|
Mavzu: Talabalar uchun ta’lim mobil ilovasi Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 336,23 Kb. | | #270362 |
Bog'liq Mobil ilova Mustaqil ish
Mavzu: Talabalar uchun ta’lim mobil ilovasi
Reja:
Talabalar uchun Hemis mobil ilovasi
Hemis nima? Hemisning qulayliklari
Hemis mobil ilovasida qanday qulayliklar mavjud?
Hemis qaysi tashkilotlar bilan integratsiya qilingan?
Hemis axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishga tushirildi.Unda diplom ma’lumotlari, reyting daftarchasi kabi oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan ma’lumotlarni yuklab olish mumkin.
1-rasm. Hemis mobil ilovasi
Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish uchun “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Endilikda talabalar mazkur ilova orqali oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:
reyting daftarchasi;
transkript;
oʻzlashtirish koʻrsatkichlari;
nazorat jadvallari;
fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni olishlari mumkin.
Bu ta’lim sohasida inson omilining qisqarishini taminlaydi. Undan tashqari talabalarning oʻziga qulay vaqtda, qulay joyda kerakli hujjatlarni fayl ko’rinishida yuklab olishlari osonlashadi.
Ushbu ilova bepul hisoblanib, “AppsStore” va “GooglePlay” platformalarida mavjud. Ilovaning qanday ishlashi ilova yuklab olinayotgan vaqtda video qoʻllanma orqali tushuntirilib oʻtilgan.
“Hemis” axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi.
Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
2021-yil noyabr oyida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov oliy taʼlim tizimida jurnal, reyting daftarcha endi qogʻoz koʻrinishda boʻlmasligi va talaba guvohnomasi ham ID kartaga oʻtkazilishini ma’lum qilgandi.
Hemis nima?
Hemis-O’zbekiston ta’lim sohasidagi yangiliklardan biri bo‘lib, jahon standartlariga mos keluvchi hamda kadrlar tayyorlashda yangi metodlarning qo‘llanishiga yordam beruvchi platformadir.
Ta’lim jarayonini onlayn tarzda boshqarish imkonini beruvchi axborot tizimidir. Hemis tizimi «Ma’muriy boshqaruv», «O‘quv jarayoni», «Ilmiy faoliyat» va «Moliyaviy boshqaruv» kabi modullarni o‘z ichiga olgan. Hozirgi kunda Hemis'dan 217 dan ortiq Oliy ta’lim muassasalari hamda 1 milliondan ortiq foydalanuvchilar (talaba va o‘qituvchilar) foydalanadi.
|
| |