|
Hemis’ning qulayliklari qanday?
|
bet | 2/2 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 336,23 Kb. | | #270362 |
Bog'liq Mobil ilova Mustaqil ishHemis’ning qulayliklari qanday?
1. Hemis axborot tizimi barcha subyektlarni, shu jumladan talabalar va ularning ota-onalarini ham axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladi.
2. Tizim boshqaruvchilar tomonidan axborotlarni tahlil qilish va ular asosida qarorlar qabul qilish samaradorligini oshiradi.
3. Siz Hemis mobil ilovasini yuklash orqali o‘z ta’lim ma’lumotlaringiz bilan muntazam ravishda tanishib turishingiz mumkin. Shuningdek, ilova orqali ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda olish hamda qaror qabul qilishda subyektiv omillarning ta’sirini bartaraf etish mumkin.
4. Talabaga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlar zaxiralanadi hamda ta’lim jarayonidagi axborot oqimlari maqsadli ravishda tashkil etiladi.
«Hemis – Universitet sohasida asosiy qadriyatni rektoratdan olib talabalarga ko‘chirish bilan bog‘liq tizim hisoblanadi va izlanish bilan shug‘ullanishiga imkon yaratadi».
Hamid Sodiq
Hemis ilovasida qanday qulayliklar mavjud?
Ilovada talaba barcha zaruriy ma’lumotlar mavjud. Ahamiyatlisi, talaba bu ma’lumotlar bilan istalgan payt tanishib chiqa oladi. Bu esa, talaba o‘z ta’lim jarayonini nazorat qilishiga katta yordam beradi. Talaba Hemis'da:
• dars jadvali
• fan resurslari
• ma’lumotlar
• nazorat jadvali
• shartnomalar hamda topshiriqlar bilan tanishib chiqishi mumkin.
2-rasm. Hemis platformasi
Universitet va uning tashkiliy masalalari
Hemis universitetlar strukturasi, fakultetlar hamda kafedralar, xodimlar va o‘qituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti hamda ularning harakatiga oid axborotlarni boshqaradi.
Hemis'ning asosiy funksiyalaridan biri, o‘quv dasturlari, fanlarni hamda talabalarning o‘quv faoliyatini boshqarish, universitet bitiruvchilarini ro‘yxatga olish va monitoringini amalga oshirishdir.
3-rasm. Hemis platformasi
Hemis qaysi tashkilotlar bilan integratsiya qilingan?
Hemis O‘zbekistondagi qator tashkilotlar hamda davlat muassasalari bilan integratsiya qilingan. Ro‘yxatdan:
• Aloqabank
• Soliq qo‘mitasi
• Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
• Transport vazirligi
• O‘zbekiston Markaziy banki
• Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi kabi tashkilotlar o‘rin olgan.
|
| |