Mavzu: Tarmoqda manzillik tamoyillari. Sinfli manzillash va tarmoq osti manzillariga taqsimlash




Download 75,24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.09.2024
Hajmi75,24 Kb.
#271414
Bog'liq
3-amaliy ish



3-amaliy ish 
Mavzu: Tarmoqda manzillik tamoyillari. Sinfli manzillash va 
tarmoq osti manzillariga taqsimlash. 
Mahalliy tarmoqning har bir obyekti (uzel) o‘zining manziliga bog‘lanishi 
kerak (u identifikator, MAS – adres), uning manziliga paket jo‘natish mumkin 
bo‘lishi uchun tarmoq obyektiga manzil berishining ikkita tizimi mavjud 
(aniqrog‘i obyektlarning tarmoq manzillariga). Birinchi tizim juda ham oddiy. Bu 
quyidagi oddiy tadbirlardan iborat. Tarmoq o‘rnatilayotgan vaqtda tarmoq 
obyektlarining har biriga o‘z manzili beriladi (dasturiy yoki adapter platasidagi 
ulash moslamalari yordamida). Bu holda talab qilinadigan razryadlar soni 
keltirilgan ifoda yordamida aniqlanadi. 2n >N max Bu yerda n – manzil 
razryadlar soni, N max – tarmoqda eng ko‘p bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyektlar 
soni. Masalan, sakkizta manzil razryadi 255 ta obyekt bor tarmoq uchun 
yetarlidir. Bitta manzil (odatda 1111......11) hamma obyektlarga bir vaqtda 
manzillashtirilgan paket uchun ajratiladi. Xuddi shunday yondashish taniqli 
Arcnet tarmog‘ida qo‘llaniladi. Bunday yondoshishning afzalligi – sodda va 
paket tarkibida kam xizmatchi axborotning mavjudligi, shuningdek, paket 
manzilini aniqlovchi adapterdagi qurilmaning soddaligi. Kamchiligi – 
manzillashni ko‘p mehnat talab qilinishi va xatolik mavjud – 53 – bo‘lishligi 
(masalan, tarmoq abonentlaridan ikkitasiga bir xil manzil berib qo‘yishi). 
Manzillashga ikkinchi yondoshish IEEE halqaro tashkilot tomonidan taklif 
qilingan (bu tashkilot tarmoqlarni standartlash bilan shug‘ullanadi). Aynan shu 
taklif ko‘p tarmoqlarda ishlatiladi va yangi loyihalarda ham ishlatish tavsiya 
qilinadi. Uning g‘oyasi, tarmoq manzilini tarmoqdagi har bir adapterlarga ishlab 
chiqarish bosqichida berilishidadir. Agarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan manzillar 
soni yetarli darajada ko‘p bo‘lsa, u holda ishonch bilan aytish mumkinki 
xohlangan tarmoqda bir xil manzilli abonent bo‘lmasligini ta’minlash uchun 48 
bit formatli manzil tanlanganda, 280 trillion turli xil manzillar hosil bo‘ladi. 
Tushunarliki, buncha taromoq adapterlari hech qachon ishlab chiqarilmaydi, 
demak tarmoqda bir xil manzilli adaptrlar uchramaydi. Ko‘p sonli tarmoq 
adapterlarini ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan manzillar 
oralig‘ini taqsimlash uchun quyidagi manzil tuzilishi taklif qilingan (3.4-rasm): 
3.4-rasm. 
48 bitli standart manzil tuzilishi. ● Manzilning kichik 24 razryadli kodi OUA 
deb ataladi (Organizationally Unigue Addres, îðãàíèçàöèîííî óíèêàëíèé àäðåñ) – 
tashkiliy yagona manzil. Aynan shuni tarmoq adapterini ishlab chiqaruvchi 
nomlaydi. Hammasi bo‘lib 16 milliondan ortiqroq kodlar holati bo‘lishi mumkin. 


● Keyingi 22 razryadli kod OUI deb nomlanadi (Organizationally Unigue 
Identifer, îðãàíèçàöèîííî óíèêàëíèé èäåíòèôèêàòîð) – tashkiliy yagona identifikator. 
Har bir tarmoq adapterini ishlab chiqaruvchiga IEEE – 54 – bir yoki bir necha 
OUI ajratib beradi. Bu har xil tarmoq adapterlarini ishlab chiqaruvchi bir xil 
manzil bilan ishlab chiqarishin oldini oladi. Hammasi bo‘lib 4 milliondan ortiq 
turli OUI bo‘lishi mumkin. OUA va OUI birgalikda UAA deb ataladi 
(Universally Administered Address, óíèâåðñàëíî óïðàâëÿåìèé àäðåñ) – universal 
boshqariladigan manzil yoki IEEE – manzil deb ataladi. ● Manzilning ikkita katta 
razryadlari boshqaruvchi va manzil turini aniqlaydi hamda qolgan 46 razryadi 
interpretatsiyalash usulini belgilaydi. I/G katta razryad biti (Individual/Group) bu 
manzil guruh yoki shaxsiy manzil ekanligini aniqlaydi. Agarda u 0 holatiga 
o‘rnatilgan bo‘lsa bu holda biz shaxsiy manzil bilan ish ko‘ramiz, agarda 1 
holatga o‘rnatilgan bo‘lsa, u holatda guruh (ko‘p punktli yoki funksional) manzil 
bo‘ladi. Guruh manzilli paketlarni tarmoqda bor hamma adapterlar qabul qiladi, 
guruh manzili 46 kichik razryadlarning hammasi bilan aniqlanadi. Ikkinchi 
boshqarish biti U/L (Universal/Local) universal/mahalliy boshqarish bayrog‘i 
deb ataladi va bu tarmoq adapteriga qanday qilib manzil berilganini aniqlaydi. 
Odatda u O ga o‘rnatilgan bo‘ladi. U/L bitini 1 ga o‘rnatish, tarmoq adapter 
manzilini uni ishlab chiqargan korxona bergan emasligini, manzilni tarmoqdan 
foydalanuvchi belgilaganligini bildiradi. Bu holat juda kam uchraydigan holatdir. 
Keng miqyosda axborot uzatish uchun maxsus ajratilgan tarmoq manzili 
ishlatiladi, standart manzilning hamma 48 bitiga mantiqiy bir o‘rnatib qo‘yiladi. 
Bunday tashkil qilingan axborot uzatishni shaxsiy va jamoa manzili bo‘lishidan 
qat’i nazar tarmoqdagi barcha abonentlar qabul qiladi. Bunday manzillash 
tizimiga, masalan, ko‘p tanilgan Ethernet, Fast Ethernet, Token-Ring, FDDI, 
100VG – AnyLAN tarmoqlar ham rioya qiladi. Uning kamchiligi – tarmoq 
adapterlarining yuqori darajada murakkabligi, uzatilayotgan paket – 55 – 
miqdorining ko‘p qismini xizmatchi axborot tashkil qiladi (uzatuvchi va qabul 
qiluvchi qurilmalar manzili uchun paketning 96 biti ishlatilishi zarur, yoki 12 
bayt). Ko‘p tarmoq adapterlarida aylanma tartib ko‘zda tutilgan. Bu o‘rnatilgan 
tartibda adapterlar o‘ziga kelayotgan hamma qabul qiluvchi qurilmaning manzil 
maydonidagi qiymatidan qat’i nazar hamma paketlarni qabul qiladi. Bunday 
tartib, masalan, tarmoqni tashhislash ishlarini amalga oshirish uchun, ish 
unumdorligini o‘lchash uchun va uzatishda ro‘y beradigan xatoliklarni nazorat 
qilish uchun ishlatiladi. Bu holda bitta komp’yuter tarmoqdan o‘tayotgan barcha 
paketlarni qabul qiladi va nazorat qiladi, ammo o‘zi hech qanday axborot 
uzatmaydi. Bunday tartibda ko‘priklar, tarmoq adapterlari va ulovchi qurilmalar 
(kommutator) ishlaydi, chunki ular o‘ziga kelgan hamma paketlarni qayta 
uzatishdan oldin ishlov berishlari lozim. 

Download 75,24 Kb.




Download 75,24 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tarmoqda manzillik tamoyillari. Sinfli manzillash va tarmoq osti manzillariga taqsimlash

Download 75,24 Kb.
Pdf ko'rish