|
Mavzu: sql тили
|
bet | 1/5 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 351,5 Kb. | | #104455 |
Bog'liq SQL tili - SQL (Structured Query Language) — Strukturalashgan so`rovlar tili — relyatsion MB bilan ishlashda qo`llaniladigan so`rovlar tilidir.
- Relyatsion modelning tarixi (va SQL tarixi ham) 1970 yil E.F.Koddning (bu paytda u IBM korporatsiyasining San Xosedagi tadqiqot markazida ishlagan) maqolasi chiqqan davrdan boshlanadi.
- 1974 yil shu laboratoriyada ishlovchi D. Chemberlen ‘Structured English Query Language’ yoki SEQUEL deb nomlangan tilni e`lon qiladi. 1976 yil bu tilning qayta ishlangan SEQUEL/2 versiyasi yaratildi va u rasmiy ravishda SQL deb atalgan.
SQL tili relyatsion algebra paydo bo`lgandan keyin paydo bo`ldi va uning birinchi prototipi IBM Research kompaniyasi tomonidan 70 yillar oxirida yaratilgan. Bu til birinchi IBM System R nomli MBBT tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik bu til ko`pgina tijorat MBBT tarkibida qo`llanilgan va keng tarqalganligi sababli vaqt o`tishi bilan relyatsion MBBT larda ma`lumotlar ustida amallar bajaruvchi tillarning norasmiy standarti bo`lib qoldi. - SQL tili relyatsion algebra paydo bo`lgandan keyin paydo bo`ldi va uning birinchi prototipi IBM Research kompaniyasi tomonidan 70 yillar oxirida yaratilgan. Bu til birinchi IBM System R nomli MBBT tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik bu til ko`pgina tijorat MBBT tarkibida qo`llanilgan va keng tarqalganligi sababli vaqt o`tishi bilan relyatsion MBBT larda ma`lumotlar ustida amallar bajaruvchi tillarning norasmiy standarti bo`lib qoldi.
- SQL tilining birinchi rasmiy standarti 1989 yil qabul qilingan. Ko`pgina MBBT lar ushbu standartni qo`llab – quvvatlaydi. Biroq MB bilan bog`liq axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ba`zi talablarning paydo bo`lishi birinchi SQL standartini qayta ishlash va kengaytirishni taqoza etdi.
|
| |