|
Mavzu: taqdimotlar ishlab chiqishning instrumental
|
Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 247,52 Kb. | | #113596 |
Bog'liq Mavzu taqdimotlar ishlab chiqishning instrumental
MAVZU: TAQDIMOTLAR ISHLAB
CHIQISHNING INSTRUMENTAL
VOSITALARI
Ishning maqsadi. Talabalarga taqdimotlar
yaratish dasturi bilan ishlashni o‘rgatish.
Masalaning qo‘yilishi. MS PowerPointda
taqdimotlar tayyorlashni o‘rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Power Point
dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining
Windows operatsion sistemasi dasturi asosida
yaratilgan bo‘lib, dastur prezentatsiyalar uchun
qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biri hisoblanadi.
Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni
yaratish va ayrim hollarrda ma`lumotlar bazasi
sifatida foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu
dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va
ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga
yuborish vazifalari bajariladi.
Davlat ta`lim standartlari asosida, yangi
pedagogik texnologiya elementlaridan dars
jarayonida foydalanish, masofali o‘qitishning
namunasi sifatida Power Point dasturi yordamida
turli dars mavzulariga oid ko‘rgazmali dars
ishlanmasini tayyorlab namoyish etish mumkin.
1
Windows OT ning multimedia imkoniyatidan
foydalanib, Power Point dasturidan o‘quv jarayonida
unumli foydalanilsa yuqori samaralar beradi.
Dasturning asosiy tushunchalaridan biri slayd va
prezentatsiya tushunchalari hisoblanadi. Slayd-
ma`lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot
varaqlari hisoblanadi. Prezentatsiya -
yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish
etish uchun beriladigan fayl nomi.
Masalan: Prezentatsiya1 - Power Point dasturi
ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, unda
yaratilgan va yaratilayotgan prezentatsiyaning ayni
vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni xoxlagan
tarzda almashtirish imkoniyati mavjud.
Topshiriqlar
1.
MS PowerPoint dasturini ishga tushirish.
Asosiy menyu orqali
[Пуск][Программы][Microsoft PowerPoint]
buyruqlar ketmaketligi amalga oshiriladi. Agar
mavjud bo‘lsa, ish stolidagi dastur yorlig‘iga
murojaat qilish ham mumkin. Natijada MS
PowerPoint dasturi hosil bo‘ladi.
2.
PowerPoint dasturida taqdimot yaratish turi
va fonini belgilash.
Taqdimot yaratish turini tanlash uchun
2
menyuning Формат bo‘limiga kirib Разметка
слайда bandi tanlanadi. Bu yerda bir qancha
ko‘rinishlar hosil bo‘ladi, ulardan birini tanlab
olamiz(1-rasm).
1-rasm.
Taqdimot yaratish turlari
Taqdimot
2-rasm.
yaratish foni Taqdimot yaratish fonini hosil
qilish uchun ham menyuning Формат
bo‘limiga kiramiz
3
va Оформление слайда bandi tanlanadi, ulardan
birini tanlab olamiz(2-rasm).
3.
Slayd hosil qilish.
Kerakli ko‘rinish tanlangandan so‘ng
ma’lumotlar kiritiladi. Ma’lumot bilan birgalikda
rasm yoki rasmli fayllarni joylashtirishimiz
mumkin. Qarshi Davlat Universiteti haqida slayd
hosil qilamiz(3-rasm).
4
3- Rasm.
Qarshi Davlat Universiteti haqidagi slaydning
ko‘rinishi
4.
Animatsiya hosil qilish.
Buning uchun menyuning Показ слайдов
bo‘limiga kirib Настройка анимации qismini
tanlab olamiz. Natijada ekranning o‘ng tomonida
Настройка анимации qismi paydo bo‘ladi(4a-
rasm). Animatsiyaning ko‘rinishlaridan birini
tanlab olamiz(4b-rasm).
4a-rasm.
4b-rasm.
Animatsiya hosil qilish jarayonlarining umumiy
korinishi
5.
Animatsiyaning turlari.
Animatsiya hosil qilishda har bir bo‘limlar yoki
temalar uchun animatsiyaning turlarini tanlab
olishimiz lozim. Animatsiya oddiy, o‘rta darajada
hamda murakkab darajadagi turlari mavjud(5a,
6
5b-rasmlar).
5a-rasm
5b-rasm
Animatsiya turlarining umumiy ko‘rinishi
6.
PowerPointda slaydlarni ko‘paytirish.
PowerPointda tayyorlangan slaydlarni ko‘paytirish
uchun Вставка→Дублировать слайд amallari
ketma-ket bajariladi. Natijada PowerPointda bir
nechta slaydlar hosil bo‘ladi. 2-slayddan boshlab
kerakli o‘zgartirishlar amalga oshirishimiz
mumkin(6-rasm).
7
6-rasm. Slaydlarni ko‘paytirish
7.
PowerPoint dasturidan chiqib ketish.
PowerPointdan chiqish uchun: 1) «Файл»
menyusiga kirib, «Выход»ni tanlash; 2) sarlavha
satridagi
belgiga murojaat qilish; 3) masalalar
panelidagi PowerPointga tegishli tugma ustida
kontekst menyuni ochib, undagi Закрыть bandi
ustida sichqoncha chap tugmasini bosish mumkin.
8
|
| |