|
Mavzu: sql тили
|
bet | 3/5 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 351,5 Kb. | | #104455 |
Bog'liq SQL tiliSQL tili - SQL - kompyuter MB da saqlanuvchi ma`lumotlarni qayta ishlash va o`qish uchun mo`ljallangan instrument bo`lib, u faqat relyatsion MB bilan ishlaydi. Barcha relyatsion MBBT lar SQL tilini tushunadi.
- Bu sxemaga muvofiq hisoblash tizimi ma`lumotlarni saqlanuvchi MB ga ega bo`ladi. Agarda foydalanuvchi MB dan ma`lumotlarni o`qimoqchi bo`lsa, u buni MBBT dan SQL yordamida so`raydi. MBBT so`rovga ishlov beradi, talab qilingan ma`lumotlarni topadi va uni foydalanuvchiga uzatadi.
- 1. Ma`lumotlar tuzilmasini tuzish. SQL foydalanuvchilarga MB tuzilmasini tuzish, o`zgartirish hamda MB elementlari o`rtasida aloqalarni o`rnatish imkoniyatini beradi.
- 2. Ma`lumotlarni o`qish. SQL foydalanuvchi yoki dasturga MB da saqlanuvchi ma`lumotlarni o`qish va ulardan foydalanish imkonini beradi.
- 3. Ma`lumotlarni qayta ishlash. SQL foydalanuvchiga yoki dasturga MB ni o`zgartirish, ya`ni unga yangi ma`lumotlar qo`shish, mavjud ma`lumotlarni o`zgartirish va o`chirish imkonini beradi.
- 4. MBni himoyalash. SQL yordamida MB foydalanuvchilarini, undagi ma`lumotlarni o`qish va o`zgartirish imkoniyatlarini chegaralab qo`yish mumkin. Bu orqali ruxsat berilmagan foydalanuvchilardan axborotlar himoyalanadi.
- 5. Ma`lumotlardan birgalikda foydalanish. SQL ma`lumotlardan birgalikda foydalanishni koordinatsiya qiladi, bu esa paralel ishlayotgan foydalanuvchilar bir-birlariga xalaqit bermasdan MB dagi ma`lumotlardan foydalanishlari imkonini beradi.
- 6. Ma`lumotlar yaxlitligini ta`minlash. SQL MB ni yaxlitligini ta`minlashga imkon beradi va unda noo`rin o`zgartirishlar qilishni oldini oladi.
SQL tilining vazifasi. - SQL tili foydalanuvchining relyatsion MB bilan muloqat qilishi uchun mo`ljallangan bo`lib, u quyidagi 3 ta qismdan iborat:
- DDL (Data Definition Language) – ma`lumotlarni aniqlash tili. MB ni (jadvallarini, indekslarini va h.k.) yaratish va uning sxemasini tahrirlash uchun mo`ljallangan.
- DCL (Data Control Language) – ma`lumotlarni boshqarish tili. Foydalanuvchilarning MB ob`ektlariga murojaatini chegaralash operatorlaridan iborat.
- DML (Data Manipulation Language) – ma`lumotlarni qayta ishlash tili. MB jadvallariga o`zgartirishlar kiritish uchun mo`ljallangan.
|
| |