• Masalan, Vendors ta’minlovchi jadvaliga vend_phone ustunini qo‘shish quyidagicha amalga oshiriladi
  • ALTER TABLE Vendors
  • Ba’zi hollarda keraksiz jadvallarni o‘chirishga to‘g‘ri keladi. Jadvalni o‘chirish deganda uning yozuvlarini emas, balki uni o‘zini to‘laligicha o‘chirish tushuniladi.
  • Masalan: DROP TABLE Vendors;
  • Jadvalga ustun qo‘shish buyrug‘ining sintaksisi quyidagicha




    Download 10,96 Kb.
    bet5/5
    Sana29.05.2024
    Hajmi10,96 Kb.
    #256391
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-mavzu. sql tili va uning operatorlari-www.kompy.info

    Jadvalga ustun qo‘shish buyrug‘ining sintaksisi quyidagicha:

    ALTER TABLE ADD

    ;

    bu erda table name- jadvalning nomi, column name– ustunning nomi, data type– qo‘shish kerak bo‘lgan ustundagi ma’lumotlarning turi, size – o‘lchovi.

    Masalan, Vendors ta’minlovchi jadvaliga vend_phone ustunini qo‘shish quyidagicha amalga oshiriladi:

    ALTER TABLE Vendors

    ADD vend_phone CHAR(20);

    Bunga ko‘ra, Vendors jadvaliga vend_phone nomli ustun qo‘shiladi, ustundagi ma’lumotlarning turi simvolli bo‘lib, uning uzunligi 20 ta simvoldan iborat.

    ALTER TABLE buyrug‘idan ehtiyotlik bilan foydalanish zarur.Bunday so‘rovni amalga oshirishdan avval sizda barcha ma’lumotlarning va sxemalarning to‘liq nusxasi borligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

    Shuni ta’kidlash lozimki, jadvalga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng uni bekor qilib bo‘lmaydi. Keraksiz ustunni qo‘shgandan keyin uni o‘chirishga imkoniyat bo‘lmasligi mumkin, masalan, quyidagi so‘rov hamma MBBT larda ham ishlayvermaydi:

    ALTER TABLE Vendors

    DROP COLUMN vend_phone;

    Bunda vend_phone ustunini o‘chirish talab qilinyapti.

    ALTER TABLE Vendors

    DROP COLUMN vend_phone;

    Bunda vend_phone ustunini o‘chirish talab qilinyapti.

    Ba’zi hollarda keraksiz jadvallarni o‘chirishga to‘g‘ri keladi. Jadvalni o‘chirish deganda uning yozuvlarini emas, balki uni o‘zini to‘laligicha o‘chirish tushuniladi.

    Jadvalni o‘chirish buyrug‘i quyidagi ko‘rinishga ega:

    DROP TABLE< table name >;

    Masalan: DROP TABLE Vendors;

    Bunga ko‘ra Vendors jadvali o‘chiriladi.

    Agar Vendors jadvali boshqa jadvallar bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, bu buyruq bajariladi va Vendors jadvali o‘chiriladi.

    Agar Vendors jadvali boshqa jadvallar bilan bog‘langan bo‘lsa, ko‘p MBBTlarda jadvallar orasidagi aloqa bekor qilinmaguncha bu buyruq bajarilmaydi. Shuning uchun jadvalni o‘chirishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun relyasion qoidalarga amal qilish tavsiya qilinadi.



    http://kompy.info
    Download 10,96 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 10,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadvalga ustun qo‘shish buyrug‘ining sintaksisi quyidagicha

    Download 10,96 Kb.