|
Ta’lim muassasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarning o’ziga xosligi
|
bet | 6/7 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 52,24 Kb. | | #152487 |
4. Ta’lim muassasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarning o’ziga xosligi.
Hozirgi zamon sharoitida turli ijtimoiy tuzilmalar ishida ijtimoi pedagog shug‘ullanishi lozim bo‘lgan ijtimoiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
1. Moddiy yordam ko‘rsatish (puldan, nafaqa va imtiyozlar, turmushda yordam);
2. Ijtimoiy g‘amxo‘rlikni tashkil qilish (odamlar bilan ish olib borish, hodimlarni tanlash) tekshiruv, ilg‘or tajribani targ‘ib qilish;
3. Insonga ta’sir o‘tkazish.
Insonga ta’sir o‘tkazish - bu pedagogik, psixologik ta’sir jarayonlaridan iborat bo‘lib, u bilan ijtimoiy hodim, ijtimoiy pedagog shug‘ullanishlari lozim.
Ijtimoiy pedagogning amaliy ishida uning faoliyatidagi birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolarni aniqroq ko‘rsatib o‘tsak. Ijtimoiy pedagog ijtimoiy tarbiya, oila pedagogikasi, bola shaxsi nima ekanligini, bola bilan muloqot va unga ta’sir o‘tkazish metodlari, tarbiyasi qiyin o‘smirlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi shart. Ijtimoiy pedagog ishining asosi nimadan iborat, u maktabdagi pedagog ishidan, fan o‘qituvchisi ishidan, xattoki sinf rahbari, maktab - internat tarbiyachisi yoki uni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi ishidan nimasi bilan farq qiladi.
O‘qituvchi ko‘proq sinf yoki guruh bilan ish olib boradi va asosan uning ish uslublari jamoa bilan ishlashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy pedagog alohida bola, alohida shaxs, o‘smir bilan, agarda zarur bo‘lsa, unchalik katta bo‘lmagan, oila bo‘lsa har biri bilan alohida ish olib boradi.
Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi bolani sinfni ijtimoiy muxofazasi, unga ijtimoiy, tibbiy yordam berish, uning o‘qishini tashkil qilishni, jamiyatda u o‘zini o‘rnini topishi, jamiyat hayotiga moslashuvini bilishidan iborat. Bu vazifalarni ijobiy hal etish uchun ijtimoiy pedagog bola va uning holatini, inqiroz darajasini o‘rganishi va buni yengib o‘tish rejalarini tuzadi.
Bolaga qiyin paytda yordam berish uni qo‘llab - quvvatlash oson ish emas. Bolaga bu xolatni bartaraf etishda qanday yordam ko‘rsatish kerak? Ushbu vaziyatda ijtimoiy pedagog o‘zini qanday tutushi kerak?
Ma’naviy yordam berish, bola haqiqatda qiyin vaziyatda ekanligi, buni yengib o‘tish yo‘lini ko‘rsatish, ijobiy xulosaga kelish, to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish, hayotda hali yaxshi tomonga o‘zgararishlar bo‘lishiga ishontirish lozim. Pedagog bolaga yordam berishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar, ijtimoiy muxofazani amalga oshiradigan idoralar bilan aloqa o‘rnatadi. Buning uchun pedagog chuqur bilimga, kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi shart. Shundagina olib borilayotgan o‘quv - tarbiya ishlarida yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Hozirda bu pedagogik mahorat deb ataladi.
Pedagogik mahoratning qay darajada ekanligi pedagogning shaxsiy kasbiy sifatlari, uning bilimiga bog‘liq. Kasbiy pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya masalalariga murojaat qilmasdan ijtimoiy pedagog faoliyatini tasavvur qilish mumkin emas.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy bilimlari: pedagogika, psixologiya, tarbiyaviy ish metodikasi, bolaning rivojlanishi fiziologiyasi. Bu bilimlar bolani xatti - harakatlarini kuzatish va tahlil qilishda, muloqotidagi hususiyatlari va bolalar guruhidagi o‘rnini o‘rganishda zarur hisoblanadi. Ijtimoiy pedagog bolalar hamkorligi va faoliyatini tashkil qilishni bilishi lozim. Pedagogik texnologiya tushunchasi ham borki, undan ijtimoiy pedagog samarali foydlanishi darkor.
Ijtimoiy pedagog nutq texnikasi va nutq madaniyatiga diqqatini qaratishi lozim bo‘ladi. Uning fikrlari teran, nutqi ravon bo‘lishi kerak. Teatr pedagogikasining ayrim jihatlari ham ijtimoiy pedagogda qiziqish uyg‘otishi mumkin. Pedagogning ishi rejisser ishiga, aktyor ijodiga yaqin. Bolaga aktyorlarcha ta’sir o‘tkazish ijtimoiy pedagog ishida samara berishi mumkin. Ijtimoiy pedagog yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. To‘g‘ri qaror qabul qilish, qayta tiklash (reabilitatsiya) ishlarini tashkil qilishni bilishi kerak. Ijtimoiy pedagog bola boshiga tushgan kulfatga duch kelishi mumkin.
Masalan: Ota - onadan erta judo bo‘lishi, oiladagi nosog‘lom muhit vahokazo.
Bular bolalar hayotida turli psixik o‘zgarishlarga, kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Hozirgi zamon sharoitida ijtimoiy pedagog faoliyatidan quyidagi joylarda foydalanish mumkin:
maktab - internatlar, mehribonlik uylarida;
- bolalar - sihatgohlarida. - ijtimoiy - ta’limiy markazlarida;
- ijtimoiy psixologik yordam markazlarida;
madaniy markazlarda, dam olish markazlarida, yoshlar klublarida;
yozgi lagerlarda;
mahallada, mahalladagi pedagog murabbiy bilan, xotin - qizlar qo‘mitasi, uchastka inspektori bilan muomala o‘rnatish;
Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o‘ziga xosligi.
O‘rta umumta’lim tizimida eng zamonaviy mutaxassisliklardan biri - bu ijtimoiy pedagoglik kasbidir. Uning asosiy vazifasi - tarbiyaviy ishlarni hayotiy muhim oilaviy va ijtimoiy muammolarni o‘zida his etayotgan yosh avlodni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borishdan iborat, qiyin bo‘lgan turmush masalalarini yengillatish, so‘z va amalda yordam berish, ijtimoiy pedagog amaliy faoliyatining axloqiy pozitsiyasi va yo‘naltirilgani ana shulardan iborat.
Bu vazifalarni hal etishda quyidagicha yo‘l tutishga harakat qilinadi.
1. Amaliy qism; shahardagi maktablardan birini sinf rahbari bilan suxbatlashib uning fikrini olish;
2. Nazariy qism; shu soha bilan shug‘ullanayotgan olimlar ilgari surgan nazariy materiallar bilan tanishish;
Suhbat, tushuntirish mavzusi, hozirgi murakkab iqtisodiy bozor munosabatlari sharoitida bolalar va o‘smirlarni tarbiyalashning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Tanlangan shakl ijtimoiy pedagog ishining mohiyat va mazmunini ma’lum darajada bayon etishga imkon beradi. Maktab jamoasining hayotidan olingan aniq misollarga tayanish nazariy harakterli hulosalarni yana ham asosli tarzda umumlashtirishga yordam beradi. Quyida maktab ijtimoiy pedagogi bilan qilingan suhbatni keltiramiz: Hurmatli Sanobar Alievna, (keltirilgan ism va familiya to‘qima) sizning ishingizni o‘ziga xosligi nimada?
Maktab yoshlarining ko‘plab muammolarini yechimida kimlar bilan faoliyat ko‘rsatasiz?
- Bir qator shahar va viloyat muassasalari bilan hamkorlikda ish yuritamiz.
Masalan: mahallalardagi faollar, ilg‘or oilalar bilan shahar va viloyat oila markazlari, Xotin-qizlar qo‘mitalari, diniy idoralar, narkologik dispanserlar, jamoatchilik asosidagi mahalla posbonlari, o‘smirlar bilan ishlovchi uchastka noziri va boshqalar bilan aloqada ish olib boramiz. Bolalar bilan ishlash - bu bir vaqtning o‘zida ularning ota - onalari bilan ishlash hamdir. Ular bilan suxbatlashamiz, ayrim hollarda ularga ta’sir o‘tkazishga yoki ularning qo‘llab - quvvatlashlarini ta’minlashga erishamiz. Shunday bir voqea bo‘lgan edi. Maktab yuqori sinf o‘quvchisi boshqa quyi sinfdagi bola bilan tanishib, yaqin bo‘lib qolishdi. Yuqori sinfdagi o‘quvchi chekish, ichish borasida katta tajribaga ega bo‘lib uyiga juda kech kelardi, ba’zan turli joylarda yotib qolardi, kimlar bilan va nimalar bilan shug‘ullanishi aniq emas edi. Keyinchalik o‘zi tanishgan quyi sinfdagi o‘rtog‘ini ham ana shunday ishlarga o‘rgata boshladi. U ham chekishni, ichishni o‘rgana boshladi. Uylarga kech keldi, unda ham usti boshi kir, dazmollamagan, yuzi so‘lgan, ko‘zlari qizargan holda kelar edi. Undagi bunday o‘zgarish meni e’tiborimni tortdi. Boladagi o‘zgarishlar sababini surishtirganimda yuqori sinfdagi ana shu bola bilan «o‘rtoqlashib» qolganini va bolani xulq - atvorini aytib berdi. Tezlik bilan ko‘rilgan chora - tadbir natijasida bolani bu noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarishga muvaffaq bo‘ldik. Buning uchun sinfdagi o‘quvchilarni bu bolaga alohida e’tiborini qaratishga to‘g‘ri keldi. Sinfdagi o‘quvchilar u bilan suxbatlashib, uni turli qiziqarli to‘garaklarga tortish, unga g‘amxo‘rlik qilishga, birgalikda dars tayyorlash, bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazishga harakat qilishda, agar biron bir narsadan qiynalsa yoki kasal bo‘lib qolsa yordam berishi, unga turli yo‘llar bilan mexribonlik ko‘rsatishga harakat qilishdi. Albatta bu o‘rinda yo‘nalish maslahat, ko‘rsatmalar berib bordim. Xuddi shunday e’tiborni yuqori sinfdagi haligi o‘quvchiga ham qaratildi. Mahalla oqsoqollari, uchastka nozirlari yordamida u o‘quvchi ham sog‘lom hayotga qaytdi. Aytib o‘tish kerakki yuqori sinf o‘quvchisi ota - onasi yo‘q, bo‘sh vaqti katta buvisi qaramog‘ida bo‘lgani, mening sinfimdagi bolani esa oilasida aka -ukalari ko‘p bo‘lib, ular iqtisodiy qiyinchilikda yashar edilar. Shundan so‘ng, bu oilalarga e’tibor ham iqtisodiy, moddiy, hamda ma’naviy yordam kuchaytirildi.
Kattalarning begona oilalar bolalariga g‘amxo‘rligi alohida e’tiborli - bu jamiyat uchun ham, o‘smoqda bo‘lgan yosh avlodga ham katta yordam beradi.
Hozirgi vaqtda shahar va viloyatlardagi maktab, litsey va kollejdagi ayrim o‘quvchilarga narkotik va toksik moddalar yordamida ukol qilish hollari uchramoqda. Bunday illatlarni oldini olish uchun sizlarda qanday chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda?
Bu borada shahardagi narkologik dispanser bilan doimo aloqada bo‘lib turamiz. Chunki, maktab shaharning qoq markazida joylashgan va turli millat bolalari o‘qiydigan ta’lim muassasasi bo‘lib, hammavaqt ham o‘quvchilarni doimiy nazoratda saqlash qiyin. Uning ustiga ko‘p bolalarning ota - onalari ish bilan band bo‘lganligi sababli o‘z farzandlarini hamma vaqt ham nima bilan shug‘ullanishini bilavermaydi. Shu sababli maktab jamoasi bolalarni o‘rab to‘rgan muhit, darsdan keyingi faoliyatini kuzatish va o‘rganishga alohida e’tibor berishadi. Bundan tashqari narkomaniya va uni oqibatlari to‘g‘risida mutaxassis vrachlar suxbatlari uyushtiriladi. Shunday illatga o‘rganganlar hayotidan olingan filmlarni birgalikda tomosha qilish, ularni muxokama qilish bilan shug‘ullanamiz. Mana shu tarzda o‘tkazilgan tadbirlar narkomaniyaga ruju qo‘ygan ota - onalarni o‘rganish va ular o‘rtasida profilaktika o‘tkazish orqali ham amalga oshiriladi.
Jamiyatda tabaqalanish yuzaga kelmoqda. Birida qator - qator mashinalar, koshona uy -xovlilar, dachalar oila a’zolari esa turli - tuman qimmatbaho kiyinishgan. Boshqalar esa baholi qudrat, kiyinishi ham shunga yarasha. Mana shunday ijtimoiy farqlanish maktab ta’lim tarbiyasida qanday o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda?
Ota - onalarni bunday ijtimoiy holatlari bolalar psixologiyasi va harakteriga, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatyapti?
Bu borada bolalar o‘rtasida tortishuvlar bo‘lib turadi. Yaqinda bir sinfda o‘quvchi qizlar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi. Kam ta’minlangan oiladan kelib chiqqan qizga nisbatan 3-4 sinfdagi qizlar «bechora», «ozg‘inligini qarang», «hech nimasi yo‘q» kabi shaxsga teguvchi haqoratomuz so‘zlar aytishgan, turli laqablar qo‘yishgan. Haqoratlash pastga urishlar qizni jaxlini chiqargan va haqoratlagan qiz bilan urishib, uni yuziga tarsaki solishgacha borgan. Ana shunday kam ta’minlangan oilalardan kelgan bolalarga nisbatan yumshoq ko‘ngillik, do‘stona munosabat, hushmuomalalikni qanday qilib tarbiyalash mumkin?
Biz bu o‘rinda islom dini qoidalariga, hadis ilmiga, din ulamolarining suhbatlari orqali ushbu masalalarni yechimini topishga harakat qilamiz?
Masalan, viloyatimizdagi machitlardan birining din ulamosi o‘quvchilar bilan 5 ta uchrashuv o‘tkazdi. U o‘z suhbatida islom dinining mohiyat, mazmunini bolalarga yetkazishga harakat qildi. U asosan, musulmon bandalari doimo bir - birlariga mehribon, xushmuomalada bo‘lishlari kambag‘al, keksalarga doimo yaxshilik qilishlari lozimligini ishonarli dalillar, tarixiy hikoyatlar asosida yetkazishga erishdi. Bunday uchrashuv va suhbatlar mahalladagi keksa, baobro‘ kishilar tomonidan ham uyushtirilib uzoq barakali el xizmatidagi inson bo‘lib yashashning sirlari haqida qiziqarli tarzda olib borilmoqda. Shuningdek, maktabimiz adabiyot, tarix o‘kituvchilari ham o‘tmishdagi buyuk shaxslar hayotiga oid manbalarga asoslanib o‘kuvchilarda buyuk insoniy sifatlarni shakllantirishga erishmokdalar. Hozirgi turli oqimlar, guruhlar va tashqaridan bo‘layotgan noto‘g‘ri g‘oyaviy hujumlarni oldini olish va yoshlarni shunday goya va guruhlar muhitiga tushib kolmasliklari uchun ularning darsdan tashqari vaktlardagi bush vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan qanday tadbirlar o‘tkazilyapti?
Albatta, bolalar ayniqsa kichik maktab yoshi va o‘smir yoshdagi bolalar o‘sha Siz yuqorida aytib o‘tgan g‘oyalar va oqimlar muhitiga tushib qolishi ehtimoli yo‘q emas. Bularni oldini olish uchun mahalla qo‘mitalari qoshida mavjud faollar, mahalla oqsoqollari, obro‘li oilalarni ayrim «noqulay oila», tarbiyasi qiyin bolalar bilan alohida ishlashlarini tashkil etamiz. Bunday faollarga pedagogik maslahat, ko‘rsatmalar berib boramiz. O‘zimiz ham shunday faollar bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatishga harakat qilamiz. Chunki, har bir ko‘cha, mahallalardagi keksalar, baobro‘ oilalar, faollar o‘sha joyni har tomonlama yaxshi bilishi bilan birga, ularni ma’lum o‘ziga mos ta’sir kuchi mavjudki, bularni nazarda tutmoq lozim. Bulardan tashqari, maktab joylashgan mavzeda turli sport maydonchalari, maktabning sport inshootlarida taniqli sportchilar, xomiylar yordamida uchrashuv, musobaqa, tadbirlar tashkillashtirib boriladi. Bu esa bolalar hayotini mazmunli tashkil etish va yo‘lga qo‘yishdagi eng muhimi ularni noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketmasliklariga imkoniyat yaratiladi.
Ota - onalarni bu borada beminnat ko‘rsatilgan har tomonlama yordamlarini bu o‘rinda aytib o‘tish o‘rinlidir.
Suxbatimiz ohirida o‘quvchilar va ularning ota - onalariga qanday tilak - istaklaringiz bor?
O‘quvchilarga istagim, ular kuchli, mexribon, har qanday qiyinchiliklarni yenga oladigan irodali bo‘lib o‘sishlarini, ota - onalariga esa kelajakka qat’iy ishonch, qiyinchiliklar ko‘rmay ishonch bilan yashashni, o‘z farzandlarini kelajak tarbiyasida kattalar ichida ishonchli do‘st, mexribon yordamchi topishga harakat qilishini istab qolardim.
Yuqorida keltirilgan, ijimoiy pedagog bilan o‘tkazilgan suxbat maktab jamoasida yangi kasb faoliyatini o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatish imkonini berdi. Hammadan ham bu faoliyat egasini uslubiy asosini alohida baholash o‘rinli.
Ijtimoiy pedagog - tarbiyaviy ishlar metodlarini keng tizimidan foydalanaishga o‘z e’tiborlarini qaratish lozim. Bu o‘rinda ijtimoiy pedagoglarning bir qismi o‘quvchilarni tarbiyalashning an’anaviy vositalari atrofida guruhlashga; shaxsiy suxbat; u yoki bu ijodiy faoliyat ko‘rinishiga o‘smirlarni jalb etishga, ayrim o‘quvchilarga nisbatan sinf tarbiyaviy ishlarini topshirishga harakat qilishadi. Lekin, ijtimoiy pedagog ishlarini o‘ziga xosligi bir qator yangi faoliyat usullarini yuzaga chiqardi. Ularning ko‘pchiligi maktab tarbiyaviy ishlarini va maktabdan tashqari tashkiliy ishlarni birlashtirish g‘oyasidan farqlanadi. Bu mahalladagi jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik; ma’sul diniy idoralar va mahalliy intellegansiya vakllari bilan birgalikdagi faoliyat; maktablarga xomiylik qiluvchi tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatish va bu aloqalarni mustaxkamlash kabilardir.
Bunday o‘zaro hamkorliklar ijtimoiy kasalliklarni rivojlanib ketishini oldini olish maqsadlariga to‘g‘ri keladi. Bu borada salbiy oqibatlarga olib keluvchi xulqiy odatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarga:
Maktab tarbiyaviy ishlarini norkologik dispanser, o‘smir yoshdagilarni huquq buzarligini oldini olish tashkilotlari bilan birgalikda olib borishni kuchaytirish; ota - onalar bilan hamkorlik; kichik yoshdagi bolalarni tarbiyasida yuqori sinf o‘quvchilari yordamidan foydalanish va boshqalarni keltirib o‘tish mumkin.
Tarbiyaviy ta’sir ayniqsa, qaltis gruppaga ta’sir faoliyati bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lib, biz avvalo bunday guruhlarni ularni o‘rab turgan «do‘stlari» ta’siridan ajratishni va maktab jamoasi; o‘quvchilar ota - onalarini, maktabdan tashqari tashkilotlar faoliyatlarini ayrim o‘quvchilar xatolarini tuzatish maqsadida, ular kuchlarini birlashtirishdan iborat.
Har bir ijtimoiy pedagog ishining muhim o‘ziga xosligi, bolalar xulqining axloqiy asosini buzilishiga olib keladigan aniq faktlarini aniqlash, bartaraf etishga yo‘naltirilishi kerak.
Ijtimoiy pedagog har bir kichik muhitda, o‘smirda o‘z tengdoshlari, o‘quvchilar va o‘qituvchilar, bolalar va ota – onalar o‘rtasida insonparvarlik etikasiga rioya qilishni, bu esa o‘z navbatida ular ma’naviy dunyosini shakllanishiga yordam bermog‘i lozim.
Aflotun yashagan davrdan hozirgi kunimizgacha olimlar va pedagoglar insonnig rivojlanishi va shakillanishi uning aqliy, jismoniy ma’naviy qobilyatlari, uning sog‘ligi va salomotligi. va uning axloqiy sifatlariga faqat ota - onalari ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Agar ota - onalar o‘z farzandlari salomatliklari haqida g‘amxo‘rlik qilsalar, ularning mexir va qalb qo‘ri bilan tarbiya qilsalar unda u farzandlar har xil zararli illatlardan xoli bo‘ladi.
Ota - ona tarbiyasining natijasi, ularni qattiq qo‘lligi va yumshoqligiga bog‘lik, emas, balki bolaga bo‘lgan xis tuyg‘ulariga bog‘liq.
Ota - onalar bilan bo‘ladigan suxbatlarda ijtimoiy pedagog birinchi navbatda oilada bola tarbiyasi masalasiga jiddiy e’tibor beradi.
Oilada bolani intizomga o‘rgatish kerak. Binobarin u bolaning aqliy qobilyatini to‘g‘ri rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi .
Tartib - intizomga bolalikdan o‘rgangan kishi butun umr shunga rioya qiladi. Bunda kun tartibiga va uydagi bolaning vazifalari va boshqalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada ijtimoiy pedagog o‘z ishini bolani o‘rganishdan boshlaydi.
Quyida turli xildagi oilalar bilan ish olib boruvchi ijtimoiy pedagog faoliyati bilan qiziqib ko‘rsak.
1. Notinch oila; bunday oilada bola turli qarama qarshiliklar, janjallar qurshovida bo‘ladi, ota - onasi ichuvchi va norkaman, kasalvand, hozirgi zamon sharoitida bunga yana ishsizlik qo‘shiladi.
2. Ota – onasi yo‘q, bola buvisinikida yoki qarindosh urug‘inikida tarbiyalanadi.
Yoki ota —onasi undan voz kechgan. Xuddi shunday oilalardagi bolalar tarbiyasida, xulqida ko‘plab nuqsonlarni kuzatish mumkin. Ijtimoiy pedagog oilaga zarur, chunki zamonaviy maktab, o‘quvchilarni o‘qishi, bilim olishi bilan band. 2/3 qism ota - onalar esa bola tarbiyasidagi qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ijtimoiy pedagog oiladagi xolatni o‘rganishda uni qanaqa oila bilan ish olib borayotganligini e’tiborga olishi lozim.
1. U shahar yoki qishloq oilasimi.
2. Ommaviy yoki zamonaviy oilami.
3. Ko‘p bolali va to‘liqsiz oilami.
4. Harbiy xizmatchilar oilasimi.
5. Balog‘atga yetmagan yosh ona oilasimi.
6. Milliy va xokozo.
Hozirgi zamon sharoitida oilada bolani har tomonlama tarbiyalash uchun, uni iqtisodiy ta’minlash, ushbu faoliyatga keksalar e’tiborini jalb etish, oilaviy muhitni yaratish kerakki bunda bola tarbiyasi uchun hamma shart - sharoit yaratilgan bo‘lsin. Ijtimoiy pedagog turli oilaviy muammolarga duch kelishi mumkin. Bular:
Bemor va nogiron bolalar;
Keksa nafaqaxo‘r va nogiron ota - onalar;
Ichuvchi va giyoxvandlar;- Daydi bolalar;
Ajralishgan ota - onalarning bolalari;
Albatta ijtimoiy pedagogning birinchi navbatdagi vazifasi oilani inqiroz vaziyatidan olib chiqish. Inqirozni oldini olish va barham topishiga ko‘maklashish.
Oilaviy inqirozni oldini olishga davlat tomonidan beriladigan moddiy yordam, imtiyozlar va ijtimoiy yordam kiradi. Ijtimoiy pedagog pedagogik muammolarni hal qilish bilan birga iqtisodiy tibbiy va psixologik vazifalarni ham ijobiy hal qilishga to‘g‘ri keladi.
Asosiy maqsad oilaning ichki kuchi va salohiyatini, inqirozni bartaraf qilishga safarbar etish. Buning uchun birinchidan muammolarni taxlil qilish kerak. Ikkinchidan mutaxasislar bilan maslaxat olib borish kerak. Uchinchidan inqirozdan chiqish yo‘llarini aniqlash kerak.
Ijtimoiy pedagogning oilaga beradigan yordami nimalardan iborat?
1. Oilaga turli nafaqa va ijtimoiy imtiyozlar berish tartib qoidalari haqida maslahat berish.
Oila daromadini ko‘payishiga yordam berish.
Yolg‘iz onaga yordam berish.
Ijtimoiy pedagog yordamida muhtoj oilalarga yakkama - yakka yoki guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkazish.
Ijtimoiy pedagogning ish uslublari: birinchi navbatda ijtimoiy pedagog o‘z ishini oilani o‘rganishdan boshlaydi. Oilaviy muloqat, sharoit, oila a’zolarining o‘zaro bir - biriga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy pedagogga bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishiga yordam beradi. Oilani o‘rganib bo‘lgandan so‘ng, u oilada yangi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga kirishadi. Buning uchun u oilani turli klublarga, salomatlik guruhlariga, mahallada o‘tkaziladigan turli tadbirlarga jalb etish orqali erishish mumkin.
Muvofaqqiyatga erishishning birinchi metodi ishontirish metodi.
Ushbu metod yaxshi samara berishi uchun tarbiyalanuvchi o‘zi qiyin vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini topishga yordam berish.
Amaliyotda shunday narsa qo‘llanadiki ijtimoiy pedagog, oila haritasini tuzadi. Bunda oila a’zolarining har biriga harakteristika beriladi. Tug‘ilgan kunlari, oilaning esda qolar kunlari yoziladi. Oila maqomi, yashash sharoiti, qo‘shnichilik, diniy va miliy mansubligi. Haritaga qo‘shimcha qilib oilada bola tarbiyasini o‘rganishni ham kiritish mumkin.
Qanday va qancha vaqt ota - onalar bolalar bilan vaqtini o‘tkazadi, ularning umumiy manfatlari bormi, ularni muloqat shakllari, bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazadilarmi, ularning qiziqishlari mexmonga, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarga birga boradilarmi?
Ota - onalarning bolalar haqida nimalarni bilishi muhim rol o‘ynaydi?
Bola nimaga qiziqadi, nima o‘qiydi, orzusi nima, kim bilan do‘st, sinfdagi boshqa bolalar bilan munosabati, maktab miqyosidagi munosabati, yaxshi ko‘rgan o‘qituvchisi, fani, bolaning salomatligi va uning muammolari.
Ijtimoiy pedagogning asosiy ishlaridan biri nogiron bolaga ega bo‘lgan oila bilan olib boradigan ishi hisoblanadi.
Amerikalik olimlarning takidlashicha u yoki bu nuqsonga ega bo‘lgan bolalar hozirda, har 7 oilaning birida uchraydi. Bunday oilalarda ota - onalarning bolaga bo‘lgan munosabatini o‘rganish kerak.
O‘z bolasining nuqsonini ota - ona qanday qabul qilyapti?. Bu yerda ijtimoiy pedagogning ziyrakligi muhim rol o‘ynaydi. Oila katta qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Agarda shu ijtimoiy, iqtisodiy qiyinchiliklarga bemor bola muammosi qo‘shilsa, qanday vaziyat vujudga kelishini tassavur qilib ko‘ring. Ko‘proq bunday oilalarda ona ishlay olmaydi. Bu fojeaga olib keladi. Ota yoki ona o‘z joniga qasd qilishi mumkin yoki ichkilikbozlikka berilib ketishi mumkin.
Bulardan tashqari ijtimoiy pedagog ota - onalarni ham diqqatini jalb etishi ham darkor.
Ularning shu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llari, bola xatti harakatidagi ijobiy tomonlarini topib o‘shalarga ko‘proq ahamiyat berishi lozim bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagog ota - onalarga, bemor bolalarga qarash parvarishlash, tarbiyalash, o‘qitish uchun sharoit yaratish yo‘llarini ko‘rsatish kerak.
Ota - onalar o‘z navbatida xuddi shunday o‘zlariga o‘xshagan oilalar bilan hamkorlikda va aloqada ish olib borishi maqsadga mofiq bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagog ish foliyatida aqliy rivojlanishdan orqada qolgan farzandi bor oilaga ham duch kelishi mumkin.
Oligrofen pedagogika pedagogika fanining kichik bir soxasini tashkil etadi. Ijtimoiy pedagog ijtimoiy pedagogikaning ish soxasi bilan ham shug‘ullanadi. Mutaxassis sifatida uning assosini va mazmunini yaxshi bilishi , ongli tushinishi va kerakli bo‘lgan paytda shu soxa bo‘yicha amaliy yordam berishga tayyor turishi talab etiladi.
Nogiron bolalari bor oilalar.
Ijtimoiy pedagog shunday oilalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgandan so‘ng, ularga yordam berish rejalarini tuzadi va shu bolalar faoliyati nazoratini o‘rnatadi.
Har bir bola uchun reabilitatsiya (tiklash) yani qayta tiklash rejasini tuzadi va amalga oshirishga kirishadi.
Nogiron bolalarni davolash markazlarida psixolog - nevropatolog, logoped, massajist, defektolog, davolash fizkulturasi bilan shug‘illantiruvchi mutaxassis faoliyat ko‘rsatadi.
Ijtimoiy pedagog shu mutaxassislar bilan yaqin aloqada, hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muofiqdir.
Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati aqliy zaif bolalarga bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishda, yordam berishdan iboratdir.
Bemor bolalarni sog‘lom bolalar bilan munosabatini o‘rnatish va muloqotga tayyorlash dasturlarini tuzish kerak. Bunda tanlov, kinofilimlar va kitoblar muxokamasi, tugilgan kunlarda ishtirok etishni ta’minlash kerak. Nogiron bolalarni mehnat faoliyatiga jalb etish masalasi ham ijtimoiy pedagogning faoliyat doirasiga kiradi (foto, tikuvchilik ishlari, poyabzal tamirlash, yog‘och o‘ymakorlik va boshqalar).
XULOSA
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, ijtimoiy pedagogika mustaqil fan tarmog‘i sifatida o‘zining nazariy va amaliy mohiyatiga ega. U bugungi kunda ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
Mustaqilligimizning dastlabki kunidan e’tiboran mamlakatimizda ijtimoiy pedagogik fikrlarni rivojlantirish asosida mazkur fanni yanada mukammallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Buni hozirda mazkur fan bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko‘lamda olib borilayotganligi, matbuot sahifalarida esa bu boradagi tadqiqot natijalarining, ilg‘or pedagogik tajribalarning yoritilib borilayotganligi bilan izoxlash mumkin.
Ushbu fanning o‘qitilish samaradorligi esa:
- DTS, fan dasturi talablariga javob beradigan darslik va qo‘llanmalarning bir necha variantlarda yaratilishi;
- mashg‘ulotlar jarayonida ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini qo‘llashga doir ishlanma, tavsiyalarning ishlab chiqilishi;
- o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning qonuniyat va tamoyilidagi uzviyligiga amal qilinishi;
- o‘qitishda ta’limning zamonaviy va innovatsion usullari (tanqidiy fikrlash, aqliy xujum, kichik guruhlar bilan ishlash, muammoli topshiriqli, “debat”, “klaster” kabi) ning qo‘llanishi;
- mashg‘ulotlar jarayonida multimediyali va masofali o‘qitishning amalga oshirilishi;
- o‘qitishda fanlararo uyg‘unlikning amalga oshirilishi;
- talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ish shakllarining boyitilishi;
- ilg‘or pedagogik tajribalarning ommalashtirilishi;
- omma orasidagi ijtimoiy holat, kayfiyatni o‘rganishga doir sotsiologik tadqiqotlarga talabalarni keng jalb etilishi;
- ijtimoiy pedagogika bo’yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni pedagogik amaliyotga tadbiq etish;
kabilar bog‘liqdir.
|
| |