish tushunchasi. Sotsial muassasalarida rejalashtirish.
2.2Tashkil etish yo’llari. tashkilotning asosiy maqsadini shakllantirish.
2.3.Istiqbolli reja. Tezkor reja. Maqsad qo’yish va ehtiyojlarni baholash boshqaruvning asosiy funksiyasi sifatida.
3 Bob. Sotsial tashkilotlar turlari maqsad vazifalari va boshqarish usullari.
3.1. Sotsial tashkilot, uning maqsadi, turlari
3.2.Sotsial boshqaruvi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi .Axborotlar asrida esa uning g‘ildiragi yanada tez aylanib ketdi. Nafaqat axborot va texnokratik texnologiyalarning yangi avlodi paydo bo‘ldi, balki ijtimoiy hayotda kishilardagi avlodlararo almashuv jarayoni faollashdi. Balkim bugungi kunda avlodlarning o‘zaro almashuv jarayoni besh yilni tashkil qilayotgandir. Albatta bu taxmin xolos . Lekin u katta baxs munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin. Ingliz tilida so‘zlashadigan Internet “avlodlari” shakllanib ulgurganligi tabiiyki mubolag‘a emas. Globallashgan jamiyatda yangi sotsial muhit shakllandi. Jamiyatdagi sotsial muhit bio va ekomakon ta’sirida keskin o‘zgarib bormoqda. Bu esa sotsiologiyaning oldiga jiddiy talablarni qo‘yadi. Jahon amaliy sotsiologiya tajribasida miqdorli tadqiqotlar o‘z o‘rnini asta-sekinlik bilan sifatlisiga bo‘shatib bermoqda. Makrosotsiologiya ma’lumotlarini mikrosotsiologiya tadqiqot natijalari bilan o‘zgartirish odat tusiga kirmoqda. Ommaviy tadqiqotlardan ko‘ra ekspert so‘rovlarga talab osha boshladi. Buning tag zamirida esa har doimgidek inson omili yotadi. Ushbu sotsial masalaning echimi oddiy bir shaxs hayoti va turmush tarzini o‘rganish asosiga qurilmoqda.
|
| |